30-Mavzu: Nazorat ishi va tahlili. Insho
Reja:
1.Insho yozish qoidalari bilan tanishtirish.
2.Insho rejasini tuzish
3. Nazorat ishi tahlili.
Aziz o’quvchilar, inshoni yozish paytida quyidagi holatlarga e’tibor bering:
1. Tuzilayotgan jumlalarning lo’nda va aniq bo’lishiga alohida e’tibor berib borish
kerak.
2. Insho mazmuni materiallarni bayon qilish uslubi bilan chambarchas bog’liq
ekanligini hech qachon unutmang.
3. Insho mavzusi bilan bog’liq materiallarni bayon qilayotganingizda izchillikka
qattiq rioya qiling. Insho mavzusiga aloqador shaxslarning nomlarini , badiiy asarlardan
olingan parchalarni , tarixiy faktlarni , toponimik atamalarni yozishda amaldagi imlo
qoidalaridan kelib chiqqan holda ish ko’ring.
4. Inshoni yuksak savodxonlik bilan yozishga harakat qiling.
5. Tinish belgilarining ishlatilish o’rniga diqqat qiling. Ularning shakllari aniq va
ko’rinarli bo’lsin.
6. Insho husnixat qoidalariga muvofiq ravishda yozilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |