2-maruza yo‘l harakati xizmati majmualari reja
Yo‘l xizmati komplekslarining turlari va joylashishi
Download 1.17 Mb.
|
2 maruza
4.Yo‘l xizmati komplekslarining turlari va joylashishi
Avtomobil transporti bilan yuk va yo‘lovchilar tashishda avtomobil yo‘llari, boshqa transport turlariga boradigan yo‘llarning ahamiyati, ularning uzunligi, muhandislik inshootlarining murakkabligi va o‘ziga xosligi, qurilish va ta’mirlash ishlari hajmi oshib borayotgani, ularni saqlash zarurati yo‘ldagi harakat to‘xtovsiz bo‘lishini ta’minlaydigan alohida yo‘l xizmati tashkilotlarini tuzish ehtiyojini paydo qildi. Yo‘l xizmatining tashkiliy tuzilishi va tarkibi hudud, yo‘lning uzunligi va qabul qilingan avtomobil yo‘llarini boshqarish tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Avtomobil transporti xavfsiz, qulay va to‘xtovsiz harakatlanishi, yo‘llar, yo‘ldagi inshootlar soz bo‘lishi, ularning texnik darajasini saqlash va yaxshilash uchun yo‘l ekspluatatsiyasi xizmatlari tuziladi. Bunday xizmatning vazifasi avtomobil yo‘llarini, ulardagi muhandislik inshootlarin ta’minlash, saqlash bo‘ladi. Bu kompleksga shuningdek kapital, o‘rta va joriy ta’mirlash, saqlash, shu jumladan, qishki xizmat, yo‘llarni ko‘kalamlashtirish kiradi. Xususan, «O‘zavtoyo‘l» DAK 01.01.2007 yildan avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash tasnifini tasdiqlab, amalda qo‘llash uchun joriy qildi. Tasnifda ikki xil ish turi – ta’mirlash va saqlash ishlari ajratib ko‘rsatilgan. Ya’ni, ta’mirlash ishlariga deyarli barcha kapital va o‘rta ta’mirlash ishlari kiradi, saqlash ishlari esa joriy ta’mirlash va saqlash ishlaridan iborat bo‘ladi. Tegishli yo‘l ishlari bevosita bajarilishini tashkil qilish uchun yo‘l xizmati bino va imoratlaridan iborat bo‘ladigan ishlab chiqarish komplekslari barpo qilinadi. Tashkiliy tuzilishiga qarab yo‘l xizmati organlari tarkibiga yo‘l qurilishi, ta’mirlash va saqlash birlashmalari; (agar yo‘l ekspluatatsiya xizmati quyi tashkilotlarga bo‘lingan bo‘lsa) avtomobil yo‘llari boshqarmalari; yo‘l ta’mirlash va saqlash xizmatining asosiy va quyi bo‘linmalari, ko‘prik va o‘tish joylarini saqlash va qo‘riqlash xizmatlari kiradi. Avtomobil yo‘llarining asosiy bo‘g‘inlari yo‘l ta’mirlash-qurilish boshqarmalari yoki uchastkalaridan iborat bo‘ladi. Quyi bo‘g‘inlar odatda yo‘l xizmati yoki maxsus ishlar bilan bevosita shug‘ullanadigan tashkilotlardan tuziladi, asosiy bo‘g‘inga kiradigan yo‘l ta’mirlash punktlarini o‘z ichiga oladi. Ish sifatini oshirish, bajarilishini tezlashtirish va mexanizatsiyalash uchun yo‘l qurilishi, ta’mirlash va saqlash bilan shug‘ullanadigan ish bajarish uchastkalari tuziladi. Ish bajarish uchastkalari usta boshchilik qiladigan uchastkalariga bo‘linadi, ularning har birida alohida ixtisoslashgan zvenolar ishlaydi. Ish bajarish bilan shug‘ullanadigan, usta boshchiligidagi uchastkalar va zvenolarning soni ishning hajmi bilan turiga bog‘liq bo‘ladi. Yo‘lni joriy ta’mirlash va saqlash bilan shug‘ullanadigan ish bajarish uchastkalari (yo‘lning uzunligiga qarab) bir nechta usta boshchilik qiladigan uchastkalardan iborat bo‘lishi mumkin. Usta boshchilik qiladigan uchastkalarda yo‘l poyi, yo‘lning qatnov qismi, sun’iy qurilmalar, yo‘l inshootlari, avtobus bekatlari, dam olish maydonchalarini joriy tamirlash, saqlash, ko‘kalamlashtirish, ishlab chiqarish va uy-joy binolarini ta’mirlashga ixtisoslashgan zvenolar bo‘ladi. Odatda yo‘l ekspluatatsiya xizmati (YEX) asosiy va quyi zvenolarining ishlab chiqarish komplekslari avtomobil yo‘llariga yaqin joylashadi. Rejalash yechimi me’yorlariga ko‘ra YEX bitta maydonda joylashgan va turli hududlarda joylashgan turlarga bo‘linadi. Vazifasi va texnologik talablarga ko‘ra har bitta YEX tarkibida ma’muriy, ishlab chiqarish, omborxona, yordamchi xo‘jalik, yashash va xo‘jalik zonalari bo‘lishi kerak. Keyinchalik kengayishini hisobga olib YEXning qo‘shimcha maydoni ham bo‘lishi mumkin. Yashash zonasi kompleksning boshqa zonalaridan ajralgan bo‘ladi. Me’moriy qurilish yechimiga ko‘ra YEX bir yoki ikki qavatda joylashadi; ma’muriy, ishlab chiqarish va maishiy zonalar bitta korpusda bo‘lishi mumkin. Komplekslar loyihasi tuzilganda quyidagi tavsiyalarga amal qilish kerak: YEX aholi punktlari ichida yoki uning chetida, bitta yoki bir-biriga yaqin maydonda, avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan joyga yaqin joylashadi: muhandislik kommunikatsiyalari (elektr quvvati bilan ta’minlash, suv yo‘li, oqava quvurlari va hk) umumiy bo‘ladi, boshqa korxonalar bilan umumiy ishlatish imkoniyatlari hisobga olinadi; YEX hududida ishlaydiganlar va yashaydiganlarni ovqat, tibbiy xizmat va boshqa xizmatlar bilan ta’minlash zaruriyati hisobga olinadi. Umumlashtirib olganda YEX zonalarida quyidagilar joylashadi: ma’muriyat zonasi – idora binosi, oshxona (ovqatlanish xonasi), klub, maishiy xona, dam olish xonalari, tibbiy punkt, radio va telefon aloqasi mavjud bo‘lgan dispetcherlik xonasi, yo‘l laboratoriyasi va dahliz; ishlab chiqarish zonasi – texnika ta’mirlanadigan sexlar bloki, avtomobillar, yo‘l texnikasi qo‘yiladigan yopiq va ochiq maydonlar, dam olish maydonchasi; omborxona zonasi – ochiq va yopiq omborlar bloki, yoqilg‘i quyish punkti, o‘t o‘chirish maqsadidagi suv havzasi, gulxona bo‘lishi mumkin va hk. yashash zonasi – ishchi-xizmatchilar doimiy tarkibining 50-100 foizini uy-joy bilan ta’minlash imkonini beradigan bir nechta uy joy, hovlida zarur bo‘ladigan inshootlar, uy atrofidagi maydonlar; xo‘jalik zonasi – qozonxona (agar zarurat bo‘lsa), yoqilg‘i ombori, tozalash inshootlari, suv minorasi, axlat yig‘ish joyi, chiqindilarni yig‘ish va olib ketish maydonchasi, xo‘jalik inshootlari bloki (agar yordamchi xo‘jalik tuzilgan bo‘lsa), issiqxona xo‘jaligi va hk. YEX yo‘lning xizmat qilinadigan qismiga, xizmat qilinadigan avtomobil yo‘li o‘rtasida yoki bo‘g‘iniga yaqin joylashadi. YEX aholi punktlarida joylashtirilsa muhandislik kommunikatsiyalari va yashash zonasi xarajatlari kamayishi hisobiga qurilish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Xizmat qilinadigan qism markaziga yaqin joylashganda transport xarajatlari kamayadi, xizmatni tashkil qilish tezlashadi, yo‘l yoqasidagi qo‘shimcha texnologik maydonlar soni kamayadi, zarur bo‘lganda transport o‘tishiga xalaqit beradigan holatlarni yo‘qotish, zarur xizmatlarni bajarish tezlashadi. Yo‘ldan foydalanish xizmati asosiy va quyi bo‘g‘in komplekslarini joylashtirganda me’yoriy talablarga amal qilish kerak. Bundan tashqari yo‘lga yaqin joyda muzlashga qarshi ashyolar – kimyoviy reagentlar, sirg‘alishni kamaytiradigan vositalar ombor va bazalarini ham joylashtirish mumkin. Ular orasidagi masofa I toifa yo‘llarda 20 km, boshqa toifa yo‘llarda esa 40-50 km bo‘ladi. YEX hududini obodonlashtirishga e’tibor ko‘proq bo‘lishi kerak. Ichki yo‘llar, avtomobil keladigan yo‘llarning qoplamasi kapital mukammal, yo‘l belgilari qo‘yilgan, chiziqlar bilan belgilangan bo‘lishi kerak. Yo‘l xizmati komplekslari, bino va inshootlari loyihasi vazifaga muvofiq, yo‘l ta’mirlash va saqlash xizmatining tarkibi hisobga olinib, yo‘l xo‘jaligi bilan birga tuziladi. Yo‘l xizmati kompleksi bino va inshootlari loyihasi tuzilganda, obodonlashtirilganda, tarkibi belgilanganda va ta’mirlanganda ular avtotransport harakatining tezligi va xavfsizligiga ta’sir qilishi, yo‘ldagi manzara va me’morchilikni belgilashini hisobga olish kerak. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling