Destinatsion menejment fanidan amaliy mashg`ulotlarni masofaviy tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar destinatsion menejment


-ILOVA Nitsa shahri webportali tahlili


Download 257.8 Kb.
bet4/4
Sana18.02.2023
Hajmi257.8 Kb.
#1210850
1   2   3   4
Bog'liq
DESTINATSION MENEJMENT FANIDAN AMALIY MASHGULOTLARNI MASOFAVIY TASHKIL ETISH BOYICHA KORSATMALAR

2-ILOVA
Nitsa shahri webportali tahlili
Nitsa – Fransiya janubida O’rtayer dengizi qirg’og’ida joylashgan Moviy qirg’oq kurort shaharlaridan biridir. Ko’pgina turistik mamalakatlar, shaharlarda bo’lgani kabi, Nitsaning ham o’z websayti (http://ru.nicetourisme.com ) mavjud bo’lib, undan sizga sayohatingiz davomida kerak bo’ladigan ma’lumotlarni olish imkoniyatiga egasiz.
Ushbu portalni ilk bor google.ru dan “visit NICE” deb qidiruv berganimda, sayt sahifasida birinchi bo’lib chiqdi. Portal nomi “nicetourisme” tez esda qoluvchan.
Sayt yorqin ranglarda bo’lib, orqa fonida shaharning manzaralari navbatma navbat almashib turadi. Ushbu rasmlarning ko’pchiligi Moviy qirg’oqning turli ko’rinishlari: kechgi, kunduzgi va qirg’oqning turli qismlaridan olindan. Bir necha kun oldin saytga qayta kirganimda undagi o’zgarishga ko’zim tushdi. Fondagi rasmlarga yangi rasmlar qo’shilgan bo’lib, ular Nitsada yaqinda kutilayotgan kornavalga oid rasmlar edi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, sayt shaharda bo’layotgan oxirgi yangiliklarga befarq emas va u tez tez yangilanib turadi.

S ayt brendida Nitsa gerbining ramzi toj kiygan burgut ifodalangan, brendning ikkinchi yarmida C’ote d’Azur (Fransuzchadan Moviy Qirg’oq) deb yozilgan. Ushbu qirg’oq Nitsadagi eng mashhur turistik maskan sanaladi. “Tourisme et Congres” yozuvi ham fransuz tilida yozilgan, portal yaratuvchilari “Turizm va Kengash” byurosi nomidir.


Portalning biz kimmiz degan joyida ushbu saytning yaratilish sababi va ularning oldlariga qo’ygan maqsadlari yoritilgan. Portal yaratuvchilari o’zlari haqida to’liq ma’lumotlar keltirishgan.
Sitemap ham mavjud, uni segmentlashda markerlashdan foydalanilgan. Mening fikrimcha saytdagi yagona kamchilik har bir bo’lim alohida ajratib ko’rsatilgan bo’lsa ham, ketma-ket yozilgani uchun boshqa bo’limlar bilan qo’shilib ketadi va ushbu sahifaning ikki yarmi bo’m-bo’sh.
Portalda intuitiv so’zlardan foydalanilgan va har biri alohida segmentlarga ajratilgan. Masalan, Nitsa bo’ylab harakatlanish qismida avtobus va tramvaylar, ijaraga velosiped olish, ijaraga mashina olish, taksi xizmati, mashina to’xtash joylari mavjud bo’lib, barchasida linklar foydalanishga yaroqli.

Saytning ilk sahifasida shahardagi yangiliklar yorqin tasvir etilgan, xohlagan kishi undan foydalanib so’ggi yangiliklarban boxabar bo’lishi mumkin.
O b-havo ma’lumotlari har kuni yangilanib turadi va u ilk sahifada ko’rsatilgan. Piktogramma oldidagi “+” belgisiga bosilsa, 4 kunlik ob-havo haqidagi to’liq ma’lumotlar sahifasi ochiladi.
O b-havo ma’lumotlari oldida webkamera piktogrammasi mavjud bo’lib, unga kirganingizda shahardagi turli joylarda o’rnatilgan kameralar orqali to’g’ridan-to’g’ri o’sha vaqtda bo’layotdan hodisalarni ko’rish imkoniyatiga egasiz.
T aklif etilayotgan sayohatlar 4 segmentga ajratilgan, bundan tashqari tematik sayohat turlari kruizlar, bayramlar, shopping turizmlar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
W ebsaytda 8 ta til mavjud, ularning barchasi foydalanishga yaroqli va hamma tillarda to’liq ma’lumotlar keltirilgan.

Ilk sahifadagi online bronlash xizmati orqali to’gridan to’gri o’zingizga mos keladigan mehmonxona xonasini bronlashingiz mumkin. Bundan tashqari “Найти жильё” degan joyda ijaraga olish, kempinglar haqida ma’lumotlar mavjud.
Saytning yana bir qulaylik jihati, uning mobil varianti mavjud. Unda smartfonlarga mo’ljallangan bir nechta ilovalar kiritilgan, ular Nitsaga safaringizni qiziqarli o’tishiga ko’maklashadi.
S ahifada virtual jamoalarni qurish imkoniyati mavjud.
Saytning ajralib turuvchi yana bir jihati, portal yaratuvchilari undan foydalanuvchilar uchun “sizning fikringiz biz uchun qiziq” degan joyda 13 savol kiritganlar. Ular orqali siz o’z fikringizni kiritishingiz, agarda sizni qiziqtituvchi savollar bo’lsa, ularni yozib qoldirishingiz mumkin. Savollaringizga javoblar mail ingizga yuboriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, websayt yaratuvchilari oldlariga aniq maqsad qo’yganlar va unga erisha olganlar. O’z sayohatini o’zi tashkil qilmoqchi bo’lgan har bir turist saytda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib o’z sayohatini o’zi tashkil etish imkoniyatiga ega.
Download 257.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling