2 Mavzu : Nutq uslublari


-Mavzu: Sinonimlar uslubiyati


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

11-Mavzu: Sinonimlar uslubiyati 

 



Reja: 

 

1.Sinonimlar haqida ma’lumot. 



2.Sinonimlarning turlari. 

3. Sinonimlarning uslubiy farqlanishi. 

 

   


Tayanch  so’z  va  iboralar:  sinonim,  ma’nodosh  so’z,  lug’aviy  sinonimlar, 

affiks sinonimlar, dominanta. 

Ma’nodosh  so’zlar  (sinonimlar)  bir  umumiy  ma’noni  ifodalovchi  ikki 

yokiundan  ortiq  so’zlardir.  Ma’nodosh so’zlar  bir  ma’noni xilma-xil  so’zlar  orqali 

turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda , so’z sehrini namoyish etishda , nutqni 

bezashda , ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Masalan: Basharasiga 

tushgan  qamchi  zarbidan  yiqildi.  Uning  quvnoq  chehrasi  suv  betide  qizga  yanada 

yoqimli  ko’rindi.  O’zaro  sinonimik  munosabatda  bo’lgan  so’z  va  qo’shimchalar  

sinonimlar  uyasi  yoki  sinonimlar  qatori  deyiladi.  So’z  maqomidagi  sinonimlar 

lug’aviy  (leksik)  sinonimlar,  qo’shimcha  maqomidagi  sinonimlar  esa  affiks 

sinonimlar sanaladi. 

Ma’nodosh  so’zlar  bir  umumiy  ma’noni  ifodalasa  ham  ,  lekin  ularning 

ma’no darajasi, ijobiy yoki salbiy bahoga egaligi, ma’lum uslubga xoslanishi bilan 

farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo’kirmoq so’zlari so’zlash 

umumiy  ma’nosi  bilan  bir  xil  bo’lsa  ham  ,  ular  ovozning  baland-pastligiga  ko’ra 

farqlanadi. Shuningdek , to’ng’illamoq , ming’irlamoq, vaysamoq, javramoq so’zlari 

ham  so’zlash  umumiy  ma’nosi  orqali  yuqoridagi  so’zlar  bilan  birlashadi,  lekin 

ulardan  salbiy  bahoga  egaligi  bilan  farq  qiladi.  Irod  etmoq  ,  bayon  etmoq  singari 

so’zlar kitobiy uslubga xoslanishi bilan farqlanadi. 

Yoki  oraz,  uzor,ruxsor,  chehra,    ruxsor,  chehra,  yuz,  bet,  aft, bashara,  turq 

singari  sinonimlar  inson  bosh  qismining  old  tomoni  ma’nosini  ifodalaydi.  Lekin 

oraz, uzor, ruxsor, chehra so’zlarida ijobiy baho, oraz, uzor, ruxsor so’zlarida badiiy 

uslubga  xoslanish  belgisi  mavjud,  bet,  aft,  bashara,  nusxa,  turq  so’zlarida  salbiy 

baho munosabati mavjud va bu salbiy baho ularda darajalanib , kuchayib boradi. 

Har  qanday  uslubiy  xoslanish  va  so’zlovchining  bahosidan  holi  bo’lgan 

sinonimlar  qatori  a’zosi  dominant  (  uslubiy  xoslanish  va  baho  bildirishga  ko’ra 

neytral)  hisoblanadi.  Demak,  yuqoridagi  sinonimlar  qatorida  yuz  dominanta 

sanaladi. 

Sinonimlar  belgi,  predmet,  shaxs,  voqeaning  bir  necha  nomlar  bilan 

aytilishidir.  Sinonimlar  til  boyligi  bo’lib  ,  avvalo,  shaxs  va  predmetlarning  eng 

nozik  ma’no  bo’yoqlarini  ifodalash  uchun  xizmat  qiladi.Masalan:  Gulshanda 

gullarni  tebratar  sabo,  Adashgan  yo’lchiday  daydib  yurar  yel.  Ikkinchidan  , 

sinonimlar  gapdagi  takrorga  yo’l  qo’ymaydi  .  O’rinsiz  takror  nutqqa  putur 



yetkazadi.  Sinonimlar  badiiy  uslub  vositasi  bo’lib  ,  adabiy  tilni  boyitish 

manbalaridandir. 

Sinonim  birliklarning  ma’nosi  yaqin  bo’lsa-da  ,  ammo  bir  xil  emas.  Ular 

ifoda  bo’yog’iga  ko’ra  farqlanadi.  Ba’zilarida  bo’yoq  kuchli,  boshqasida  kuchsiz 

(bo’sh-latta),  ba’zilarida  ijobiy,  ayrimlarida  salbiy  (  kulmoq-tirjaymoq)  bo’ladi. 

Sinonimlar  uslubiy  xoslanganlik  jihatidan  ham  o’zaro  farqlanadi.  Sinonimlar 

birikuvchilarni ham tanlaydi. Masalan, stolning yuzi deyish mumkin, ammo stolning 

basharasi  deb  bo’lmaydi.  Ayrim  sinonimlik  munosabati  barqaror  (  kishi  –  odam  - 

inson ) , ayrimlari nutqiy ( go’zal – oy - gul ) hisoblanadi. 

 

Mustahkamlash uchun savollar: 



 

1.  Qaysi nutq uslubida sinonim so’zlar uslubiy bo’yoqsiz qo’llanadi? 

2.  Barqaror sinonimlar nutqiy sinonimlardan qanday farqlanadi? 

3.  Sinonimlarning uslubiy  xususiyatlari badiiy  uslubda  qanday  ahamiyatga 

ega? 

4.  Quyidagi  baytda  ajratib  ko’rsatilgan  so’zlar  o’zaro  sinonim  bo’la 



oladimi? 

Ularning qo’llanishiga munosabat bildiring: 

 

Aytdi: “Ey bechora , qilding na ushun tarki vatan?” 



Men dedim: “G’urbatda furqat bor ekan taqdirda!” 

                                                                                                            

(Furqat)  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling