2 Mavzu : Nutq uslublari
– mavzu: Talaffuz va imlo
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
21 – mavzu: Talaffuz va imlo
Reja: 1. O’zlashma so’zlar talaffuzi va imlosi. 2.Qo’shimcha olgan so’zlar talaffuzi va imlosi. 3. Talaffuzdagi tovush o’zgarishi imloda inobatga olinmaydigan so’zlar
Tayanch so’z va iboralar: talaffuz, imlo, o’zlashma so’zlar, imlo qoidalari, tovush o’zgarishlari. Og’zaki nutq jarayonida til birliklarini adabiy til me’yorlariga muvofiq aytilishi talaffuz me’yorlariga asoslanadi. Talaffuzda tovushlarning to’g’ri aytilishi muhim bo’lib, o’ziga xos qonuniyatlarga asoslanadi. Nutq tovushlarining o’z tarkibida alifboda belgilanganidek talaffuz qilinishi me’yoriy sanalishi bilan quyidagi holatlar ham talaffuz me’yoriga muvofiqdir: 1. So’z oxirida b tovushining jarangsizlanib, p tarzida aytilishi: hisob>hisop, kelib>kelip. 2. So’z oxirida d tovushining t tarzida talaffuz qilinishi , d yoki t tovushlarida tushib qolishi: dard>dart, band>bant, go’sht>go’sh, past>pas kabi. 3. Ayrim so’zlarda i tovushining tushib qolishi: bo’lgan >bo’gan, kelsa>kesa kabi. 4. Bank, tank, disk kabi o’zlashma so’zlarga a tovushi qo’shib aytilishi, ba’zi o’zlashmalar talaffuzida v tovushining f tarzida o’zgartirilishi me’yordan chekinish hisoblanmaydi.
Imlo me’yorlari, ya’ni to’g’ri yozish me’yorlari nutqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi. Imlo me’yorlari til vakillari tomonidan ongli ravishda kelishilgan holda yaratiladi. Bu me’yorlarning amal qilishi maxsus imlo qoidalari bilan tasdiqlanadi.
Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi asosidagi yozuv me’yorlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yil 24-avgustda tasdiqlangan “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari ”ga tayanadi. Unga harflar imlosi, o’zak va qo’shimchalr imlosi, bo’g’in ko’chirish, so’zlarni qo’shib va ajratib yozish kabilarga oid qoidalar kiritilgan. Yozma nutqda bu qoidalarga amal qilish majburiydir. Nutqda ikki xil so’z tovush o’zgarishiga uchrashi mumkin: - O’zlashma so’zlar; - O’z tilimizdagi qo’shimcha qo’shilgan so’zlar. Ko’pgina o’zlashma so’zlar asos holatida talaffuzi va imlosi jihatidan farqlanadi: kitob- kitop, vaqt-vaxt, futbol-fudbol, iqtisod-ixtisod, baland-balant. Bu tovush o’zgarishi o’zbek tili imlo qoidalariga ko’ra yozuvda aks ettirilmaydi. O’z tilimizdagi ayrim so’zlarda esa qo’shimcha qo’shilishi bilan tovush o’zgarishi sodir bo’ladi. Bu o’zgarishlarning ayrimlari yozuvda aks etadi (yosh-yasha, ong-angla), ba’zilari esa talaffuz qilinganiday yozilmaydi (bog’-boqqa-bog’ga, bor-boripti-boribdi). Demak, o’zlashma so’zlardagi tovush o’zgarishlarida ham , o’z qatlam so’zlaridagi qo’shimcha qo’shilganda yuz beradigan tovush o’zgarishlarida ham imloda yozuvda aks etadigan va yozuvda aks etmaydigan holatlar mavjud. O’z qatlam so’zlarining asos holatida tovush o’zgarishi yuz bermaydi.
Mustahkamlash uchun savollar: 1. O’zlashma so’zlar talaffuzi qanday xususiyatlarga ega? 2. O’zlashma so’zlar talaffuzining imlosidan farqlanishi qanday tarixiy asoslarga ega?
3. Talaffuz va imlo munosabati turli nutq uslubarida qanday aks etadi?
|
ma'muriyatiga murojaat qiling