2-maruza yo‘l harakati xizmati majmualari reja
Yo‘l bo‘yidagi xizmat komplekslari loyihasi tuzilishining asosiy qoidalari
Download 1.17 Mb.
|
2 maruza
6.Yo‘l bo‘yidagi xizmat komplekslari loyihasi tuzilishining asosiy qoidalari
Yo‘l bo‘yidagi xizmat komplekslari mo‘ljallangan vazifasi turlicha bo‘lgan inshoot va vositalardan iborat bo‘ladi. Bunday komplekslar loyihasi tuzilganda ketma-ket quyidagi vazifalar hal qilinadi: turli xil komplekslar sonini aniqlash va ularni loyihasi tuzilayotgan yo‘l bo‘yida joylashtirish; kompleks tarkibidagi inshootlar va ularning o‘lchamini belgilash; kompleks qulay va xavfsiz ishlashini ta’minlaydigan transport yechimlari, piyodalar o‘tish joylari, boshqa joylar loyihasini tuzish; motellar, restoranlar, kempinglar, AYQSh va hk. loyihasini tuzish. Avtomobil qo‘yish joylari, qisqa dam olish maydonchalari, avtobus bekatlari bevosita yo‘l tashkilotlari tasarrufida bo‘lishini esdan chiqarmaslik kerak. Yuqoridagi ob’ektlar loyihasini tuzish, komplekslarni yo‘l bo‘yida joylashtirish masalasida hal qiluvchi qaror qabul qilish aynan yo‘lchilarning vazifasi bo‘ladi va yo‘l qurilishiga ixtisoslashgan loyiha tashkilotlarida bajariladi. Bino va maxsus inshootlar loyihasini odatda tegishli profildagi loyiha tashkilotlari tuzadi. Lekin yo‘lovchilar, transport vositalariga xizmat qiladigan inshootlar qurilishi albatta yo‘ldan foydalanish xizmati bilan kelishilgan bo‘lishi kerak. Yo‘ldagi inshootlar andozasini cheklamaslik kerak, aksincha, ularning me’moriy rejasi, qurilish usulini turlicha bo‘lishi kerak, degan tavsiya e’tiborga arziydi. Yangi qurilayotgan avtomobil yo‘llaridagi xizmat komplekslari ularning loyihasida, amaldagi loyiha me’yorlariga muvofiq ko‘rsatiladi. Mavjud tarmoqlardagi ko‘p komplekslarning tarkibi va soni zamon talablariga javob bermaydi. Shunday hollarda respublika, viloyat avtomobil yo‘llarida yo‘l bo‘yi xizmat komplekslarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish nazarda tutilgan maxsus dasturlar ishlab chiqish masalasi dolzarb bo‘ladi. Yangi yo‘l xizmat komplekslari loyihasini tuzganda ham ketma-ketlik qoidasiga amal qilish kerak. Tanlangan maydonlarda harakat jadallligi ko‘payib borishiga qarab komplekslarni bosqichma-bosqich qurish rejasi belgilanadi. Birinchi bosqichda oddiyroq komplekslar, dam olish maydonchalari quriladi. Bosqichma-bosqich qurish 20 yilgacha belgilanadi, bosqichlar o‘rtasidagi vaqt 5-10 yilni tashkil qiladi. Xizmat komplekslari joyi belgilanganda ShNK 2.05.02-07 maxsus bo‘limida aytilgan loyiha me’yorlariga amal qilish kerak. Shu bilan birga avtomobil yo‘llarini me’moriy-manzara loyihalash talablarini ham bajarish kerak bo‘ladi. Shuning uchun komplekslar joylashtirilganda, maydon tanlanganda, boshqa masalalar hal qilinganda joy relefini, o‘simliklar xususiyatini, boshqa tabiiy sharoitni diqqat bilan hisobga olish, yo‘l manzarasi qanday bo‘lishini oldindan ko‘rib, baholash kerak. Yo‘l xizmati bino va inshootlari imkon qadar aholi punktlari yaqiniga, ko‘pchilik uchun bitta inshootlarda, bevosita yo‘lga birikadigan maydonlarda joylashtiriladi. Aholi punktlarida suv ta’minoti, oqava quvurlari va elektr quvvati bo‘lgani uchun II va III tur xizmat komplekslarida ham shu shartga amal qilish to‘g‘ri bo‘ladi. Agar kompleks avtomobil magistralida joylashgan bo‘lsa bir andozali xizmat inshootlarini imkoni boricha yo‘lning ikki tomoniga joylashtirish kerak. Agar kompleks yo‘lning bir tomoniga joylashtirilsa yo‘lning ikkala tomonida, ya’ni kompleksning o‘zida va yo‘lning qarama-qarshi tomonida ham avtomobil qo‘yish joylari, turli darajada yo‘lovchilar o‘tish joyi bo‘ladi. Xizmat komplekslarini joylashtirishga tanlab, tayyorlangan maydonlar tekis, quruq va yo‘ldan ko‘ndalang nishab bilan tushgan bo‘lishi kerak. AYQSh loyihasini tuzishdan oldin, qoidaga ko‘ra, iqtisodiy va statistik o‘rganish o‘tkaziladi, zarur bo‘lganda transport xizmati inshootlari joylashishining bosh sxemasi tuziladi. Kompleks doirasidagi transport yechimlari, o‘tish tezlik polosalari shu avtomobil yo‘li toifasiga muvofiq bo‘ladigan me’yorlarga muvofiq, xizmat kompleksi ishlaganda harakat jadalligi, transport oqimi taqsimlanishi qanday bo‘lishi hisobga olinib loyiha qilinadi. Xizmat komplekslarini yo‘l bo‘yiga joylashtirish, ularning ishlashi atrof muhitni himoya qilish talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Komplekslar qurilishiga dehqonchilik uchun yaroqsiz yerlar ajratiladi. Loyiha yechimiga xizmat komplekslarining modulli taqsimlanishi asos qilib olinadi. So‘ng me’moriy havzalar tegrasi belgilanadi, raqobatli variantlar olinadi, xizmat korxonalarining o‘lchami aniqlanadi. Har bitta variantda inshootlarning joylashishi belgilanadi. Kompleks asosiy inshootlarini me’moriy havzalar chegarasi bo‘ylab joylashtirish yoki havza ichida me’moriy dominant sifatida belgilash tavsiya qilinadi. Loyihalash vaqtida yo‘lning me’moriy sxemasi chiziqli grafikasi bilan obodonlashtirish elementlari joylashishining chiziqli grafikasini ishlatish tavsiya qilinadi. Variantlar ichidan kapital qo‘yilishi nuqtai nazaridan eng tejamlisi tanlanadi. Lekin yo‘ldan foydalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi kerakligi, atrof muhit himoyasini unutmaslik kerak. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling