2-Ma’ruza statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyoti


Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari


Download 43.99 Kb.
bet2/10
Sana27.10.2023
Hajmi43.99 Kb.
#1728218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Ma’ruza statistik ma’lumotlarni to‘plash nazariyasi va amaliyo

2.2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari

Statistiki kuzatish informatsiya etkazib beruvchi subyektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo‘linadi:


1. Ma’muriy ma’lumotlarni to‘plash. Ma’muriy idoralari(soliq, bojxona, nikohdan o‘tkazish va h.k.) kerak bo‘lgan statistika organlariga o‘z faoliyatlari haqida ma’lumotlarni pulsiz va so‘ralgan vaqtda etkazib berishga majburdirlar.
2. Boshlang‘ich statistik ma’lumotlarni to‘plash. Ro‘yxatdan o‘tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to‘planadi.
3. Statistik organlar to‘plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo‘jaligini o‘rganish uchun maxsus tahlab kuzatishlar o‘tkazishadi, aholi ro‘yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to‘plangan ma’lumot.
Statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab ikki shaklda – statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlar (tekshirishlar) shaklida tashkil etiladi.
Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo‘linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo‘lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plash uchun imkoniyat yaratadi. Uning ma’lumot manbai bo‘lib buxgalteriya va operativ hisob hujjatlarida qayd etilgan boshlang‘ich yozuvlardir. Joriy statistika butunlay va to‘laligicha hisobot ma’lumotlariga asoslanadi. Hisobot ma’lumotlari, qaysi darajada bo‘lmasin (korxona, tuman, viloyat va respublika) operativ boshqarishda va belgilangan rejalarning bajarilish darajasini o‘rganishda juda katta ahamiyatga ega.
Ammo statistik hisobot qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilmasin, qanchalik tez va aniq ma’lumotlarni etkazib bermasin, uning ma’lumotlari amaliy menejment uchun, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish uchun, strategik yo‘nalishlarni belgilash uchun etarli emas. Shuning uchun ham hisobot bilan bir qatorda statistikada maxus tashkil qilingan statistik kuzatishlar keng qo‘llaniladi. Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarga aholi ro‘yxatini misol keltirishimiz mumkin. Sobiq ittifoq chegarasida aholi 7 (1920, 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 y.) marta ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Aholi ro‘yxatini o‘tkazishdan maqsad, uning soni, joylanishi, tarkibi, migratsiyasi, yoshi, ish bilan bandligi va h. k. to‘g‘risida bebaho ma’lumotlar to‘plashdir.


Download 43.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling