Fosfolipidlarning gidrolizi natijasida so’ngi
mahsulot sifatida glitsеrin, yog’ kislotalari,
anorganik fosfat kislota va biror spirt qoldig’i –xolin, etanolamin, inozit, sеrin hosil bo’ladi.
Birinchi navbatda ferment –fosfalipaza A
2
tasir qilib, zaharli lizofosfatidlar hosil bo’lib shu
erning o’zida lizofosfolipaza ta’sirida gidrolizlanib ketadi.
So’ng ularga fosfalipaza A
1
ta’sir qiladi. Fosfalipidlar gidrolizini fosfalipaza – C va fosfalipaza–
D lar tugatadi.
Glitserin, fosfat kilota va azot asosi suvda eruvchan
modda sifatida bevosita, yog’
kislotalar esa xoleinat komplekslari holida so’riladi. Fosfat kislota organizmda o’zgarmagan
holda o’zlashtiriladi.
Xolin vitaminga o’xshash modda sifatida moddalar almashinuvi uchun juda
kerakli, nerv - muskul sinapslarida qo’zg’alishni o’tishini ta’minlovchi nerv sistemasining
mediatorlaridan biri – atsetilxolinning sintezi uchun manba bo’lib xizmat qiladi.
Xolin
shuningdek fosfolipidlarning
sintezi uchun ham zarur, u jigarda ko’plab yog’ to’planishiga
to’sqinlik qiladi.
Serin oqsil biosintezi va boshqa moddalar almashinuvida xizmat qiladi. Ichak
devorida organizm uchun spetsifik bo’lgan fosfolipidlarning birlamchi sintezi ro’y beradi.
Ichak devorida lipid va lipoidlarning parchalangan mahsulotlari (gletserin, yog’ kilotalar,
xolesterin, fosfat kislota, azot asoslari), shuningdek endi sintezlangan mono-di va triglitseridlar,
fosfolipidlar hamda xolesterin efirlari to’planadi. Bu yerda yog’larning transport formasi –
Do'stlaringiz bilan baham: