2 Mavzu : Nutq uslublari
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Ilmiy uslubning fan texnika taraqqiyoti bilan qanday bog’liqligi bor? 2. Ilmiy nutqda fikr aniq bir shaxs tomonidan bayon qilinishi mumkinmi? 3. Ilmiy matnda qo’shma gaplarning qaysi turidan keng foydalaniladi?
Reja: 3. Badiiy uslubdagi matnlar ustida ishlash. Tayanch so’z va iboralar: Bo’yoqdor til birliklari ko’chma ma’noli ifodalar, ritorik so’roq gaplar, yig’iq va to’liqsiz gaplar 1. Badiiy uslub tili. 2. Badiiy uslub janrlari, ifoda xususiyatlari, o’ziga xos qoliplari. Badiiy uslub nutqning boshqa uslublaridan dastlab o’zining obrazliligi va estetik ta’sir etish vazifasi bilan ajralib turadi. Badiiy nutqda til leksikasining hamma qatlamlari ishtirok etadi. Chunki, yuqorida zikr etilgan ijtimoiy hayotining u yoki bu sohasini ifodalasa, badiiy uslub inson faoliyatining barcha qirralarini o’zida aks ettiradi, hammaga taalluqli bo’ladi. Unda turli kasb-kor, fan-texnika, xalqning maishiy hayotiga tegishli rang-barangso’zlar qo’llaniladi.
Til vositalarini ishlatishda xuddi shu. Bu uslubda til vositalari obraz va manzaralar yaratadi, kshilarga estetik ozuqa berish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun undan badiiy asar yaratishda yozuvchi shoirlar juda unumli foydalanishadi.
Badiiy uslub uchun shaxsiy obrazli so’z ishlatish xarakterlidir. Har bir muallif o’ziga xos ishlatish usullaridan foydalanadi. Bu bilan o’ziga xoslikda asarning o’qimishli bo’lishini ta’minlashga intiladi. Badiiy nutq hamma narsaning yangi , ohori to’kilmagan , boshqalar ishlamagam bo’lishini xohlaydi. Shu tufayli shoir va adiblar hammaga ma’lum til vositalaridan o’zlarigagina xos usulda foydalanishga harakat qiladilar. Shaxsiy obrazlilik publitsistik uslubda ham bordir.Obrazlilik so’zlashuv uslubida ham bo’ladi. Lekin ular ko’pchilik tomonidan qayta-qayta ishlatilgan, “qotib qolgan” , “qoliplashgan” holda amal qiladi. Badiiy uslubda obrazlilik yangi , shirador bo’ladi. Chunonchi , so’z qo’llashdagi o’ziga xosligi , badiiy vositalarning yangiligi quyidagi she’riy parchadayaqqol ko’rinib turadi:
Kumush choyshab yopib dalalar, Qor qo’ynida uxlab qoladi,
Ufqlarga qizil xol tashlab, Zar soch yozib quyosh botadi.
Goh bulutlar ko’kda yasanib, Yerga oq yaproqlar qo’yadi.
Izg’irinlar o’ynab-quvnashib, Yaproqlarni quchib yotadi.
Goh uzoqdan oq-zar ko’ylakda , Ko’rinadi tog’lar, tepalar,
Goh cho’zilib quyuq o’rmonlar Ko’z o’ngidan asta o’tlar…
Chechaklar, maysalar, chamanlar Yashnagandir bahor kunlari.
Yulduzlar-la to’lib kulgandir, Bu qirlarning oltin turlari.
Oltin dengiz kabi bug’doyli Quyoshning nuridan emgandir…
Shoir quyosh nurini , tog’, tepalarni qoplagan qorni , tunni, bug’doylarni oltinga qiyoslaydi. Bunda oltinning qiymati emas , faqat rangi e’tiborga olinadi. Umuman , tasvirda oltin, kumush, zar kabi so’zlarni ko’p istifoda qilish Uyg’un she’riyatiga xosdir.
Bu uslublarda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etishi ko’lami, ijod usuli, poetic mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir- biridan farqlanadi. Shunga ko’ra , badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o’ta qamrovli va boy nutq ko’rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabiyot aarlari shu uslubda yaratiladi. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Badiiy asar tili qachon adabiy til doirasidan chiqib ketadi? 2. Nasriy nutq bilan she’riy nutq o’zoro qanday farqlanadi? 3. Badiiy uslubga na’munalar keltiring.
Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling