2-ma’ruza. Til, lison va nutq munosabati. Lisoniy paradigma va uning asosiy turlari rеjа


Download 114.53 Kb.
bet10/11
Sana07.01.2023
Hajmi114.53 Kb.
#1082318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 маruza


Partonimik munosabat

Tilshunoslikda lisoniy birliklarning butun-bo‘lak munosabati partonimik (part - qicm, bo‘lak), tur-jins munosabatlari giponimik (tur-jins) munosabatlar deyiladi. Partonimik munosabatlarga kirishuvchi qismni ifodalovchi birliklar partonimlar, giponimik munosabatga kirishuvchi jins nomlari giponimlar deyiladi. Butunlik totonim va tur nomi giperonim deyiladi.



7

Paradigmatik munosabat

O‘xshashlik (paradigmatik) munosabatlari o‘zaro teng (pog‘onali munosabatdagi [daraxt] va [tana], [daraxt] va [gilos] birliklari semantik qamrovi jihatdan teng emas edi), bir umumiy belgi asosida birlashib, qator hosil qiluvchi, ammo o‘ziga xos belgilarga ko‘ra farqlanib turuvchi birliklarning o‘zaro muno-sabatini ifodalaydi.

8

Lisoniy ziddiyat

Lisoniy paradigmaga birlashuvchi birliklar, paradigma a’zolari orasidagi munosabatlar lisoniy ziddiyat deyiladi. Ziddiyat (ar.qarama-qarshilik: var.oppozitsiya. lat.oppositio-qarama-qarshi qo‘yish) lisoniy birliklarning ifodalanmi-shidagi farqlarga muvofiq ifodalovchilarining va, aksincha, ifodalovchilardagi farqlarga muvofiq ifodalanmishlarining muhim lisoniy farqlanishidir. Masalan, [b] va [t] fonemalari orasida ziddiyat mavjud bo‘lib, shunga muvofiq, (bosh) va (tosh) birliklari orasida shakliy-mazmuniy qarama-qarshilik munosabati amal qiladi. Yoki «birlik son», «ko‘plik son» orasidagi semantik ziddiyat (kitob) va (kitoblar) birliklarida ham shakliy (formal), ham mazmuniy (semantik) farqlarni keltirib chiqaradi.





9

Ziddiyat belgisi

O‘zaro o‘xshashlik munosabatlarida bo‘lgan birliklarning bir-biri bilan farqli xususiyatlari asosida qarama-qarshi qo‘yilishi ziddiyat (oppozitsiya), ziddiyatga kirishayotgan paradigma a’zolari ziddiyat a’zolari deyiladi. Ziddiyatdagi birliklar o‘zaro ma’lum bir belgi asosida qarama-qarshi qo‘yiladi. Bu belgi ziddiyat belgisi deb yuritiladi.



10

Tasnif
Tasnif (arabcha «saralash», «tartibga solish») narsa va predmetlarni aniq va doimiy o‘ringa ega bo‘lgan guruh (sinf) larga bo‘lishdir. Agar tasnif ilmiy asosga ega bo‘lsa, u uzoq davr mobaynida amal qiladi. Masalan, ximiyaviy elementlar soni 200 dan oshib ketayotgan bo‘lsa-da, ularning tasnifi bugungi kunda ham o‘zgarmasdan amal qilmoqda.






Testlar

  1. Hodisalarning ongda aks etgan eng muhim umumiy qonuniy aloqalari, muhim tomonlari va belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli…….. sanaladi.

  1. Tushuncha

  2. Fikr

  3. Konsept

  4. Sintagma




  1. So’zning gapda ma’lum tarzda reallashish va boshqa so’z bilan ma’lum aloqaga kirishish xususiyati qanday termin bilan yuritiladi?

  1. sintaktik valentlik

  2. cintagmatika

  3. semantic valentlik

  4. paradigmatika




  1. O’zbek tili sintaksisiga sistemaviy-struktur usulni olib kirgan tilshunoslarni aniqlang.

A).N. Mahmudov, A. G’ulomov, G’. Abdurahmonov
B) A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Berdialiev
C). J. Lapasov, A. Nurmonov, M. Asqarova
D). A. Nurmonov, H. Ne’matov, N. Mahmudov



  1. O’zbek tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisini alohida-alohida bo’limlar sifatida izchil ravishda birinchi bo’lib o’rgangan va o’zbek tilshunosligi tarixida o’zbek tili grammatikasiga asos solgan olim kim?

A). A. G’ulomov
B). F. Kamol
C). Y. D. Polivanov
D). A. Fitrat



  1. Leksikologiya bag’ridan XX asrning 50-yillarida mustaqil bo’lim sifatida ajralib chiqqan tilshunoslik sohasini aniqlang.

A). Etimologiya
B). Frazeologiya
C). Dialektologiya
D). Semasiologiya



  1. Morfemika qachon o’zbek tilshunosligida ham tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida ajratila boshlandi.

  1. XX asrning 70-yillaridan

  2. XX asrning60-yillaridan

  3. XX asrning50-yillaridan

  4. XX asrning90-yillaridan




  1. Morfema ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan va boshqa mayda bo’laklarga bo’linmaydigan eng kichik til birligini aniqlang.

A). Morfema
B). Fonema
C). Allomorf
D). So’zshakl

8. Morfema bilan morfemaning qo’shiluvidan hosil bo’lgan birliklarni aniqlang.


A) Konstruktsiya
B) So’z birikmasi
C) Allomorph
D). Qolip



  1. Deskriptiv tilshunoslikda til birliklari sifatida qaysi birliklar ajratiladi.

A). Invariant va variant

Download 114.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling