Destinatsion menejment fanidan amaliy mashg`ulotlarni masofaviy tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar destinatsion menejment


-jadval Veb-saytlarni tahlil qilish va baholashning “2QCV2Q” modelining tarkibiy qismlari*


Download 257.8 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi257.8 Kb.
#1210850
1   2   3   4
Bog'liq
DESTINATSION MENEJMENT FANIDAN AMALIY MASHGULOTLARNI MASOFAVIY TASHKIL ETISH BOYICHA KORSATMALAR

1-jadval
Veb-saytlarni tahlil qilish va baholashning “2QCV2Q” modelining tarkibiy qismlari*

Modelning qisqacha nomi

Savollarning bosh harflari

Savollar (lotin tilida)

Savollar (o`zbek tilida)

2
Q
C
V
2
Q

Boshidagi birinchi Q

Quis?

Kim?

Boshidagi ikkinchi Q

Quid?

Nima?

C

Cur?

Nima uchun?

V

Vbi?

Qaer?

Oxiridagi birinchi Q

Quando?

Qachon?

Oxiridagi ikkinchi Q

Quamodo?

Qanday?

Ushbu modelning mohiyati shundaki, u veb saytlardan foydalanishning qulayligi, mantiqiyligi va samaradorligini baholashni ko`zda tutadi. Uning barcha baholash mezonlari va o`zgaruvchanlari 2-jadvalda keltirilgan.


2-jadval
2QCV2Q” modelini veb-saytlarning sifatini baholashda qo`llash borasidagi ko`rsatmalar

Baholash mezonlari

O`zgaruvchanlar

(Quis? Kim?)
Veb-saytning tashqi ko`rinishi (identity)

- Brand (tashkilotning markasi, uning xotirada qolishligi);
- Imidj (markaning obro`-e`tiborga egalik darajasi);
- Dizayn (veb-saytning taklif qiladigan xizmatlar bilan uning grafikasidagi moslik va bezaklarning jalb qila olish darajasi);
- Mijoz bilan veb-saytning hamnafasligi (xizmatlarni yetkazib beruvchilarning mijoz ishontira olish darajasi).

(Quid? Nima?)
Veb-saytning tarkibi (content)

- Veb-saytning maqsadi (tijoratlashtirish, ma`lumot berish, reklama va h.k.) bilan unda mujassamlashgan ma`lumotlarning mosligi;
- Mavjud ma`lumotlarning samaradorligi, Linklarning mijoz ehtiyojlarini qondira olish darajasi;
- Ma`lumotlarning sifati (ishonchlilik, grammatik xatolardan xolilik, ixchamlik);
- Manba va mualliflarning keltirilganligi.

(Cur? Nima uchun?)
Veb-saytning xizmatlari (services)

- Veb-sayt yaratuvchilari maqsadlariga muvofiqligi;
- Veb-saytdan foydalanuvchilar maqsadlariga muvofiqlik;
- Mijoz haqidagi ma`lumotlardan o`rinli foydalanish;
- Xizmatlarni yetkazib berilishining kafolatlanganligi va ularning sifati;

Vbi? Qaer?
Veb-saytning aloqa o`rnatuvchanlik xususiyati
(individuation)

- Intuitiv internet manzilga egaligi;
- Mijoz bilan aloqa o`rnata olish xususiyati (elektron pochta, telefon va faks haqidagi ma`lumotlarning mavjudligi);
- Virtual jamoalarni qura bilish xususiyati (mailing list, guestbooks, a`zolik, fikr va mulohazalar kitobi, ijtimoiy saytlar);

Quando?
Qachon?
Veb-saytning boshqaruvchanligi
(management)

- Ma`lumotlarning muddati (yangilanib turilganlik xususiyati);
- Yil va kunning veb-saytda namoyon bo`lishi;
- Veb-saytning yaratilgan vaqti xususidagi ma`lumotning mavjudligi;
- Ma`lumotlarning oxirgi marta yangilanganlik sanasi.

Quamodo? Qanday?
Veb-saytning qo`llaniluvchanligi (usability)

- Veb-saytni yaratishda qo`llanilgan qattiq disk (hardware) va yumshoq disk(software)larning mijoz kompyuteri bilan mos kelishi (veb-sayt yaratuvchilarining eng takomillashgan oxirgi dasturlardan emas, balki mijozlarning asosiy qismi qaysilaridan foydalanishini hisobga olgan holda, o`sha dasturlar asosida shakllangan veb-saytlarni yaratib ularni joriy qilganlik xususiyatlari);
- Saytdan foydalanishning oddiyligi, tuzilmasining mantiqiyligi (sayt xaritasi yoki help-on-linelarning mavjudligi);
- Veb sahifalarning yuklanish davomiyligi;
- Nechta tilda ma`lumot bera olishi;
- Ibora va piktogrammalarning tushunarliligi va oddiyligi.

Veb-saytlarni baholashda qo`l keladigan kompyuter dasturlar mavjud bo`lib, ular baholash jarayonining ma`lum qismini avtomatik amalga oshirish imkoniyatini beradi. Jumladan, sayt xaritasini qurish, sayt bilan bog`liq Link va fayl turlari haqida ma`lumotga ega bo`lish, oxirgi marotaba yangilanish sanasini bilish, veb sahifalarning informatsion ko`lamini o`lchash, natijada uning kompyuterda yuklanish davomiyligi haqida ma`lumotga ega bo`lish kabilar. Turistik taklif tizimi veb-saytlarining sifatini baholashda quyidagi savolnomadan foydalanish tavsiya etiladi (3-jadvalga qarang).



Download 257.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling