2 Mavzu : Nutq uslublari


-Mavzu: Omonim so’zlar uslubiyati. Talaffuzdosh so’zlar uslubiyati


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

13-Mavzu: Omonim so’zlar uslubiyati. Talaffuzdosh so’zlar uslubiyati 

 

Reja: 



 

1.Omonimlarning nutqiy qo’llanishi. 

2. Shakldoshlikning nutqdagi xususiyatlari. 

3. Talaffuzdosh so’zlarning xususiyatlari 



Tayanch  so’z  va  iboralar:omonim,  shakldosh  so’z,  paronim,  talaffuzdosh  so’z, 

tuyuq, tajnis san’ati. 

Aytilishi  va  yozilishi  bir  xil  bo’lib,  turli  atash  ma’nolarini  bildirgan  so’zlar  shakldosh 

so’zlar  deyiladi.  Shakldosh  so’zlar    (omonimlar)  bir  qarashda  ko’p  ma’noli  so’zlarga 

o’xshab ketadi. Ularni bir –biridan farqlash kerak. Ko’p ma’noli so’zlar bir so’zni o’z va 

ko’chma ma’nolarda qo’llashdir. Masalan:  tut, yut, oq, yot, et, uch. 

Ko’p ma’noli so’zlarning ma’nolari o’rtasida bog’liqlik , umumiylik bo’ladi, shakldosh 

so’zlarning  ma’nolari o’rtasida esa hech qanday umumiylik, yaqinlik yo’q. 

Ba’zi  omonimlar  ko’p  ma’noli  so’zlar  ma’nolari  o’rtasidagi  bog’liqlikning  uzilishi 

natijasida  ham  paydo  bo’lgan.  Bunday  omonimlar  bir  paytlar    ko’p  ma’noli  so’zlar 

bo’lgan.    Keyinchalik  ma’nolari  o’rtasidagi  bog’liqlik  uzilib,  ma’nolari  bir-biridan 

uzoqlashgan  va  hozirda  omonimlarga  aylangan.  Maslan,  dam  (  hordiq,  nafas,  bosqon 




ma’nolarida ularni nafas tushunchasi umumlashtirib turgan, gap      ( og’zaki nutq birligi 

va ziyofat ma’nolarida ularni gaplashish tushunchasi birlashtirib turgan, ya’ni oldingi gap 

– ziyofatlarda faqat suhbatlashib o’tirilgan bo’lsa , hozirda dasturxondagi  hashamdorlik 

birinchi o’ringa chiqib qolgan) omonimlari shular jumlasidandir. 

Shakldoshlik bir yoki bir necha turkum doirasida uchrashi mumkin. 

Agar  shakldosh  so’zlar  bitta  o’z  turkumi  doirasida  uchrasa,  ularga  Grammatik 

qo’shimchalar qo’shilsa ham , shakldoshlik munosabati saqlanadi. Masalan: ( lug’atlarda 

omonimlar rim raqamalari orqali beriladi) 

Suz I – suvda suzmoq - fe’l, Suz II – oshni suzmoq – fe’l, Suz III – sigir suzmoq – fe’l 

.Ushbu  so’zlarga  Grammatik  ko’rsatkichlar  qo’shilsa  ham,  ular  shakldosh 

hisoblanaveradi. Suvda suzibdi, oshni suzibdi, sigir suzibdi misollaridagi suzibdi so’zlari 

shakldoshdir. Bir turkum doirasidagi shakldoshlik ko’proq fe’l va ot turkumida uchraydi. 

-   Yozmoq I – xat  yozmoq – fe’l, 

-  Yozmoq II – dasturxon yozmoq – fe’l. 

-  Chopmoq I – yugurmoq – fe’l, 

-  Chopmoq II – yer chopmoq -  fe’l. 

-  Qovoq I – poliz ekini – ot, 

-  Qovoq II – inson a’zosi – ot. 

-  Sir I – davlat siri – ot, 

-  Sir II – idishning siri – ot. 

Agar  shakldoshlik  bir  necha  turkum  doirasida  uchrasa  ,  ularga  Grammatik  

qo’shimchalar  qo’shilsa,    shakldoshlik  saqlanmaydi.  Ko’pincha  ot  va  fe’llarda 

shakldoshlik uchraydi.: 

Yoz I – fasl – ot : yozda ta’tilga chiqamiz. 

           Yoz II – xat yozmoq – fe’l : Salima xatni yozib pochta qutisiga tashladi. Ushbu 

gaplardagi yozda va yozib so’zlari shakldosh bo’lolmaydi.  

 Omonim  so’zlar  ,  odatda,  lug’atlardagina  (  nutq  tarkibiga  kirmagan  holatda)  omonim 

bo’lib turadi. Ular shaklan bir xil bo’lsa-da, bitta so’z emas.Omonim so’zlarning har biri 

nutqda  biror  grammatik  shakllarni  qabul  qiladi  va  shundagina  ularning  qaysi  ma’noni 

ifodalashi  ayon  bo’ladi.  Agar  shunday  bo’lmasa,  omonimlarning  ma’nosini  anglab 

bo’lmay qolar va bu ayrim fikrni tushunishda chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. 

She’riyatda omonim so’zlar turkiy tuyuq janri uchun xizmat qiladi. 




Paronimlar faqat bir tovushi bilan farqlanuvchi , lekin bir xil talaffuz qilinadigan 

so’zlardir. Masalan: afzal – abzal, fol – pol, bob – bop, tub – tup. 

Abzal – ot-ulovni egarlash  yoki aravaga qo’shish uchun zarur asboblarning jami. 

Afzal – yaxshi, a’lo, ortiq so’zlarining ma’nodoshi. 

Daho – kuchli zehn va iste’dod. 

Daha – shahar tarkibidagi ma’muriy birlik. 

Amr – buyruq, farmon. 

Amir – o’tmishdagi davlat rahbari. 

Paronimlar  orfografiya  (to’g’ri  yozish)  va  orfoepiya      (to’g’ri  talaffuz  qilish)  bilan 

bog’liq. So’zlarning imlosini yaxshi bilmaslik natijasida poronimlar bilan bog’liq  xatolar 

yuzaaga  keladi.  Masalan:  Ziyoda  yodsirab  uuularga  qaradi.  Bu  yerda  yodsirab  emas, 

yotsirab bo’lishi kerak edi. 

Paronimlarga misollar:  

1. 


Jayron  nega  ko’zing  to’la  yosh?  –  Jiyron  tog’dan  tog’ga  o’tib  qayerga  borishini 

bilmasdi.   

2. 

Soda  tabobat  va  kulinariyada  ishlatiladigan  bikorbonatdir.  Suvga  soda  qo’shib 



chayib  yuborishni  unutmang.  –  Sodda  –  jo’n  ,  oddiy:  Sodda  yoqimli  liboslar  o’ziga 

yarashgan qizlar tabassum bilan qarab turardi. 

Siqim – sig’im, sirop – serob, sudxo’r – sutxo’r, soliq – solih, so’kmoq – suqmoq, 

tang – tong, uzuk – uzik, urish – urush, undash – undosh, ana – ona. 

Odatda, og’zaki nutqda talaffuzi bilib-bilmay aralashtiriladigan so’zlar paronimlar 

deyiladi.  Ba’zan  ular  yozma  nutqqa  ham  ko’chib,  nutqiy  g’alizlikni  yuzaga  keltiradi, 

jumla  ma’nosiga  putur  yetkazadi.  Demak,  paronim  so’zlar  savodxonlikka  kuchli  salbiy 

ta’sir ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ularning maxsus lug’atlari yaratilgan.  

Paronim so’zlar talaffuzida ehtiyotkorlik shart.  

 

 



 

            Mustahkamlash uchun savollar: 

 

1.Omonim so’zlar ko’p ma’noli so’zlardan qanday farq qiladi? 



2.Ilonning yog’ini yalagan , qo’li egri, terisi qaliniboralarida omonimlik xususiyati  

mavjudmi? 

3.Qochirim,  kinoya,  so’z  o’yinlarini  yuzaga  keltirishda  omonim  so’zlardan  qay 

tarzda foydalaniladi? Misolar ayting. 

4.Nima  uchun  paronim  so’zlarni  farqlay  olish  barcha  nutq  uslublari  uchun  o’ta  muhim 

sanaladi? 




 

5.Teleko’rsatuvlar  va  radioeshittirishlarda  paronimlarni  noto’g’ri  qo’llash  bilan 

bog’liq holatlarga duch kelganmisiz? 

6.A.Navoiyning “Nasoyim ul - muhabbat” asaridan oliganhikoyatni o’qing va u xususida 

xulosa chiqaring. Matndagi ajratilgan so’zlarning paronimlarini toping. 

 

Ismoil  Dabbos  dedikim,  Haj  niyatida  safarga  chiqib,  Sherozga  yetishdim.  Bir 



masjidga  kirdim.  U  yerda  shayx  Mo’minni  ko’rdimki,  o’tirib  xirqasiga  yamoq  solardi. 

Salom qildim. Mendan so’radi: 

-  Nima niyating bor? 

Dedim: 


-  Haj niyatim bor. 

Dedi: 


-  Onang bormi? 

Dedim: 


-  Bor. 

Dedi: 


-  Bor, qaytib onang xizmatiga bor! 

Bu so’z menga xush kelmas edi. Dedi: 

Nega to’lg’onasan ? Men boshyalang, oyoqyalang, yolg’iz va ozuqasiz ellik marta 



haqilganman. Barchasining savobini senga ato qildim. Sen onanagning ko’ngil shodligini 

menga ber! 

  

 

 




Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling