Destinatsion menejment fanidan amaliy mashg`ulotlarni masofaviy tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar destinatsion menejment


Download 257.8 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi257.8 Kb.
#1210850
  1   2   3   4
Bog'liq
DESTINATSION MENEJMENT FANIDAN AMALIY MASHGULOTLARNI MASOFAVIY TASHKIL ETISH BOYICHA KORSATMALAR


DESTINATSION MENEJMENT FANIDAN AMALIY MASHG`ULOTLARNI MASOFAVIY TASHKIL ETISH BO`YICHA KO`RSATMALAR


Destinatsion menejment fanidan amaliy mashg`ulot darslarida turistik hududlarning veb portallari sifatini ma`lum modellardan foydalanib baholash bo`yicha amaliy bilimlar beriladi.
Kurs jurnalining ro`yxat boshidan, har bir talaba, amaliy mashg`ulot darslari o’tilishi lozim bo’lgan kuni (seshanba kunlari/ma’ruzadan keyingi hafta) soat 9.30 gacha ma`lum turistik hududning veb portalini quyida keltirilgan “veb-saytlarni tahlil qilish va baholashning “2QCV2Q” modeli” yordamida baholaydi (1-ilova). O’z navbatida va aytilgan vaqtgacha uyda vazifa topshirilmasa (yoki kechiktirilsa) umumiy bahodan 0.5 hol (2 holdan) ayriladi.
Turistik hududning veb portaliga kirish uchun, qidiruv saytlaridan “visit”, hudud nomi, masalan “paris” kalit so`zlarini qo`llash tavsiya etiladi.
Destinatsion menejment fanidan amaliy mashg’ulotlarni masofaviy 3 xil shaklda topshirish mumkin (talaba xohishi, imkoniyatlari va qulayligidan kelib chiqqan holda xohlagan shaklni tanlash imkoniyatiga ega):

  1. Yozma. Yozma shaklda turistik destinatsiyaning rasmiy sayti yoki portali 2QCV2Q modeli asosida tahlil qilinib, esse tarzidagi bayon ettiriladi. (2-ilova). Esseni yozishdagi talablar:

  • qator oralari 1,5 interval, 14 kegl, betdagi chegaralar chapdan 30 mm, oʼngdan 1.5, yuqori va pastki chegaralari 20 mm boʼlishi lozim, Microsoft Word dasturida Times New Roman shrift yozilgan holda joʼnatilishi kerak.

  1. Prezentatsiya. Turistik destinatsiyaning rasmiy sayti yoki portalini 2QCV2Q modeli asosida tahlili doirasidan prezentatsiya tayyorlash.

  2. Videorolik – tahlilni online tarzida portalni (saytni) tahlil qila turib, video tasvirga olish. Videoni kompyuteringizning faqat ekrani va ovozingizni yozib oladigan programmalardan foydalanib tayyorlashingiz mumkin.

Fayl nigina0603@mail.ru pochtasiga va Masofaviy ta’lim telegram kanaliga yuborilishi lozim. Baho pochtaga javob tariqasida yuboriladi.

1-ILOVA
TURISTIK HUDUDLAR VEB PORTALLARINING SIFATINI BAHOLASHDA QUYIDA KELTIRILGAN MA`LUMOT VA JADVALLARDAN FOYDALANISH MUMKIN.
Italiyalik olimalar Marianjela Frank va Luiza Mik tomonlaridan ishlab chiqilgan “veb-saytlarni tahlil qilish va baholashning “2QCV2Q” modeli” mazkur vazifani amalga oshirishda qo`l keladi. Ushbu model Sitseron tomonidan yaratilgan “ritorika funksiyalari va kommunikatsiya me`yorlari” ning 6 savolga asoslanganligi haqidagi nazariyasi zamirida shakllangan bo`lib, uning nomi oltita lotin so`zlarining bosh harflaridan tarkib topgan (1-jadvalga qarang).

Download 257.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling