2 Mavzu : Nutq uslublari


-MAVZU:”Devoni lug’otit - turk” izohli lug’at va qomusiy asarsifatia


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

49-MAVZU:”Devoni lug’otit - turk” izohli lug’at va qomusiy asarsifatia 

Reja: 


1.”Devoni lug’otit - turk”asarida badiiy durdonalarning o’ziga xos tarzda ifoda etilgani . 

 2. Mehnat va marosim qo’shiqlari. 

 3. “Alp Er To’nga” marsiyasi. 

Tayanch so’z va iboralar:”Devoni lug’otit - turk”, “Alp Er To’nga”, marsiya, marosim 

qo’shiqlari 

«Devonu  lug‘ot  at-turk»dagi  ko‘pgina  qo‘shiqlar  ovchilik,  chorvachilik  bilan  –  turkiy 

xalqlarning  yashash  tarzi  bilan  chambarchas  bog‘liq  holda  yuzaga  kelgan.  Qo‘shiq 

atamasi    ham  ilk  marta  Mahmud  Koshg‘ariy  tomonidan  qayd  etilgan.    Muallif  unga 

she’r,  qasida  deb  izoh  bergan.    Xalq  qo‘shiqlari  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarini 

qamrab  oladi. Unda shodlik va g‘am, o‘yin-kulgi va qayg‘u-hasrat, 

ko‘tarinkilik  va  tushkunlik,  turli  marosimlar:  to‘y,  farzand    tarbiyasi  (alla),  o‘tganlar 

yodi  tasvirlanishi  mumkin.  Tabiiyki,  inson  mehnati  ham  ularning  yetakchi 

mavzusidir.Yana  bir  turkum  qo‘shiqlar  bevosita  farzandlar  va,  umuman,  jamiyat 

a’zolarining  ma’naviy  kamolotiga  bag‘ishlangan.  Munozara  o‘ziga  xos  adabiy  janr 

bo‘lib, u asar qahramonlarining o‘zaro tortishuvi, bahsi asosiga quriladi. Munozaradagi 

ishtirokchilar, asosan, ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega bo‘ladi. U she’riy yoki nasriy 

tarzda yaratilishi 



mumkin.  Yusuf  Amiriyning  «Bang  va  Chog‘ir»,  Yaqiniyning  «O‘q  va  Yoy», 

shuningdek,  Nishotiyning  «Boz  va  Bulbul»,  «Gul  va  Daf»,  «Binafsha  va  Chang» 

munozaralari bu janrning o‘zbek adabiyotidagi go‘zal namunalaridir. «Qish va Bahor » 

munozarasi bu janrning eng qadimgi namunasi sifatida 

alohida  ahamiyatga  ega.  Mahmud  Koshg‘ariy  «Qish  va  Bahor»  munozarasiga  oid  

ko‘plab  to‘rtliklarni keltirgan. Ammo ular asarning bir joyida  emas, balki uning turli 

qismlarida har xil so‘zlarning 

izohiga  dalil  tarzida  keltirilgan.  Tabiatdagi  bu  jarayon  inson  hayotidagi  jonli 

manzaralarga o‘xshatilib, unga qiyosiy holda  aks etgan. O‘zaro to‘qnashish, bir-biriga 

qing‘ir ko‘z bilan   qarash, kurashish uchun o‘zaro yaqinlashish va g‘oliblik  istagi kabi 

insonga xos tuyg‘ular tabiatga nisbat berilmoqda. 

Adabiyotshunoslikda  bu  hodisaning  nomi  jonlantirish  deyiladi.  Mahmud  Koshg‘ariy 

keltirgan «Qish va Bahor» munozarasida  ana shu tasvir vositasi asosiy o‘rin tutadi. Har 

ikki fasl to‘la  «tilga kiradi». Ular bir-biriga tegishli bo‘lgan xususiyatlarni  go‘yo «fosh 

etadi». Bunda biroz bo‘lsa-da, kuzatuvchi-muallif 

nuqtayi nazari ham ko‘rinib qoladi. Ayniqsa, «Qish yayg‘iru  savlanur» («Qish Bahorga 

qarab maqtanadi»), «Yay qish bila   qarishti» (Bahor Qish bilan qarshilashdi») misralari 

bilan boshlanadigan to‘rtliklarda shu holat mavjud. 

        Mahmud  Koshg‘ariy  «Devon»idagi  she’riy  parchalarning      asosiy  qismi  xalq 

og‘zaki  ijodi  mahsulidir.  Ular  shakliga  ko‘ra,    asosan,  ikkilik,  to‘rtliklardan  tashkil 

topgan.  To‘rtliklar, asosan, a-a-a-b shaklidagi qofiyadoshlikka ega. Ular orasida a-b-a-

b  ko‘rinishidagi  qofiyalar  ham  uchraydi.  To‘rtliklarning  hamma  misrasi  o‘zaro 

qofiyadosh  bo‘lgana-a-a-a  namunalar  ham  mavjud.  Murabba’  shakli  a-a-a-b  ham 

asarda keng qo‘llangan.«Alp Er To‘nga marsiyasi», «Qish bilan Bahor» munozarasi shu 

shakldadir. 

«Devon»dagi  she’riy  parchalar,  asosan,  barmoq  vaznida  Ayrim  namunalar  aruzning 

ba’zi ko‘rinishlariga muvofiq keladi. 

«Devon»dagi  xalq  qo‘shiqlarining  tasvir  usullari  nihoyatda  xilma-xildir.O‘xshatish

sifatlash,  qarshilantirish,  jonlantirish    vaqiyoslar  ularda  tez-tez  ko‘zga  tashlanadi. 

Ko‘pgina  ifodalar  sodda,  ixcham,  lekin  quyma  va  ta’sirchan.  «Qaqlar  qamug‘ 

ko‘lardi...»  («Yomg‘ir  va  seldan  qoq    yerlarning  barchasi  ko‘l  bo‘ldi...»)  to‘rtligi 

boshdan oxirgacha  jonlantirishga tayanadi. «Qish bilan Bahor» munozarasida 

ham  xuddi  shunday  tasvirni  ko‘ramiz.  «Bulnar  meni  ulas    ko‘z...»  [«Xumor  ko‘zli 

(go‘zal)  meni  asir  qiladi...»]  to‘rtligida  esa  sifatlash  asosiy  o‘rin  tutadi.  Ko‘z,  mengiz 

(xol),  yuz    o‘ziga  xos  sifatlashlar  (ulas,  qara,  qizil)  bilan  ziynatlangan.    Boshqa 



to‘rtliklarda  esa  o‘xshatish,  mubolag‘a,  ta’did,  tazod,tanosub  singari  badiiy  tasvir 

vositalari tez-tez qo‘llanganini   ko‘rish mumkin.  She’rlarda qofiyalarga katta e’tibor 

berilgan. «Alp Er  To‘nga o‘ldimu?..» to‘rtligida she’rning ta’sir kuchini ta’minlayotgan 

unsurlardan  biri  ham  qofiyadir.  Undagi  o‘ldimu–  qaldimualdimu  so‘zlari  to‘liq 

jarangdorligi va ohangdoshligi  bilan ajralib turadi. Bular qadimgi xalq qo‘shiqlarining 

takrorlanmas  badiiyatiniyuzaga  chiqargan  omillardir.Bu  an’analar  keyingi  asrlarda 

yanada takomillashgan, rivojlangan holda davom etadi. 

 

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 

 

1.  “Devon”dagi badiiy parchalar qaysi davrga mansub? 



2.  “Devon”dan kektirikgan she’riy parchalar qanday mavzularda ekanligini ayting va 

misollar bilan izohlang. 

3.  “Devon” dagi she’rlarning janrlarini aniqlashga harakan qiling. 

 

 



 

 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling