2 Mavzu : Nutq uslublari
-Mavzu: Nutq turlari. NAZORAT ISHI VA TAHLILI
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ma'ruza matn(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
8-Mavzu: Nutq turlari. NAZORAT ISHI VA TAHLILI
Reja:
1.Nutq turlari va nutq uslublari. 2.Og’zaki va yozma nutq.
3.Ularning asosiy farqi va me’yorlari. 4. Nazorat ishi
so’zlashuv nutqi, adabiy so’zlashuv nutqi, yozma nutq. Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya’ni nutq sifatida kishilar o’rtasida aloqa , fikrlashish, so’zlashishni amalga oshirishda yaqqol ko’rinadi. Nutqiy faoliyat kishilarning bir-birlariga tushunarli bo’lgan til vositasida o’zaro fikr almashishlari nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshiriladi: og’zaki va yozma tarzda. Og’zaki nutqning ikki turi mavjud: oddiy so’zlashuv nutqi va adabiy so’zlashuv nutqi.Oddiy so’zlashuv nutqi tabiiy nutq sifatida namoyon bo’lib , sheva ta’sirida bo’lgan kundalik so’zlashuv nutqining turliko’rinishlaridan iborat. Adabiy so’zlashuv nutqi esa adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda gapirishni taqozo etadi. Yozma nutq og’zaki nutqdan so’ng yozuv ta’sirida paydo bo’lgan bo’lib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun – qoidalariga bo’ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir. Yozma nutqning mazmuniy bo’laklari, gaplar, ularning qismlari turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko’rsatiladi. Yozma nutq og’zaki nutq kabi kishilar o’rtasidagi bevosita aloqa vositasi emas, u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog’lash vositasidir. Yozma manbalar orqali biz o’tmish tariximizni o’rganamiz va bundan kelajak avlod foydalanishini ta’minlaymiz. Nutqning bu shakllari turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Nutq ayrim shaxsga tegishli bo’lishni (monologik), ikki kishi o’rtasida yuz berishi (dialogik) va bir necha shaxslar orasida (polilogik) bo’lishi mumkin. Nutq ko’rinishlari ifoda maqsadi, qurilishi , hissiy-ta’siriy vositalari bilan farqlanadi. Yozma nutq uslubiy turlari (so’zlashuv, ilmiy, badiiy, ommabop, rasmiy-idoraviy) bilan o’ziga xos nutq ko’rinishlarini yaratadi. NAZORAT ISHI Quyida keltirilgan mavzu asosida matnni o’z fikrlaringiz bilan kengaytirib, ijodiy bayonni reja tuzib yozing . Farzand burchi Odamzod o’z ibtidosidan boshlab hozirgi kungacha bir ajoyib fazilatini yorug’ yuz bilan saqlab keladi. Bu fazilat – ota – ana oldidagi farzandlik burchining har vaqt, hamma yerda sharaf bilan bajarilishidir. Farzand katta yo kichik yoshda bo’lishidan qat’i nazar ota – onasining hurmarini, demak, xizmatini
qiladi. Bundan o’zgacha bo’lishini tasavvur qilish qiyin , albatta. Shuning uchun qiyinki, farzandini ne-ne umid, ne-ne intizorlik bilan dunyoga kelturguncha , ne-ne mehnat, ne-ne mashaqqat bilan uni voyaga yetkazib, xalq xizmatiga topshirguncha ota-ona yuzlariga ajin, sochlariga oq tushadi…
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Nutqiy faoliyat deganda nimani tushunasiz? 2.
Eng qadimiy nutq qanday shaklda bo’lgan? 3.
Kundalik so’zlashuv nutqi qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi? 4.
Adabiy so’zlashuv nutqi qayerlarda namoyon bo’ladi? 5.
Yozma nutq qanday me’yorlarga asoslanadi? 6.
Dialogik nutq mqzmunan qanday ko’rinishlarda bo’lishi mumkin? 7.
Badiiy adabiyatlardan monologik nutqqa misol keltiring.
Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling