2 Mavzu : Nutq uslublari


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)



2-  Mavzu : Nutq uslublari

 . 

 

Reja: 



 

1.   Nutq uslublari haqida tushuncha. 

2.  So’zlashuv uslubi. 

3.  So’zlashuv uslubining turlari. 



Tayanch  so’z  va  iboralar:  til  materiali,  uslub,  so’zlashuv,  oddiy  so’zlashuv 

uslubi, adabiy so’zlashuv uslubi. 

 

Nonvoy  bir  xil  undan  turli  ko’rinishdaginonlar  yopganidek,  yoki  quruvchi 



qurilish  materiallari  –  g’isht,  qum,  ohak,  sement  kabilardan  foydalanib  turfa 

ko’rinishdagi imoratlar  qurganidek, so’zlovchi  yoki  yozuvchitil  materialidan  turli 

yo’nalishdagi nutq hosil qiladi. Ba’zi nutqda qo’llanilgan so’z, gap, harakat kabi til 

birliklari boshqa nutqlarda nisbatan kam ishlatiladi. Boshqa bir nutqning qurilishi, 

yozilishi, ohangi esa uchinchi nutqdan farq qiladi. Ana shu foydalanish nutqning 

uslubiy  shakllari  hisoblanadi.  Demak,  til  birliklaridan  ma’lum  maqsad  yo’lida 

tanlab  foydalanish  natijasida  nutqimizda  hosil  bo’ladigan  yo’nalishlar  nutq 

uslublari deyiladi. Nutq uslublari tilning aloqaviy mohiyatini amalga oshirishning 

bir ko’rinishidir. Nutq uslublari nutqiy muomala jarayonida yuzaga keladi. O’zbek 

tilida nutq uslublari quyidagilar: 

1. 

So’zlashuv uslubi. 



2. 

Publitsistik uslub. 

3. 

Rasmiy-idoraviy uslub. 



4. 

Ilmiy uslub. 

5. 

Badiiy uslub. 



Har  bir  uslub  o’ziga  xos  leksik,  fonetik,  morfologik,  sintaktik  xususiyatga  ega 

bo’lib , bir – biridan farq qiladi. Shu jihatdan olib qaraganda , har bir uslubning o’z 

ichki tartib-qoidasi bor. 

  

So’zlashuv  uslubi.  Bu  uslub  nutq  uslublari  ichida  eng  ko’p  ishlatiladigan 



uslubdir.  U  asosan  og’zaki  ko’rinishda  bo’ladi.  So’zlashuv  uslubida  nutq 

birliklaridan  erkin  foydalaniladi.  Aksariyat  hollarda  Grammatik  talab  buzilishi 

mumkin. Asosiy e’tibor mazmunni tinglovchiga yetib borishi hisoblanadi. 

 

Bu uslub ikki turga bo’linadi: 



1. 

Oddiy so’zlashuv uslubi. 

2. 

Adabiy so’zlashuv uslubi. 



Oddiy  so’zlashuv  uslubi  xalq  orasida  keng  ishlatiladigan  og’zaki  nutq  uslubidir. 

Unda  so’zlovchi  talaffuz  erkinligiga  (  obke-olib  kel;  zaril-zarur;  na’lat-la’nat), 

Grammatik shaklga amal qilmaslik ( Bordim kecha-kecha bordim) huquqiga ega. 

So’zlashuv  uslubida  obrazli  ifodalar  (oppoq,  lo’ppi-lo’ppi  paxtalar;  shirasi  chak-

chak  tomadi-ya),  frazeologik  ifodalar  (ammamning  buzog’iga  o’xshaydi, 



bo’shashgan; og’zi qulog’ida, eshak mingan mulla; qo’rqqanga qo’sha ko’rinar va 

boshqa),  maqollar  (avval  iqtisod,  kiyin  siyosat;  sabrli  bo’lsang,  o’sarsan,  sabrsiz 

bo’lsang,  to’zarsan)  so’roq  olmoshi  (Kim?,  Nima?,  Qachon?,  Qayerda?),  so’roq 

ohangi  (Borganmidi?  Borku?),  so’roq  yuklamasi(-mi,  -ku)  va  so’roq  gaplari 

to’liqsiz  gaplar  (Olmadim,  ko’rdim  xolos;  Bo’pti,  ertaga  olarman  ),  so’z  galar 

(aytdi,  ertaga,  ancha  va  hakozo),  soda  gaplar(  Men  borib  keldim,  Magazindan 

oldim), shevaga xos so’zlar( narvonni oldi-shotini oldi; manga ayttti-menga aytdi, 

apke-olib kel, ishni chayib qo’ydi-ishni buzib qo’ydi), takror so’zlar ( kelib-kelib 

sanga  aytdimi;  yurib-yurib  sheka  keldi;  turib-turib  qayttim)  qarg’ish,  haqorat, 

kamsitish kabi noestetik so’zlar (la’nati, yer yutgur, ahmoq)dan ko’p foydalaniladi. 

Bu  uslubda  nutq  asosan  dialog  shaklida  bo’lib  ,  muhit,  imo-ishorakabi  tildan 

tashqari(paralingvistik) vositalar ham keng qo’llaniladi. 

 

Oddiy so’zlashuv uslubidagi mazkur xususiyatlar badiiy adabiyotda, kino va 



sahna asarlarida qahramonning xarakterini ochish maqsadida ular tilidan aytiladi. 

Misol  uchun,  Olmas  Umarbekovning  “Yoz  yomg’iri”  nomli  qissasidan  olingan 

parchaga diqqat qilaylik: 

  “-  Topiladi,  -  dedi  bittasi  og’zidagi  nosvoyni  na’matakka  tupirib.  –  Odam 

o’ldirarmishu topilmaydimi? 

 

Melisani  o’zi  bo’lib  gapirasan-a,  Chilton  ?!-e’tiroz  bildirdiikkinchi 



yoshrog’i.  –Kecha  o’lgan  bo’lsa  ,  o’ldirgan  odam  shu  paytgacha  mana  man  deb 

turadimi? Allaqachon juftakni rostlagan la’nati! 

 

Bo’nidan  orqon  solib  sho’tga  bog’lab  qo’yish  kerak.  Shu  joyni  ko’raverib 



ko’r  bo’lsin.  Boshqalar  ham  ko’rsin.  Yaponlar  shunaqa  qilarmish,  men  senga 

aytsam…”  

 

Adabiy  so’zlashuv  uslubi  xalq  adabiy  tilining  keng  tarqalgan  turi  bo’lib 



barcha  sohalarda  undan    keng  foydalaniladi.  U  adabiy  til  normalariga  mos 

ishlangan  ,  tartibga  solingan  tildir.  Kundalik  o’qish,  ish,  ta’lim-tarbiya  joylarida 

shu uslubga murojaat qilinadi. Bu uslub ham og’kzaki shaklda uchraydi. 

 

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 




Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling