31-Mavzu: Madaniy nutqning grammatik va punktuatsion me’yorlari. Ortiqcha
qo’shimchalar
Reja:
1. Qo’shimchalarning ortiqchaligi va takroriyligihaqida ma’lumot.
2. Ortiqcha qo’shimcha ortiqcha “yuk ” ekanligi
3.Tejam qo’shimcha qo’llashda muhimligi.
Tayanch so’z va iboralar: qo’shimchalarning ortiqchaligi, ortiqcha qo’shimchalar,
grammatik me’yor, punktuatsion me’yor, tejam qo’shimcha.
Qo’shimchalarning ortiqchaligi nutq madaniyatiga salbiy ta’sir qiladi. Masalan,
o’nta o’quvchilar birikmasida ko’plik qoshimchasi ortiqcha.
Ko’plik qo’shimchasi odatdagi miqdoriy ortiqlik ma’nosidan tashqari turli
qo’shimcha ma’no nozikliklari, uslubiy ma’nolarni ifodlashga xizmat qiladi.
Unutmaslik kerakki, miqdor aniq ko’rsatilgan holatlarda bu qo’shimchaning qo’llanishi
uslubiy xato sanaladi. Masalan, o’nta kitoblar tarzidagi birikmada odatdagi ko’plikni
ifodalovchi –lar qo’shimchasi noto’g’ri ishlatilgan, uslubiy jihatdan to’g’risi o’nta kitob
bo’lishi kerak.
Qo’shimchalarning takroriyligi , ortiqcha qo’shimcha nutq uchun ” yuk”
hisoblanadi.
Qo’shimchalarni qo’llashda ham nutqiy tejamkorlikka rioya qilish lozim.
Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar:
1. Qo’shimchalarni ba’zan takrorqo’llashning o’ziga xosligi nimada?
2. Sizningcha , bu to’g’rimi yo noto’g’rimi?
3. Qo’shimchalarning tejalishi , asosan , qaysi nutq uslubida ko’proq uchraydi?
4. Quyidagi jumlada qaysi qo’shimcha bir marta ishlatilsa, uslubiy jihatdan to’g’ri
bo’ladi? O’zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetining 1- bosqich talabasi Muhayyo
Usmonovaning amaliyot ishlari uchun tutgan daftari.
Do'stlaringiz bilan baham: |