2 Mavzu : Nutq uslublari


-Mavzu: Ish qog’ozlari (Tavsifnoma, tilxat, ishonchnoma, bildirishnoma


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/59
Sana08.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#255005
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
Ma'ruza matn(1)

18-Mavzu: Ish qog’ozlari (Tavsifnoma, tilxat, ishonchnoma, bildirishnoma, 

bayonnoma ) ustida ishlash 

Reja: 


1. Tavsifiy matn xususiyatlari haqida ma’lumot. 

 2. Tilxat va ishonchnoma matni tuzilishi. 

3.Bildirishnoma, bayonnoma matni xususiyatlari 

 

Tayanch  so’z  va  iboralar:tavsifiy  matn,  tavsifnoma,  tilxat,  ishonchnoma, 

bildirishnoma, bayonnoma. 

 

Tavsifiy  (monologik)  matn  so’zlovchi  yoki  yozuvchi  tomonidan  bayon  etilgan 



voqea-hodisa, narsa va shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, 

insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. 

Toshkent violati Piskent tumanidagi 

41-UO’TMning 10-“B” sinf o’quvchisi 

Ismatov Sherjahonga berilgan 

                                                Tavsifnoma 

 

Ismatov  Sherjahon  Akmal  o’g’li  2008-yildan  buyon  Toshkent  violati  Piskent 



tumanidagi  41-UO’T  maktabida  ta’lim-tarbiya  olib kelmoqda.  O’tgan  yillar davomida 

Ismatov Sherjahon barcha umumta’lim fanlaridan belgilangan Davlat ta’lim standartlari 

talablarini to’liq bajarmoqda. Mazkur o’quvchi o’zining bilim olishga bo’lgan qiziqishi 

va ishtiyoqi bilan sinfda ajralib turadi. Barcha fanlarni talab darajasida o’zlashtirayotgan 

SH.Ismatov , ayniqsa, ingliz tili va tarix fanlarini chuqur o’rganishga harakat qilmoqda. 

Ta’lim-tarbiya olish barobarida Sherjahon Yoshlar ittifoqi  maktab kengashining a’zosi 

sifatida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol ishtirok etib , o’zining tashabbuskorlik 

va tashkilotchilik qobiliyatini namoyon qilib kelmoqda. Ingliz tili bo’yicha viloyat fan 

olimpiadasida II o’rinni egallab, ta’lim muassasamiz sha’nini himoya etayotir. 

 

Sherjahon  Ismatov  badiiy  adabiyotga  beqiyos  mehr  qo’yganligi  sababli  2019-yil 



tuman miqyosida o’tkazilgan “Yosh kitobxonlar” bellashuvining g’olibi sifatida viloyat 

anjumanida ham ishtirok etdi hamda “Zukko kitobxon” yo’nalishida Faxriy yorliq va 20 

nomdagi badiiy asarlar to’plamini qo’lga kiriktdi.  

Ismatov Sherjahon Akmal o’g’li 

ayni  vaqtda  o’z  imkoniyatlarini  ishga  solib  ingliz 

tili bo’yicha mutaxassis bo’lib yetishish maqsadida tinmay o’qib izlanmoqda. 

 

Maktab direktori           (imzo)        Murodova Dilorom Yusupovna 



10-“B” sinf rahbari        (imzo)        Atoyeva Saodat Mirdadayevna 

 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling