2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja
Download 42.6 Kb.
|
2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va -fayllar.org
üj : kuz ~ kü jz, kut(fe’l) ~ kü jt;
ij : tit(fe’l) – ti jt, ish ~ i jš; ї j : qiz ~ qї jz. Diftonglarning vujudga kelishida birlamchi cho‘ziq unlilarning keyingi davrdagi taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, iz so‘zi Qorabuloq shevasida dastlab i:z tarzida talaffuz qilingan, so‘ng u ijz tarzida diftonglashgan. Diftonglar diftongoid-larni hosil qiladi, ya’ni asosiy tovush va uning tarkibida kelgan hamda unga hamohang bo‘lgan tovush unsuri birgalikda diftongoid deb yuritiladi. Masalan, jeki so‘zida je tovushlari birgalikda diftongoiddir. Adabiy tildagi uzum, uzuk, ipak, ingichka, ilon, ip kabi so‘zlarning shevalarda jüzüm, jüzük, jipäk, jiηiškä, jїlan, jip kabi talaffuz qilinishi diftongga aloqasi yoq, balki so‘z boshidagi j mustaqil fonema (monoftong) sifatida o‘z o‘rniga ega. Aq jïlan, appaq jïlan, ajdïnda jatqanïƞ qanï? Biz jamandïn ajrïlïp, jaxšïnï tapqanïƞ qanï? (Xalq qo‘shiqlaridan) So‘z boshidagi j undoshi qipchoq shevalarida “ǯ” undoshiga mos keladi va tovush mosligini hosil qiladi: ǯüzim, ǯüzik, ǯiväk, ǯiηiškä, ǯїlan, ǯip. Shuningdek, o‘zbek tilidagi va shevalaridagi -iy (sinfiy), -uv (biluv) kabi qo‘llanishlar ham diftong emas. Tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari. Assimilatsiya. Odatda assimilatsiya unli va undoshlar tizimida baravar qayd qilinadi, lekin ko‘proq undoshlar bilan bog‘liq fonetik qonundir. Uning progressiv va regressiv, to‘liq va to‘liqsiz assimilatsiya turlari bor. Progressiv assimilatsiyada oldingi tovush keyingi tovushni o‘ziga singdirsa, regressiv assimilatsiyada keyingi tovush oldingi tovushni o‘ziga o‘xshatadi. To‘liq assimilatsiyada o‘zaro bir-biriga singib ketadigan tovushlar tushuniladi. Misollar: oldi ~ ālli (Qarshi, Shahrisabz), suvni ~ suvvi (Toshk.), bo‘ldi ~ boddi (Shahrisabz), jonlanish ~ ǯāllanïš, senlar ~ sellär (Mang‘it), sochni ~ sāčči (Toshkent vil.). To‘liqsiz assimilatsiyada tovushlar aynan bir-biriga singmaydi, balki jarangli-jarangsizlik va boshqa holatlariga (masalan, artiku-latsiyasi yaqinligi) ko‘ra qisman o‘xshab ketishi mumkin: oshgan ~ āškän, ishga ~ iškä, ketgan ~ ketkän (Toshk.), o‘zimdan ~ özimnän (Xorazm.). Dissimilatsiya. So‘z tarkibidagi undoshlarning boshqa tovush ta’sirisiz tovush variantiga ega bo‘lishi dissimilatsiyadir: zarar ~ zälär, devor ~ duvāl, änjir ~ änǯil, qimmat ~ qї:jmat. Sandhi. Bunda ikki so‘zning talaffuzi jarayonida oldingi so‘z nihoyasidagi undosh keyingi (boshlanuvchi so‘zdagi) tovushga qisman moslashadi: menga ber ~ maγamber, hayron bo‘ldim ~ häjrāmbollїm yoki dastlabki so‘zning oxirgi tovushi (keyingi so‘z unli bilan boshlansa) jaranglashadi: bo‘lak odam ~ bölägadam, kerak edi ~ kerägidi. Spirantizatsiya. Nutq jarayonida portlovchi tovushning sirg‘aluvchi variantiga ega bo‘lishi spirantizatsiyadir: yubordi ~ ǯüvärdi (qipchoq), sabr qildi ~ savїr qїldї (Xorazm), gapi ~ gävi (qipchoq). Spontan o‘zgarishlar (jaranglashish). U biror tovush ta’sirida yuz bermaydi, balki shevaning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq boʻladi: suyak ~ süjäg (Namangan), qarg‘a ~ γarγa, sariq ~ sarїγ (qipchoq). Metateza. U so‘z tarkibida undoshlarning o‘rin almashishidir. Qipchoq va Xorazm shevalarida: qo‘shni ~ qoηšї, qumursqa ~ qurmusqa, tekshir ~ teškär. Reduksiya so‘z tarkibida ayrim tovushlar pozitsiyasining kuchsizlanishidir: kishi ~ k(i)š(i), keta ber ~ ket(i)vur, Sharif ~ Šär(i)p. Eliziya tovush tushishi bo‘lib, ikki ko‘rinishga ega, ya’ni ikki so‘z (qo‘shma so‘z) talaffuzida oldingi so‘z tarkibidagi unli tovushning tushib qolishi: bora oldi ~ bārāldї(a), ko‘ra oldi ~ körāldi(ä) va so‘z tarkibidagi pozitsiyasi kuchsizlangan undoshning tushib qolishidir: bo‘lsang ~ bo:saη(l), bersang ~ be:säη(r), ushlat ~ u:šat(l), qichqir ~ qїčїr(q) (Xorazm), tashlama ~ täšämä(l) (Toshkent), boradi ~ barӡaq, oladi ~ alǯaq (a) (Mang‘it). Unlilarning orttirilishi (proteza): loy ~ їlaj, lof ~ їlapї (qipchoq).Unlilarning orttirilish so‘z o‘rtasida ham yuz beradi: kasb ~ käsim, umr ~ umur, vaqt ~ vaqїt (Toshkent vil.) Undoshlarning takrorlanishi (geminatsiya): qari ~ qarrї, ariq ~ arrїq, ashula ~ ašulla, saqich ~ saqqїz, kichik ~ kičči, ulug‘ ~ ullї (Mang‘it) So‘z boshida va o‘rtasida undoshlarning orttirilishi: ayvon ~ hajvan, duchor ~ duvčar, necha ~ nejčä (qipchoq), natija ~ nätinǯä, eshik ~ eššik, halidan ~ hälittän (Andijon) va boshqalar. So‘z boshida h undoshining orttirilishi ayrim shevalar uchun o‘ziga xoslikni ham bildiradi. Masalan, Mang‘it shevasida bu holat ko‘zga tashlanadi: ari ~ harї, ayyor ~ hajjar, ayol ~ hajal, olis ~ halїs. Undoshlarning so‘z boshida tushishi: hatla ~ atla, hurkdi ~ ürkti, hisob ~ їsap, ho‘kiz ~ ökiz, yog‘och ~ aγač(š) (o‘g‘uz, shim. o‘zb. shev.), hashar ~ äšär, hafsala ~ äpsälä, yil ~ il, hid ~ id (Andijon) . Download 42.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling