2 Mavzu : Nutq uslublari


- mavzu: Nutqda o’zgaruvchi unlilar. Nutqda o’zgaruvchi undoshlar


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

22- mavzu: Nutqda o’zgaruvchi unlilar. Nutqda o’zgaruvchi undoshlar. 

 

Reja: 



1.Nutqda o’zgaruvchi unlilar. 

2.Nutqda o’zgaruvchi undoshlar. 

 3.Imlo va talaffuz nomuvofiqligining sabablari. 

Tayanch so’z va iboralar: Unlilar, undoshlar, adabiy til, og’zaki nutq, yozma nutq, 

imlo lug’ati. 

 

Adabiy tilning og’zaki nutq va yozma nutq me’torlari farqlanadi. Ilmiy asoslangan 



adabiy til me’yorlarida talaffuz va imlo qat’iy qoidalari mavjud. Og’zaki ayrim unli 

harflar yozilganidan boshqacha talaffuz qilinadi: kompyuter- kampyuter, mobil-mabil, 

kino-kiyno. Bunday so’zlardagi unli harflarni yozilganidtk talaffuz qilish og’zaki nutq 

me’yorlaridan chetka chiqish sifatida baholanadi. Shuningdek, ba’zi unli tovushlar esa 

aytilganidek yozilmaydi: boho (talaffuzda)-baho (imloda), unuqqan( talaffuzda)-

uniqqan (imloda), partret(talaffuzda)- portret( imloda).  Ammo vahshiy, falokat, ravshan 

so’zlarini voxshiy, polakat, rovshan deb talaffuz qilish yoki qanday aytilsa, shunday 

yozish to’g’ri emas.  

Og’zaki va yozma nutqdagi bunday muammolarga duch kelganda “O’zbek tilining 

talaffuz  lug’ati”, “O’zbek tilining imlo lug’ati” ga asoslanish kerak.  

Adabiy tilda barcha so’zlar aytilganidek yozilsa edi, bir so’zning o’zini ham turlicha 

yozishga to’g’ri kelar, natijada imloni tartibga solib bo’lmas, savodsizlik kuchayib ketar 

edi. Shuning uchun amaldagi talaffuz va imlo qoidalariga ko’ra ayrim undoshlarning 

ham talaffuzi va imlosi mos farq qiladi. Og’zaki nutqda ayrim undosh harflar 

yozilganidan boshqacha talaffuz qilinadi: masxaraboz- masxaravoz, shanba- shamba, 

pedagog- pedagok. Og’zaki nutqdagi ixtisod, shoshilip, ketti so’zlarini iqdisod, 

shoshilib, ketdi shaklida yozish lozim. Bu talaffuz, albatta, noto’g’ri emas. Ammo 

imloda so’zlardagi bu undoshlarning qanday yozilishi imlo qoidalari va lug’atlarda 

me’yorlashtirilgan.     

 

 



 


Mustahkamlash uchun savollar: 

1.  Nima uchun aytilganidek yozilmaydigan unli tovushlar va yozilganidek 

aytilmaydigan unli harflar “aldoqchi tovushlar” deb yuritiladi? 

2.  Mumkin, muhim, tuyilmoq kabi so’zlarda ikkinchi bo’g’indagi “i” unlisining “u” 

ga moyil aytilishini izohlang. 

3.  Aytilganidek yozilmaydigan undosh tovushlar va yozilganidek aytilmaydigan 

undosh harflarning talaffuz va imloviy nomuvofiqligi qanday sabablar orqali yuzaga 

keladi? 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling