Tayanch iboralar: Eukariotlar, prokariotlar, Aktinomitset, Bakteriya, Kapsula. Fimbriy va pililar,
Xivchinlar. Kiritmalar.
Bakteriyalar o’lchamlari va morfologiyasi. Prokariot xujayralar tuzilishi. Bakteriya
xujayrasining struktura asoslari. Hujayra devori, tuzilishi, tavsifi va kimyoviy tarkibi. Gram
musbat va gram manfiy bakteriyalar xujayra devori, tarkibi va farqlari. L — shaklli
bakteriyalarning hosil bo’lishi, mikoplazmalar. Arxibak-teriyalarning xujayra devori,
sitoplazmatik membrana, uning ba'zi xususiyatlari va kimyoviy tarkibi.
Bir hujayrali va ko’p hujayrali organizmlar orasida o’xshashlik mavjud, chunki bir
hujayrali organizmlarda organlar vazifasini hujayra organoidlari bajaradi. Bakteriyalar yer yuzida
yashaydigan organizmlar ichida eng maydasi bo’lsa, mikoplazmalar, rikketsiyalar, viruslar va
bakteriofaglar bulardan ham maydadir. Ko’pchilik mayda sharsimon bakteriyalar hujayrasining
diametri 0,1mkm, tayoqchasimon bakteriyalarniki 0,5 mkm, uzunligi esa 2 - 3 mkm (ba’zan 30
mkm), gigantlariningeni 5 -10 mkm, bo’yi 30 – 100 mkm bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |