2 Mavzu : Nutq uslublari
2. Gazetani o’qish turlari Baliq skleti
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
2. 2. Gazetani o’qish turlari
Baliq skleti axborot vositalarida , ommaviy madaniy tadbirlarda , targ’ibot va tashviqot ishlarida publitsistik uslub ishlatiladi. Publitsistik uslubning bosh xususiyatlaridan biri aralash uslub ekanligidir. Bu uslubda shakllangan matnlar obrazlilik, ta’sirchanlik , tasviriy vositalar ko’pligi bilan badiiy usluba yaqin. Masalan, ocherk, maqola, esse kabi janrlar badiiy uslubga juda yaqin turadi. Ayni paytda ixchamlik, aniqlik, lo’ndalik va atamalar ko’pligi bilan ilmiy uslubga o’xshashdir. Shuningdek, shevaga xos so’zlar, noestetik so’zlar, argo va jargonlari bilan so’zlashuv uslubiga mos kelishi mumkin. Lekin publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qilishi , targ’ibot va tashviqot ishlarida qo’llanishi, zamondoshligi , hozirjavobligi kabi xususiyatlari bilan boshqa uslublardan farq qiladi. Shuning uchun bu uslub tilida ritorik murajaat, ritorik so’roq , undov kabi stilistik usullardan keng foydalaniladi. Masalan, ijtimoiy hayotdagi nuqson va kamchilikni ochib berish uchun publitsistikaning feleton janri juda qulaydir. Boshqa uslublarda bunday imkoniyat yo’q.Ijtimoiy-siyosiy voqelikka munosabatni ifodalash uchun esa maqola qo’l keladi. Masalan: Vaqt oily hakam deymiz . U voqea-hodisalar , ijtimoiy jarayonlar ustidan hamisha o’zining odil hukmini chiqaradi. Shu ma’noda mustaqilligimizning 29 yili mobaynida bosib o’tilgan yo’llarimizga bir nazar tashlasak, tarixan qisqa davrda taraqqiyatning qanday darajasiga erishganimiz ko’z o’ngimizda yaqqol namoyon bo’ladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling