2 Mavzu : Nutq uslublari


- Mavzu : O’zlashma so’zlar uslubiyati


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

15- Mavzu : O’zlashma so’zlar uslubiyati 

Reja: 


1.Boshqa tillardan kirib kelga so’zlarning davriyligi. 

2.O’zlashgan so’zlarni adabiy nutqda qo’llash me’yorlari. 

3.O’zlashgan so’zlar uslubiyati. 

Tayanch so’z va iboralar:o’zlashma so’z, so’zlarning davriyligi, boshqa tillardan kirib 

kelgan so’zlar.  

Boshqa tillardan kirib kelgan so’zlar tilga butunlay singib ketishi ham (kitob, fe;l , manti, 

stol,shkaf)  ,  ba’zilari  singishmay  turishi  ham  mumkin  (restavratsiya,  anonim,  suflyor)  . 

Shunga  ko’ra  ,  to’la  o’zlashgan  (kitob,  daftar,  stansiya)  ,  nisbatan  o’zlashgan  (  vokzal, 

aeroport)  va  o’zlashayotgan  (skaner,  skotch),  o’zlashmagan  so’zlar  (  ministr,  oblast, 

rayon) farqlanadi. Ularning barchasini shartli ravishda o’zlashma so’zlar deyiladi. 

So’zlashuvga  xos  o’zlashma  so’zlar  ,  ko’pincha,  kitobiy  uslubga  xos  bo’lmaydi.  Ilmiy 

uslubda o’zlashma so’zlar , asosan, termin sifatida ko’p qo’llanadi. 

O’zbek  tili  o’tmishda  qardosh  bo’lmagan  juda  ko’p  tillar  bilan  aloqada  bo’ldi  va  bu 

tillardan  o’zbek  tiliga  ma’lum  miqdorda  so’zlar  o’zlashdi.  Bu  jarayonda  o’zbek  tiliga  , 

ayniqsa, fors-tojik , arab va rus tillari barakali ta’sir etdi. Bu tilardan o’zlashgan so’zlar 

hozirgi o’zbek adabiy tilida salmoqli miqdorni tashkil etadi: 

Tojikcha  so’zlar:  osmon,  oftob,  bahor,  baho,  barg,  daraxt,  gul,  xona,  shamol,  mirob, 

dasta,  bemor,  g’isht,  dasht,  xonadon,  shogird,  xaridor,  serob,  shirin,  mard,  mehribon, 

jonajon, kamtar, kam, chala, balki, agar, ham kabi; 

Arabcha  so’zlar:  kitob,  maktab,  xalq,  maorif,  shoir,  ma’no,  ilhom,  san’at,  tanqid, 

madaniyat, kashf, a’lo, odob, xat, savod, amal, oila, inson, husn, nutq , soat, avlod, savol ; 

Ruscha-internatsional  so’zlar:  partiya,  agronom,  traktor,  kino,  ekskavator,  televizor, 

kosmos, kosmonavt, aktiv, passif, konsert,  teatr, radio, sport va b. 

 

 

 



 


Mustahkamlash uchun savollar:   

1. 


Fan-texnika taraqqiyoti o’zlashma so’zlar soni va sifatiga qanday ta’sir ko’rsatadi? 

2. 


Barcha olinma so’zlar tilimizga to’liq o’zlashishi kerakmi? 

3. 


O’zlashma  so’zlarning  muqobilini  topish  ,  ommalashtirish  va  nazorat  qilish 

ishlarini yurtimizda qaysi tashkilot olib boradi? 

4. 

Quyida  berilgan  juftlikdagi  o’zlashma  so’zlar  o’rning  o’zgarishi  natijasida  gap 



mazmunida qanday o’zgarish yuz berayotganini izohlang. 

Tushdan so’ng fermada traktorda yuk olib borgan Anvar shaharga tezda qaytish uchun 

yo’lga chiqdi. – Tushdan so’ng shaharga yuk olib borgan  fermaga tezda qaytish uchun 

traktorda yo’lg a chiqdi.   

 

 



 

 

 




Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling