2-mavzu – milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati reja: Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlari Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati


Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari


Download 54.51 Kb.
bet7/7
Sana25.04.2023
Hajmi54.51 Kb.
#1397907
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzuMILLIY TARBIYANING MAZMUNI VA MOHIYATI

Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari – ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini amalga oshirishda qo‘llaniladigan usul va vositalar majmui.
Intizom – ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlariga nisbatan ongli yondashuv, ularga to‘la amal qilish demakdir.
Ongli intizom – shaxs faoliyatining ijtimoiy-axloqiy hamda huquqiy me’yorlar talablari asosida aqliy quvvatga tayangan holda tashkil etish ko‘rsatkichidir.
Axloq normasi – kishilarning xulq, fe’l-atvorlarini tartibga soluvchi axloqiy talablar mezoni demakdir.
Odob - har bir insonning o‘zi bir inson yoki jamoa bilan bo‘lgan muloqotida hamda yurish turishida o‘zini tuga bilishidir.
Xulq - odobning ichki tuyiq ko‘nikmaga aylangan ko‘rinishi.
Axloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan xulq-odob normalari majmui.
Madaniyat - jamiyatning va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida foydalangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi.
Ma’naviyat - inson ongini aks ettiruqchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasi.
Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq, ulusga taalluqli bo‘lgan ijobiy-axloqiy sifatlar majmui.
Axloqiy tarbiya - O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy ma’naviy-axloqiy bilimlar negizida ijtimoiy faoliyatni tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, axloqiy sifatlarni qaror toptirishga yo‘naltirilgan murakkab dinamik jarayon.


Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. “Avesto”da inson tarbiyasiga, insonlarning jamiyatda tutgan o‘rniga munosabat qanday yoritilgan?
2. Hazrat Bahouddin Naqshband ta’lim-tarbiyaning asosi adabdan boshlanishini aytadi. Uning ushbu fikrlarini keltiring.
3. Kaykovus: „Yosh bola ilm bilan adabni tayoq bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘rganmas”, - deya ta’kidlaydi. Siz ushbu fikrga qanday qaraysiz.?
4. “Komil inson” tushunchasiga ta’rif bering?
5. Mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bola tarbiyasini olib borish jarayonida qaysi uslubdan foydalanish maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi?
6. Tarbiya haqidagi mutafakkirlarning hikmatli so‘zlaridan misollar keltiring?
7. “Milliy tarbiya“ tushunchasi
8. Axloqiy tarbiya deganda nimani tushundingiz?
9. Ma’naviy qadriyatlarimiz haqida nimalarni bilasiz?
10. Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati
Download 54.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling