2-Ma’ruza O‘zbekiston respublikasida tabiiy resurslardan foydalanish qonunchiligi


Download 56.02 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2023
Hajmi56.02 Kb.
#1651588
  1   2   3
Bog'liq
2-Ma’ruza

2-Ma’ruza

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TABIIY RESURSLARDAN FOYDALANISh QONUNChILIGI.


REJA:
2.1. Umumiy ma’lumotlar.
2.2. Tabiiy resurslarning tasnifi va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari.
2.3. O‘zbekiston Respublikasining mineral xom-ashyo resurslari.

Umumiy ma’lumotlar.

  • Tabiiy resurslardan foydalanishga tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish, tabiat majmualari yaxlitligini saqlab qolish, jonli tabiat ob’ektlarining yashash va o‘sish muhiti buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, boshqa tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
  • Shuningdek, yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanishning qator yangi shartlari kiritilgan:

    - yer osti boyliklaridan va keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish sohasida belgilangan qoidalarga rioya etilsa;

    - foydali qazilma konlarini ishga solish loyihalari bo‘yicha, shuningdek mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish loyihalari yuzasidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lsa;


- yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya mavjud bo‘lsa yoki yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish nazarda tutilgan mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim mavjud bo‘lsa;
- foydali qazilmalarning yuzasini olishda hosil bo‘ladigan va sig‘diradigan jinslar ag‘darmalari, saqlagichlar, terrikonlar ularning atrof-muhitga eng kam darajada zararli ta’sir ko‘rsatishi ta’minlangan holda joylashtirilsa.
- Bundan tashqari, keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olishda hokimliklar bilan kelishilgan yer osti boyliklaridan foydalanish shartlari ta’minlanishi, shuningdek davlatga, atrof-muhitga zarar keltirilishining hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelishining oldini olish chora-tadbirlari ko‘rilishi kerak. Ko‘rsatilgan sub’ektlarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanadi.

Download 56.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling