2 Mavzu : Nutq uslublari


   “Jurnalist qalamining o’tkirligi” deganda nimani tushunasiz?  2


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

1.   “Jurnalist qalamining o’tkirligi” deganda nimani tushunasiz? 

2.  O’ylab ko’ringchi siz gazetxonlik madaniyatiga rioya qilasizmi? 

3.  Bloger so’zini qanday izohlaysiz? 

4.  Bugungi kun ommaviy axborot vakillarining nutqi haqida o’z fikrlaringizni 

ayting. 


 

 

 



 

4-Mavzu: Rasmiy uslub 

 

Reja: 



 

1.  Rasmiy-idoraviy uslub haqida tushuncha. 

2.  Leksik xususiyat. 

3.  Grammatik xususiyat. 

4.  Uslubning hujjatchilik xarakteri. 

 



Tayanch  so’z  va  iboralar:  Ma’muriy-boshqaruv  tizimi,  ish  qog’ozlari, 

Grammatik xususiyat, ish qog’ozlari leksikasi, atamalar. 

Rasmiy  ish  qog’ozlari  uslubi  deb  ham  ataluvchi  bu  uslub  ma’muriy-

boshqaruv tizimi(Vazirlar Mahkamasi, vazirlik, Oliy Majlis, boshqarma, hokimiyat 

va  boshqa  tashkilotlarning  ma’muriyati  ,  soliq,  miloya,  huquq-tartibot  organlari 

hamda  boshqa  joylar  )da  ko’p  ishlatiladi.  Rasmiy  ish  qog’ozlari  uslubi  hozirgi 

o’zbek  adabiy  tilining  ma’muriy  va  yuridik  ishlarda  amal  qiiadigan  bir 

ko’rinishidir.  Qonunlar  matni  ,  prezident  farmonlari  va  qarorlari  ,  Vazirlar 

Mahkamasi  hujjatlari,  hokimliklar  qarorlari,  tashkilotlar  buyruq,  farmoyish  va 

qo’llanmalari  ,  shartnomalar,  dalolatnomalar,  har  xil  rasmiy  hujjatlar,  yuridik 

xarakterdagi  og’zaki  axborotlar  ,  ma’lumotlar  rasmiy-idoraviy  uslubda 

tayyorlanadi. 

 

  Mazkur  uslubning  asosiy  xususiyati    ,eng  avvalo,  hujjatchilik  xarakterida 



ko’rinadi. Ya’ni bu uslubdagi matnlar ma’lum yuridik hujjat asosida tayyorlanadi. 

Masalan,  oddiy  ariza  matnini  olib  ko’raylik.  Uning  yo’naltirilgan  qismida  ariza 

bilan  kimga  murojaat  qilayotganimiz  ko’rsatiladi:Farg’ona    shahar  kasb-hunar 

maktabi  direktoriN.To’xtasinovaga  oshpazlik  yo’nalishi  55-guruh  o’quvchisi 

R.Sobirovdan  .Mazkur  gapdagi  barcha  til  birliklaridan  anglashiladigan  mazmun 

yuridik hujjatga asoslanadi. 

Shuningdek,  rasmiy  uslubda  fikr  aniq  ifoda 

qilinadi,  bir  xil  qolip  va  tayyor  sintaktik  birliklardan  ham  keng  fodalaniladi, 

Masalan,  deyarli  barcha  ariza,  bildirishnoma,  tushuntirish  xati  va  tilxatlarning 

dastlabki  qismi  o’xshash  bo’lishi  mmkin.  Masalan,        “    …  ga  …dan    “    (ariza, 

tushuntirish xati, bildirishnoma va hakozo).  

 

Fikrni  sodda  ,  qisqa,  aniq  ifoda  etilishi  rasmiy  ish  qog’ozlari  uslubining 



asosiy  talablaridir.  “  Oliy  va  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlariga  kirish  imtihonlari 

topshirishga ruxsat olgan ishchi va xizmatchilarga ish haqlari saqlanmagan holda 

ta’til beriladi. Oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari topshirishga ruxsat olganlar 

15 kalendar ish kuni davomida ish haqlari va joylari saqlanadi.  

O’quv  yurti 

joylashgan  yerga  kelish  va  qaytib  ketish  vaqti  bu  hisobga  kirmaydi.”(Mehnat 

kodeksi, 223-modda). 

Rasmiy  ish  qg’ozlari  uslubi  vazifaviy  uslublari  doirasidagi  boshqa  uslublardan 

lug’aviy va Grammatik xususiyatlari jihatidan ham farqlanadi. 

 

Ushbu  uslub  leksikasi  asosan  kitobiy  va  xolis  (neytral)  so’zlardan  iborat 



bo’lishi  bilan  birga  shu  uslub  bo’yog’iga  ega  bo’lgan  “yuqorida  ko’rsatilganlar”, 

“quyida  imzo  chekuvchilar”,  “…ga  yo’llanadi”,    “bajarish  maqsadida”,  “qabul 

qilib oluvchi”, “yetkazishingiz so’raladi”, “…ga asosan”, “bajarishni ta’minlash”, 

“vazifasini  bajaruvchi”,  “…ruxsat  berishingizni  so’rayman”  kabi  so’z  va  turkum 

birikmalarni ham o’z ichiga oladi. 



 

Rasmiy ish qog’ozlari uslubi leksikasining yana bir xususiyati unda (yuridik-

diplomatik  ,  ma’muriy  va  boshqalar)  atamalarning  mavjudligidir.  Bular 

quyidagilardir:  farmon,  qaror,  farmoyish,  buyruq,  aloqa  xati,  dalolatnoma, 

bildirishnoma,  ma’lumotnoma  ,bayonnoma  va  hakozo.  Mazkur  uslubdan  ko’proq 

ma’muriy-boshqaruv  ,  huquq-iqtisod  va  adliya  sohalarida  qo’llanilgani  uchun  u 

ko’p janrli uslub sanaladi. 

 

 



Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 

  

1. 



Rasmiy-idoraviy uslub haqida ma’lumot bering. 

2. 


Unda qanday so’z va qoliplar ishlatiladi? 

3. 


Rasmiy ish qog’ozlarida ko’proq qaysi so’z turkumidagiso’zlar ishlatiladi? 

 

 



 

 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling