2 Mavzu : Nutq uslublari
-Mavzu: Esse – ijodiy matn
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
7-Mavzu: Esse – ijodiy matn
Reja:
1. Esse, uning janr sifatidagi belgilari. 2.Esse tili. 3.Essening ifoda uslubi, tarkibi, mavzu doirasi.
ESSE (fans. Essayi – tajriba, mashq; xomaku narsa) – adabiy, falsafiy, ijtimoiy, publitsistik va boshqa mavzularda yozilgan, muammolar tizimli,ilmiy tarzda emas, balki erkin shaklda talqin qilinadigan nasriy asar. Esse ifoda maqsadida biror muammoni qo’yishiga ko’ra ilmiy, uni ifodalash jihatidan badiiy
uslubga xos. Zero, badiiy asarda , odatda, muammoqo’yilmaydi, ilmiy asarda esa ta’sirchan ifodalardan foydalanish me’yor hisoblanmaydi.
Esse erkin kompozitsiyali uncha katta bo’lmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid sub’yektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiy-biografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy , ilmiy-ommabop yoki sof belletristik xarakterda bo’ladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat bo’ladi. Mustaqil janr sifatida A.Montel ijodida tarkib topdi. O’zbek adabiyotida XX asrning 70-80 yillarida esse yaratila boshlandi.
Mustahkalash uchun savol va topshiriqlar: 1. Esseni murakkab janr deyish mumkin. Nega? 2. Esseni nega to’laqonli ilmiy asar deb bo’lmaydi? 3. “Ertalabgi xayollar” xayoli” badiasidan parchani o’qing. Matnning mavzusi xususida munosabatingizni bildiring. Adabiyotshunoslar oilasoda tug’ilganman. Esimni tanibmanki, uyda yozuvchi-shoirlarning ism-sharifi tilga olinadi, yozgan maqolasi –yu kimnidir ”Urgan-surgan ” I muhokama qilinadi. G’aybulla as-Salom, Najmiddin Komilov, Azim Suyun, Usmon Azim, Mahmud Sa’diylarning o’zini tanimasam ham ism-sharifini yoddan bilardim. Dadam ukam ikkimizni shahar aylantirishga olib chiqib, o’zlari “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi tahririyatida soatlarcha qolib ketardilar. Biz esa Mahmud Sa’diy degan bir “Qora shaxs”ni yomon ko’rib tashqarida kutib o’tirardik. Kuni kelib o’zim ham ana shu ajoyib ustozga shogirt tushdim. Bitiruv malakaviy ishimga ilmiy rahbarlik qildilar, keyin magistirlik ishimda ham maslahatlar oldim. Soatlab yonlarida o’tirdim. (Shohruxbek Olim)
Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling