1. Lipidlarni hazm bo’lishi va so’rilishi To’qimalarda lipidlarni parchalanishi. Glitserinni oksidlanishi


Download 316.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana20.02.2023
Hajmi316.37 Kb.
#1215696
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17 - mavzu maruza biokimyo va molekulyarbiologiya

xilomikronlarning hosil bo’lishi ro’y beradi. Xilomikronlar tarkibidagi yog’da eruvchi 
birikmalraning asosiy qismi limfa sistemasiga kiradi, u yerdan esa qonga o’tadi. Oz miqdordagi 
xilomikronlar bevosita qonga o’tishi mumkin.
Ovqat yeyilgandan keyin qonda yog’ miqdori oshadi, natijada u loyqalanadi –xilezlanadi. 
Ovqatlanishdan 3 soatdan keyin eng ko’p loyqalanish kuzatiladi.
So’ngra qon asta sekin tiniqlasha boshlaydi 5-7 soatga kelib, bu esa to’qimalarda 
tiniqlashtiruvchi faktor lipoproteinlipaza fermenti borligi bilan bog’langan. U xilomikronlarni
anchagina mayda lipoproteid zarrachalariga (alfa va betta tipidagi), trigletseridlarni esa tarkibiy 
qismlar – gletserin va yog’ kislotalarigacha parchalaydi. 
Yog’ kislotalar organizm uchun zaharlidir. Lekin ulardan zaharlanish ro’y bermaydi
chunki yog’ kislotalar oqsillar (albuminlar) bilan kompleks hosil qilib darhol zaharsizlanadi. 
Bunday komplekslar esterifitsirlanmagan yog’ kislotalar deb ataladi. Klinikada bosh harf bilan 
EJK belgilanadi. Mayda lipoproteid zarrachalar va EJK qon bilan turli organ va to’qimalarga 
tashiladi, u yerda o’z komponentlariga parchalanib spetsifik o’zgarishga uchraydi.
 


2. To’qimalarda lipidlarni parchalanishi 
Yog’lardan enеrgеtik manba sifatida foydalanishning birinchi bosqichi ularning to’qima 
triatsilglitsеrinlipazalari tasirida glitsеrin va yog’ kislotalariga gidrolizilanishidir, bu fеrmеntdan 
tashqari lipoprotеidlipazalar ham bo’lib, ular lipoprotеidlar tarkibidagi lipidlarni parchalaydi. 
Gidroliz natijasida hosil bo’lgan glitsеrin va erkin yog’ kislotalar to’qima fеrmеntlari yordamida 
oksidlanadi, ajraladigan enеrgiya qisman ATF shaklida to’plansa, qisman issiqlik shaklida ajralib 
chiqadi.
Yog’ to’qimalarida triatsilglitsеrin gidrolizi natijasida hosil bo’lgan glitsеrin va yog’ 
kislotalari shu еrda oksidlanishga uchramasdan, qonga va boshqa organlarga o’tib, u erda 
energiya yetkazib berish uchun oksidlanadi. 

Download 316.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling