2-Ma’ruza To’gri chiziq. To’g’ri chiziq kesmasining orthogonal proeksiyalari. Umumiy va xususiy vaziyatdagi to’g’ri chiziqlar. Reja


Download 0.73 Mb.
bet1/4
Sana23.09.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1685444
  1   2   3   4
Bog'liq
2 To’gri chiziq To’g’ri chiziq kesmasining


2-Ma’ruza
To’gri chiziq. To’g’ri chiziq kesmasining orthogonal proeksiyalari.
Umumiy va xususiy vaziyatdagi to’g’ri chiziqlar.
Reja:

  1. To’g’ri chiziq.

  2. To’g’ri chiziq proeksiyasining ortogonal proeksiyalari.

  3. Umumiy vaziyatdagi to’g’ri chiziqlar.

  4. Xususiy vaziyatdagi to’g’ri chiziqlar.

To`gri chiziq eng oddiy geometrik figura xisoblanadi. Ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofa to`gri chiziq kesmasini beradi. To`gri chiziq ikki nuqta orqali aniqlanishiga ko`ra, epyurda to`g`ri chiziqlning proektsiyalarini yasash uchun nuqtalarning bir nomli proektsiyalarini o`zaro tutashtirish kerak. To`g`ri chiziq Н, V va W proektsiya tekisliklariga nisbatan ikki xil, ya`ni umumiy va xususiy vaziyatda joylashishi mumkin. (3.1-chizma)





3.1-chizma
Agar fazodagi to`g`ri chiziq uchchala proektsiya tekisliklariga nisbatan ogma ravishda joylashgan bo`lsa bunday to`g`ri chiziq umumiy vaziyatdagi to`g`ri chiziq deyiladi.
Agar fazodagi to`g`ri chiziq proektsiya tekisliklaridan biriga parallel eki perpendikulyar bo`lsa, bunday to`g`ri chiziq xususiy vaziyatdagi to`g`ri chiziq deyiladi. Proektsiya tekisliklarida etgan to`g`ri chiziqlar ham shu guruhga kiradi.
Umumiy vaziyatdagi to`g`ri chiziqning proektsiyalari
Umumiy vaziyatdagi to`g`ri chiziq kesmasining to`g`ri burchakli proektsiya hamma vaqt o`zidan qisqa bo`ladi, ya`ni [ab]<[АВ]; [а/b/]<[AВ]; [а/b/]<[АВ].(3.2,3.3-chizmalar)



3.2-chizma



3.3-chizma
Geometrik figuralarning belgilanishiga muvofiq to`g`ri chiziqlar а, b, с va boshqa yozma xarflar bilan belgilanadi. Agar to`g`ri chiziqlar chegaralangan bo`lsa, uchun xolda АВ, CD, EF ... tarzida belgilanadi. To`g`ri chiziqning barcha proektsiyalar tekisliklaridagi ortogonal proektsiyalari to`g`ri chiziq bo`ylab proektsiyalanadi. Shuning uchun to`g`ri chiziqning proektsiyalar tekisliklaridagi proektsiylarini uning bir- biridan farqli ikki ixtiyoriy nuqtasining proektsiyalari aniqlaydi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling