3-ma'ruza. Tug’ri chiziqning orthogonal proektsiyalari Reja
Download 67.01 Kb.
|
3 Маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Togri chiziq. Togri chiziqning berilishi va ularni chizmada tasvirlash.
- Togri chiziqning proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan har xil vaziyatda bolishi.
3-ma'ruza. Tug’ri chiziqning orthogonal proektsiyalari Reja: To'g'ri chiziq. To'g'ri chiziqning berilishi va ularni chizmada tasvirlash. To'g'ri chiziqning proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan har xil vaziyatda bo'lishi. To'g'ri chiziqning izlari. To'g'ri chiziqning haqiqiy kattaligini va uning proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan og'ish burchaklarini aniqlash. To'g'ri chiziq. To'g'ri chiziqning berilishi va ularni chizmada tasvirlash. To'g'ri chiziqning tekislikdagi proyeksiyasini hosil qilish uchun uning ikki nuqtasini proyeksiyalash yetarlidir. Umumiy holda to'g'ri chiziqning tekislikdagi proyeksiyasi ham to'g'ri chiziq bo'ladi. Fazoda ixtiyoriy holatda joylashgan a to'g'ri chiziq berilgan. Uni P tekislikka proyeksiyalash uchun unda A va B nuqtalarni olamiz hamda ularni P tekislikka proyeksiyalab A1 va B1 proyeksiyalarni hosil qilamiz. A1B1 to'g'ri chiziq (a1) a to'g'ri chiziqning P tekislikdagi proyeksiyasidir. a to'g'ri chiziq va AA1 proyeksiya nuri orqali S tekislik o'tkazsak, P va S o'zaro a1 bo'yicha kesishadi. Yoki KK1 to'g'ri chiziq S
tekislikda yotgani holda, a1 to'g'ri chiziq bilan kesishadi. Demak, a1 to'g'ri chiziq a to'g'ri chiziqning P tekislikdagi proyeksiyasidir (3.1 chixma) To'g'ri chiziqning proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan har xil vaziyatda bo'lishi. 1-oktantada ixtiyoriy vaziyatda joylashgan AB to'g'ri chiziq berilgan bo'lsa, uning proyeksiyalarini hosil qilish uchun A va B nuqtalardan P1, P2, P3 proyeksiyalar tekisliklariga tik tushiramiz. Bunda nuqtalarning gorizontal A1, B1, frontal A2, B2 va profil A3, B3 proyeksiyalariga ega bo'lamiz. Nuqtalarning bir nomli
proyeksiyalarini birlashtiramiz. A1B1 -to'g'ri chiziqning gorizontal, A2B2 - frontal, A3B3 - profil proyeksiyasi bo'ladi. Uning epyuri 3.2-chizma tasvirlangan. To'g'ri chiziqning proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan har xil vaziyatda bo'lishi. To'g'ri chiziq proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan umumiy va xususiy vaziyatlarda bo'lishi mumkin. Agar to'g'ri chiziq birorta ham proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lmasa, bunday to'g'ri chiziqni umumiy (ixtiyoriy) vaziyatda joylashgan to'g'ri chiziq deyiladi. Agar to'g'ri chiziq birorta (yoki ikkita) proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lsa, uni xususiy vaziyatdagi yoki maxsus chiziq deyiladi (3.3-chizma). Maxsus chiziqlar P1, P2, P3 tekisliklarga nisbatan olti xil vaziyatda bo'lishi mumkin. Proyeksiyalar tekisliklariga perpendikulyar joylashgan to'gri chiziqlar proyeksiyalovchi to'g'ri chiziqlar deyiladi (3.4-chizma). Download 67.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling