2-Ma’ruza. Tizimni o’rnatish va yangilash. Reja
Download 110.65 Kb.
|
Ma\'ruza-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- OS turi
Live CD distrbutivilari
Operatsion tizimni o`rnatmasdan yuklash masalasi Linux uyushmasi tomonidan yaqinda o`z yechimini topdi. Xozirgi kunda ko`pchilik distributivlar Live CD variantlarda tayyorlanmoqda. Live CD ning afzalligi, bu ishlashga tayyor bo`lgan OT ni kompakt diskga joylashtirilganligidir. Diskni CD-ROM ga solib kompyuterni qayta yuklab Linux tizimida ishlash imkoniyati mavjud. Live CD matn terish (OpenOffice), internetga ulanish (KPPP, wvdial), internetda ishlash (Mozilla Firefox) dasturlarini, turli xil o`yinlarni o`z ichiga olgan bo`ladi. Live CD orqali yuklangan Linux vinchesteringizga va unda o’rnatilgan OT ga xech qanday zarar keltirmaydi va Windows mantiqiy disklariga to`liq o`qish va yozish imkoniniyatini ta`minlaydi. Kompyuteringizga virus tushib yuklanmay qolsa va sizga juda zaril bo`lib qolgan vaqtda, Live CD ni ishlatib kerakli bo`lgan xujjatlaringizni printerdan chiqarishingiz, yoki ularni boshqa diskga ko`chirishingiz yoki internet orqali do`stingizga yuborishingiz mumkin. Live CD distrbutivilarni www.livecdlist.com saytdan yuklab olishingiz mumkin. Linux operatsion sistemasining distributivlari haqida dunyo bo’yicha ishlatilishi haqida reytinglar olib boriladi ushbu reytinglar natijasi har 6 oyda yangilanib turiladi. Linux distributivlarini reyting natijalarini quyidagi sayt orqali bilish mumkin http://distrowatch.com Oxirgi natijalarga ko’ra Linux Mint distributive ommalashgan. Natijalarni olishda ikki muhim kattalikka e’tibor beriladi. Hit- Saytga kirgan Linux operatsion sistemalar soni. Bunda bir kompyuterdan bir necha marta kirsa o’shancha hit hisoblanadi. Host- Saytga kirgan Linux operatsion sistemali kompyuterlar soni. Bunda bitta kompyuter bir marta kirilgan host hisoblanadi. OS turi: Linux Asoslangan: Debian, Ubuntu Download 110.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling