2-Mavzu : Suv sarfini o‘lchash asboblari Elektron va elektromagnit saqlagichlar, rostlagichlar, taqsimlagichlar Reja
Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar
Download 245.99 Kb.
|
Bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar
Quvurlardagi suyuqlik gaz va bug‘ sarfini bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar bilan o‘lchash keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan. Sarfni bunday usul bilan o‘lchash suyuq1ik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq-diafragma, soplo yoki Venturi soplosi o‘rnatish natijasida hosil bo‘ladigan modda potensial energiyasi (statik bosimi)ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. Kichik diametrli to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga o‘rnatilib, mahalliy torayishni hosil qiladi. Suyuqlik gaz yoki bug‘ quvurning kesimi toraygan joyidan o‘tayotganida uning tezligi oshadi. Tezlikning binobarin, kinetik energiyaning ortishi oqimning kesimi toraygan joyida «potensial energiyaning kamayishiga olib keladi. Bunda to‘siqdan keyingi statik bosim undan oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi. Shun- day qilib, modda toraytirish qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi AP = Pj-P2 hosil bo‘ladi (4.1-rasm). Bu bosimlar farqi oqim tezligi va modda sarfiga mutanosib bo‘ladi. Demak toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosimlar farqi quvurdan o‘tayotgan modda sarfining o‘lchovi bo‘lishi mumkin. Sarfning son qiymati esa difmanometr o‘lchagan AP bosimlar farqi bo‘yicha aniqlanadi. Suyuqlik gaz va bug‘larning sarfini o‘lchash uchun toraytirish qurilmasi sifatida standartli diafragmalar, soplolar, Venturi soplosi va Venturi quvuri ishlatiladi. Sarfni o‘lchashga mo‘ljallangan toraytirish qurilmalarini hisob- lash usuli va tartibi Davlat Standartlar Qo‘mita tomonidan tasdiq- langan normativ hujjatda: «gaz va suyuqliklar sarfini standart to- raytirish qurilmalari orqali o‘lchash qoidalari» (RD 50-213-80)da aniqlangan. Standart toraytirish qurilmalariga RD 50-213-80 qoidalari talablarini qanoatlantiruvchi va modda sarfini individual darajasiz o‘lchashda qo‘llanadigan diafragmalar, soplolar, Venturi soplolari va Venturi quvurlari kiradi. RD 50-213-80 qoidalarida sarf o‘lchash qurilmalarini chiqarishda ularni loyihalashga, montaj qilishga, ishlatishga va tekshirishga bo‘lgan talablar ko‘rsatilgan. Qoidalarda keltirilgan holatlar quyidagi o‘lchash shartlari bajarilgandagina o‘rinli:
oqim harakatining xarakteri quvurning to‘g‘ri uchastkalarida toraytirish qurilmasidan avval ham, keyin ham turbolent, barqaror bo‘lishi kerak; oqimlar holati u toraytirish qurilmasi orqali oqqanda o‘zgar- masligi lozim (suyuqlik bug‘lanmaydi, suyuqlik eritmasida gaz ajralmaydi, gazdan chiqadigan suv bug‘i kondensatsiyalanmaydi, bunda toraytirish qurilmasi yaqinidagi quvurda suyuq holatning ajralishi ham inkor etiladi); quvurlar to‘g‘ri uchastkalarining ichki tekisliklarida toraytirish qurilmasigacha va undan keyin chang, qum, metal narsalar va boshqa ko‘rinishdagi iflosliklar yig‘ilib qolmaydi; toraytirish qurilmasining sirtlarida uning konstruktiv parametrlarini va geometriyasini o‘zgartiradigan cho‘kindilar hosil bo‘lmaydi; bug‘ qizdirilgan bo‘ladi; bunda bug‘ uchun gaz sarfini o‘lchashga tegishli barcha hollar o‘rinli. Nam bug‘ sarfini diafragmalar bilan bug‘ zichligi (pp) va suyuqlik zichligi (p) nisbati pp/p. <0,002 bo‘lganda hamda bug‘- suyuqlik aralashmasida suyuq komponentning massa qismi 0,2 dan oshmaganda o‘lchash tavsiya etiladi. Quvurlar diametrlari D ning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari chegaralari va toraytiruvchi qurilmalarning nisbiy yuzalari m quyidagi chegaralarda bo‘lishi lozim; 50 mm < D < 1000 mm; 0,05 < m < 0,64 - bosim farqini o‘lchashning burchak usulli diafragmalari uchun; 50 mm < D < 760 mm; 0,04 < t < 0,56 - bosim farqini o‘lchashning flanetsli usulli diafragmalari uchun; diafragma teshigining diametri bosim farqini o‘lchash usulidan qat'iy nazar, d > 12,5 mm; v)50 mm < D; 0,05 < m < 0,64 - gaz sarfini o‘lchash holida soplolar uchun; g)30 mm < D; 0,05 < m < 0,64 - suyuqlik sarfini o‘lchash holida soplolar uchun; 65 mm < D < 500 mm; 0,05 < m < 0,6 - Venturi soplolari uchun; soplolar va Venturi soplolari teshigining diametri d > 15 mm; 50 mm < D < 1400 mm; 0,10 < m < 0,60 -Venturi quvurlari uchun. Gaz sarfini o‘lchashda toraytirish qurilmasidan chiqishda mutloq bosimning uning kirishidagi bo- simga nisbatan 0,75 dan katta yoki teng. Gaz va suyuqlik sarfini o‘lchashda diafragmalarda bosim farqini o‘lchash uchun ham burchakli, ham flanetsli usuldan hamda normal soplolarda, Venturi soplolarida va Venturi quvurlarida o‘lchashning burchakli usulidan foydalanish tavsiya etiladi. 9-rasm Standart diafragma. standaH diafrag tasvirlangan. Diafragmaning oqim kiradigan tomoni konsentrik teshikli (d20) yupqa diskdan iborat (9-rasm, a). Diafragma diski qalinligi E = 0,05 • D20 dan oshmasligi lozim. Diafragma teshigi silindrik qismining uzunligi 0,005 • D20 < l < 0,02 • D20 chegaralarda yotishi kerak. Qalinligi 0,02 • D20 dan oshganda silindrik teshik konussimon chiqarish qismiga o‘tishi lozim. Diafragma teshigi konussimon qismining qiyalik burchagi 30° < f < 45° chegaralarda bo‘lishi kerak. Diafragma quvur devorlariga nisbatan konsentrik shaklda o‘rnatiladi. Dia- fragmani tayyorlashda uning materiali o‘lchanayotgan muhit xususiyatlariga ko‘ra tanlanadi. Standart diafragmalar kamerali (9-rasm,- b - o‘qdan yuqori) va kamerasiz (9-rasm, b - o‘qdan past) bo‘lishi mumkin. Kamerali diafrag- malar diametri D20 50 dan 500 mm gacha bo‘lgan quvurlar uchun qo‘l- lanadi. Standart kamerali diafragmalar DK kamerasizlari (disklilari) DN bilan belgilanadi. 10-rasmda ko‘rsatilgan standart soplolar qizdirilgan gaz, bug‘ hamda agressiv suyuqliklar sarfini o‘lchash uchun ishlatiladi. Oqimning kirishi tomonidagi teshik ravon dumaloqlangan, uning chiqishi tomonidan silindrik qo‘ndirmaga aylanadigan qismi bor. Silindrik qismining chiqish qirrasi o‘tkir va to‘g‘ri turtburchak shaklida bo‘lishi kerak. Chiqish qirrasini mexanik shikastlanishdan saqlash maqsadida soplo uchi yo‘niladi. Soploning ichki silindrik qismi silliqlangan. Bosimlar farqi xuddi diafragmalardagidek halqali kameralar (10-rasm, o‘qdan baland) yoki alohida parmalanishlar (10-rasm, o‘qidan past) yordamida o‘lchanadi. Diafragmalarga qaraganda soplolar korroziyaga chidamli, ifloslanmaydigan, o‘lchash aniqligi yuqori bo‘ladi.
Download 245.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling