2 Mavzu : Nutq uslublari
-Mavzu: Nutqda shakl va mazmun mosligi
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
33-Mavzu: Nutqda shakl va mazmun mosligi
Reja: 1. Gaplarning shakl va mazmunan mosligi. 2.Gaplarni ixchamlashtirish 3.Matn mazmunini qisqa ifodalash. Madaniy nutq mezonlaridan biri ekanligi
Tayanch so’z va iboralar: madaniy nut, matn,tugal fikr. Fikrni ixcham ifodalash – madaniy nutq belgisi. Shuning uchun ilmiy matndagi so’zlar , gaplar miqdorining yuqori chegarasi belgilab beriladi, quyi chegara ko’rsatilmaydi. Fikrni uzun yoki ko’p jumlalar bilan ifodalash madaniy nutq mezonlaridan hisoblanadi.
Boshlab qo’yilgan , uzilib qolgan jumlani mantiqan va usluban to’g’ri davom ettirish ham so’zlovchining mahorati hisoblanadi.
Matnning asosiy xususiyatlaridan biri uning uzil-kesil, tugal fikr anglatishidir. Matn bayon qilingandan keyin tinglovchida Kim? Qachon? Qayerda? Qanday? kabi qo’shimcha savollarga o’rin qolmaydi. Har qanday matn fikrlar yig’indisi bo’lib , o’zaro uzviy bog’langan mulohazalarni o’z ichiga olgan bo’ladi. Matnning chegarasina yaratuvchi (ya’ni yozuvchi, bayon qiluvchi) belgilaydi. Matn o’z oldiga qo’ygan amaliy maqsadiga ko’ra turlarga bo’linadi.Masalan: yozma va og’zaki matnlar. Ular o’z navbatida yana turlarga ajratiladi. Og’zaki matnlarga diolog matnlar , suhbatlar kiradi. Lekin barcha hollarda ham matnda shakl va mazmun birligi bo’lishi talab qilinadi.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. Matn mazmunini qisqa ifodalashda gaplarni ixchamlashtirishning qanday yo’llari bor? 2. Har qanday inson zotida qahriga, samimiyatga ehtiyoj bor gapidagi ortiqcha so’zni olib tashlansa , fikr mazmuni qanday o’zgaradi? 3. Berilgan nasriy bayondagi fikrni she’riy jumlaga aylantirishga harakat qiling. Do’stlik shunday bir daraxtki, urug’i vafo, shoxlari umid, yaproqlari saodatdir. Do’stlik bir shahardirki, kaliti ishonch, aholisi vafodorlardir. Do’stlikni o’z hayotingizdan haydab solish – zaminni quyoshsiz qoldirish bilan barobar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling