2 Mavzu : Nutq uslublari


-MAVZU: Ish qog’ozlari ustida ishlash


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

17-MAVZU: Ish qog’ozlari ustida ishlash 

Reja : 

  

1. Ish qog’ozlari haqida ma’lumot. 



2. Ish qog’ozlari matniga qo’yiladigan talablar. 

3.Ish yuritish jarayonida eng ko’p ishlatiladigan hujjatlar haqida ma’lumot. 

 

 



 

O’rta Osiya hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar , turli moddiy jismlarga 

bitilgan  ma’lumotnomalar  ajdodlarimizning  qadimdan  o’ziga  xos  hujjatchilik 

an’analariga  rioya  qilganliklaridan  dalolat  beradi.  O’rta  asrlarda  ish  yuritish  huquqiy 

maqomga  ega  bo’ldi,  davlat  mahkamasida  munshaot  tizimi  shakllandi  va  qator  hujjat 

turlari paydo bo’ldi. 

 

O’zbek tilining rasmiy – idoraviy til sifatida qo’llanishi qoraxoniylar hukmronligi 



davrida boshlandi. XX asrdan so’ng o’zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli 

xil  hujjatlar  o’ziga  xos  mazmuni  ,  muayyan  tartibi  va  nutqiy  qolipi  bilan  ajralib 

turadi.Sho’ro  hukmronligi  davrida  o’zbek  va  rus  tillarida  ish  yuritish  huquqi 

qonunlashtirilgan  bo’lsa-da,  amalda  o’zbek  tilining  ijtimoiy  mavqeyi  past  edi. 

O’bekiston  mustaqillikka  erishgach  ,  o’zbek  tilining  davlat  tili  sifatidagi  rasman  ish 

yuritish maqomi mustahkamlandi. 

Ish  yuritishda  hujjatlar  tuzilishiga  ko’ra  ichki  va  tashqi  hujjatlar  sifatida  farqlanadi.  

Agar  hujjat  muayyan  muassasaning  o’zida  tuzilib,  undan  shu  muassasaning  o’zida 

foydalanilsa  ,  ichki  hujjat  hisoblanadi.  Ayni  muassasaga  boshqa  tashkilot  yoki  ayrim 

shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi.  

Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. 

Biron  muassasa  yoki  mansabdor  shaxs  tomonidan  tayyorlanadigan  hujjatlar  xizmat 

hujjatlari ( buyruq, ko’satma, bayonnoma kabi) ga kiradi. 

Shaxsiy  hujjatlar  alohida  shaxslar  tomonidan  yozilib,  ularning  xizmat  faoliyatlaridan 

tashqaridagi  yoki  jamoat  ishlarini  bajarish  bilan  bog’liq  masalalarga  tegishli  bo’ldi 

(shxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi).  

Rasmiy ish hujjatlari qat’iy qolip asosida yoziladi. Shaxsning nutqiy  madaniyati ushbu 

qoliplarni bilishi va unga rioya qilishi bilan belgilanadi. 

Rasmiy ish hujjatlariga erkin, ijodiy yondashish mumkin emas. Shu jihati bilan boshqa 

uslub janrlaridan farq qiladi. 

 

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 



1.  Hujjatchilik tarixi haqida nimalarni bilasiz? 

2.  Hujjat turlari nechaga bo’linadi? 

3.  Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? 

 

 



 

 




Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling