2-ma’ruza. Til, lison va nutq munosabati. Lisoniy paradigma va uning asosiy turlari rеjа


Download 114.53 Kb.
bet5/11
Sana07.01.2023
Hajmi114.53 Kb.
#1082318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 маruza

Morfema va qo‘shimcha. Morfema leksemadan ajralgan xolda o‘z mohiyatini namoyon qila olmaydigan, shakl va denotativ bo‘lmagan mazmunning birligidan iborat bo‘lgan kichik lisoniy birlikdir. Qo‘shimcha esa ana shu psixofizik mohiyatning nutqda namoyon bo‘lishidir. Morfema ham tashqi (moddiy) va ichki (ma’no, vazifa) jihatlar yaxlitligidan iborat. Atov mustaqilligiga, mustaqil sintaktik mavqega ega bo‘lmagan bu birliklar o‘zida leksik va gramatik mohiyatlarni uyg‘unlash-tirgan bo‘ladi:
a) yangi so‘zlar hosil qiladi;
b) so‘zlarga qo‘shimcha leksik-semantik qiymat beradi.
Har bir tilga xos birliklar boshqa tillarnikidan o‘zaro farqlanadi. Masalan, aloqasiz (amorf), yelimlovchi (agglyuti-nativ) va egiluvchan (flektiv) tillardagi leksemalar mohiyatan o‘ziga xosdir.
Qolip va hosila. Lisoniy birliklarning navbatdagi turi qurilma - qoliplardir. Qolip deganda yasama so‘z, so‘z birikmasi va gaplar hosil qilish sxemalari tushuniladi. Qoliplar ikki xil bo‘ladi:
a) so‘z yasash qoliplari;
b) sintaktik (so‘z birikmasi va gap) qoliplar.
Qoliplar ham boshqa lisoniy birliklar kabi UMIS tabiatli bo‘ladi. Masalan, nutqimizdagi cheksiz yasama so‘zlar ((nonchi), (sutchi), (uzumchi), (nisholdachi) kabi) bitta bevosita kuzatishda berilmagan lisoniy birlik (masalan, [narsa/buyum oti+chi=shu narsa buyum bilan shug‘ullanuvchi kishi] ya’ni co‘z yasash qolipining nutqiy hosilalaridir. kitobni o‘qimoq nutqiy hosilasi boshqa o‘ziga o‘xshash cheksiz so‘z birikmalari (qog‘ozni yirtmoq, uyni sotmoq va h.k.) bilan birgalikda [ott.k.+ fe’l] = vositasiz to‘ldiruvchili fe’lli birikma] lisoniy sintaktik qolipidan chiqqan nutqiy hosilalardir.
Shunday qilib fonema, morfema, leksema va qolip lisoniy birliklar bo‘lib, tovush, qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmasi va gaplar nutqiy birliklar sanaladi. Ularning o‘zaro munosabati va o‘ziga xos belgilariga doir fikrlarni jadvalda quyidagicha xulosalash mumkin:


Download 114.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling