2 Mavzu : Nutq uslublari


- Mavzu: Tasviriy ifoda – ko’tarinki nutq vositasi


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

29- Mavzu: Tasviriy ifoda – ko’tarinki nutq vositasi 

Reja: 

1.Tasviriy ifoda nomning bo’yoqdor varianti ekanligi. 

 2.Tasviriy ifodaning uslubiy chegarasi. 

3. Tasviriy ifodaning so’zga tengligi va teng emasligi, shakldosh tasviriy ifodalar. 

 

Shaxs , narsa-buyum, voqea-hodisalarni tasvirlash yo’li bilan bildiradigan so’z 



birikmalari tasviriy ifodalar yoki parafrazalar deyiladi.Tasviriy ifodalar so’zning 

ma’nosini oydinlashtirish , matnni badiiylashtirish , takrorning oldini olish kabi uslubiy 

vazifalarni bajaradi. Masalan: 

 

Mexanik-haydovchilar – po’lat ot chavandozlari, zangori kema kapitanlari; 



 

Pomir – dunyo tomi; 

 

Bunker – po’lat etak; 



 

Farg’ona – yashil vodiy; 

 

Prezident – xalq oqsoqoli; 



 

Traktor  - po’lat ot; 

 

Pilla – kumush tola; 



 

Ekinning qoni – suv; 

 

Zangori olov  – gaz alangasi



 

Oq oltin tog’lari – paxta uyumlari; 

 

Ilm kaliti – kitob; 



 

Dala malikasi – makkajo’xori; 

 

Mo’yqalam sohiblari – rassomlar. 



Tasviriy ifoda-narsalar nomining  bo’yoqdor  muqobili bo’lgan  birikma.U  uslubiy  

chegaralangan, ko’proq publitsistikaga  xos:1.Yoshlarning  aql  gimnastikasiga  

qiziqishlari  ortib bormoqda.2. Oltin  qanot  qushlar  uchsin. Tasviriy  ifoda  

tushunchani  bildirishi  bilan  so’zga teng,lekin bo’yoqdorligi  bilan farqlanadi. 

Tasviriy ifodaga ham omonimlik xos. 



Mustahkamlash uchun savollar: 

1.  Nutq jarayonida takror va qaytariqdan qochish imkonini yaratishda tasviriy ifoda 

qanday ahamiyatga ega? Odatda , qaysi so’z turkumlarida ko’proq  tasvirlab ifodalash 

uchraydi? 

2.  “Osmonning ko’z yoshlari qalbimga tomchilaydi” gapi misolida tasviriy ifodaning 

inson ruhiyati bilan bog’liq jihatini izohlashga urining. 

3.  Quyidagi tasviriy ifodalar qatorini davom ettiring. 

Yaylov bahhodirlari, spotimiz malikalari, asr vabosi. 

 

 

 




Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling