Hujjatli qidiruv
Birlamchi hujjatlarni axborot-qidiruv tizimlari omboridan yoki foydalanuvchining szroviga mos keladigan ikkilamchi hujjatni ma’lumotlar bazasidan qidirish jarayoni.
Hujjatli qidirishning ikkita turi mavjud:
1. Kutubxonalar - Birlamchi hujjatlarni topishga yo’naltirilgan
2. Bibiliografik – bibliografik yozuv shaklida berilgan hujjatlar haqida ma’lumotlarni topishga yo’naltirilgan.
Faktografik qidiruv
Axborot so’roviga mos keluvchi fakt (dalil)larni qidirish jarayoni.
Faktografik ma’lumotlarga hujjatlardan olinadigan birlamchi va ikkilamchi hamda ularning paydo bo’lish manbalaridan olinadigan ma’lumotlar kiradi. Bunday ma’lumotlarning ikkita turi mavjud:
1. Qidiruvda dalillarni o’z ichiga olgan matn qismlari (fragment)ni qidirish – hujjatli-faktografik.
2. Aniqlangan ma’lumotni mantiqiy qayta ishlash orqali yangi faktlar tavsifini yaratish – faktologik (faktlarni tavsiflash).
1.3.Axborotni qidirish fan sifatida
Axborot qidirish – bu kognitiv psixologiya, informatika, axborot dizayni, lingvistika (tilshunoslik), semiotika va kutubxonashunoslik kabi fanlar kesishmasida turuvchi ilmiy soha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |