2-Mavzu : Qimmatli qog'ozlar va ularning turlari


Qimmatli qog'ozlar bir necha xususiyatlarga ega


Download 64.18 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi64.18 Kb.
#231258
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza matni

Qimmatli qog'ozlar bir necha xususiyatlarga ega:

  • Muomalada bo`lish – bu qimmatli qog'ozning bozorda sotib olinishi va sotilishi imkoniyatidir

  • Likvidlilik - qimmatli qog'oz pulni iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o'rtasida qayta taqsimlaydi.

  • Tavakkalchilik – qimmatli qog'ozlar (shu jumladan investitsiyalar) bilan bog'liq operatsiyalar natijasida zarar bo'lishi ehtimolligi bor.

Qimmatli qog`ozlarning turlari

Aksiya frantsuzcha so`z bo`lib, bu ma'lum bir ulushning aktsiyadorlik jamiyati kapitaliga qo'shganligi to'g'risida guvohlik beruvchi, uning egasiga foydaning bir qismini olish va qoida tariqasida ushbu kompaniyani boshqarishda qatnashish huquqini beradi. Aktsiyadan olingan daromad dividend deb ataladi. Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarlar bo`lib Oddiy aktsiya va Imtiyozli aktsiya. Aktsiyalar hujjatsiz shaklda chiqariladi. Kredit vositasi bo'lgan va kredit munosabatlarini aks ettiruvchi boshqa barcha turdagi qimmatli qog'ozlar (obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksellar) dan farqli o'laroq, aktsiya mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi vositadir.

Aksiya bo‘linmasdir. Agar aksiya umumiy mulk huquqi asosida bir nechta shaxsga tegishli bo‘lsa, bu shaxslarning barchasi bir aksiyador deb e’tirof etiladi va aksiya bilan tasdiqlangan huquqlardan o‘zlarining umumiy vakili orqali foydalanadi.

Bir turdagi aksiya unga egalik qiluvchi har bir aksiyadorga shu turdagi aksiyalarning boshqa egalari bilan bir xil bo‘lgan hajmdagi huquqlarni beradi.

Oddiy aksiyalarni imtiyozli aksiyalarga, korporativ obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog‘ozlarga ayirboshlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar bo‘lib, ular o‘z egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi.

O‘z egalariga dividendlarni, shuningdek jamiyat tugatilayotganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar o‘z egalariga jamiyat foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi

Obligatsiya (Lotincha so`zdan olingan bo`lib, majburiyat ma`nosini anglatadi) Egasining obligatsiyani chiqargan shaxsdan u tomonidan belgilangan muddatda obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mol-mulk ekvivalentini olish, obligatsiyaning nominal qiymatining belgilangan foizini yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozlar.

O'zbekistonda Islom shariatiga rioya qilgan ko'plab tadbirkorlar bank kreditlarini olishmaydi. Shuning uchun, 2020 yil o'rtalariga kelib, ushbu muqobil moliyalashtirish turidan foydalanishga imkon beradigan Sukuk obligatsiyalarini chiqarish rejalashtirilgan.

Obligatsiyalarni xaridorlari turli xil investitsiya kompaniyalari, investitsiya fondlari, boshqa korxonalar, shu jumladan chet el korxonalari bo'lishi mumkin.



Obligatsiya qimmatli qog'oz turlaridan biridir, obligatsiya chiqarish bilan tashkilotlar va boshqa davlat korxonalari o'zining pulga ehtiyojini qondiradi. “Obligatsiya - obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, mablag'lari berganligini tasdiq etuvchi va qiymatini ularda ko'rsatilgan muddatda, qayd etilgan foizni olishga bo'lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog'oz” (qonunning 3 - moddasi) Obligatsiya o'z egasiga qarz berganligidan guvohlik beradi hamda uning nominal qiymatini ko'rsatilgan muddatda belgilangan foiz to'langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlaydi. Obligatsiya joriy yildagi byudjet kamomadini qoplash, emitentning faoliyatini moliyalashtirish uchun qo'shimcha mablag' yaratish maqsadida emissiya qilinadi.


Download 64.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling