2 Mavzu : Nutq uslublari
-Mavzu: Til birliklarini tanlash imkoniyati
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
9-Mavzu: Til birliklarini tanlash imkoniyati
Reja: 1. Nutqda til birliklarini tanlash. 2. Til ifoda imkoniyatining kengligi, xoslanganligi va cheklanganligi. 3. “O’qish-o’sish demakdir” matni ustida ishlash. Til taraqqiyotining biror davrida so’z, ibora yoki qo’shimcha ortiqcha bo’lmaydi, mobodo bo’lsa u tezda nutq sahnasidan tushib ketadi. Ammo har bir qo’shimcha so’z va iboraning qo’llanish o’rni qat’iy. Ayrim so’zlar barcha uslubda cheklanmay qo’llanilsa, ayrimi faqat bir uslubga xos bo’ladi. So’zlovchi tildan erkin foydalanadi. Ammo til ifodalarini tanlashda muayyan majburiyatga ham ega. Unda til ifodalarining qay birini qachon qo’llash kerakligi haqida malaka shakllangan.
So’zdan to’g’ri va o’rinli foydalanish har qanday nutqning aniq va ta’sirli bo’lishini ta’minlaydi. Bunda so’zning leksik ma’nosi bilan bir qatorda uning uslubiy bo’yog’ini ham yaxshi bilish zarur. So’zning u yoki bu uslubga xoslanganligi va so’zdagi salbiy yoki ijobiy munosabat ifodasini bilmasdan turib , uni to’g’ri va maqsadga muvofiq holatda qo’llab bo’lmaydi.Qaysi uslub bo’lishidan qat’I nazar, nutq tuzuvchi buni inobatga olishi lozim.
Uslubning raso bo’lishida til birliklari orasidan eng muvofig’ini tanlash hal qiluvchi ahamiyatga molik. Chunki tilde o’zaro ma’nodoshlik, shakldoshlik va boshqa xususiyatlarga ega bo’lgan birliklar talaygina bo;lib, ular tilning o’ziga xos boyligini , ranginligini yuzaga keltiradi. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Nutq jarayoni yana qaysi fan sohalari tomonidan o’rganiladi? 2. So’z qo’llashda doim ham uslubiy me’yorlarga amak qilindimi? 3. Yozma ishlarda til birligini qanday xatoliklarga yo’l qo’yish mumkin?
Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling