Fanidan ma’ruzalar matni Название Materialshunoslik va kmt


Download 32.66 Kb.
bet1/4
Sana21.11.2023
Hajmi32.66 Kb.
#1792583
  1   2   3   4
Bog'liq
Temir uglerod holat diagrammasi haqida umumiy tushuncha-fayllar.org


Temir uglerod holat diagrammasi haqida umumiy tushuncha




Materialshunoslik va kmt”
fanidan ma’ruzalar matni
Название
Materialshunoslik va kmt” fanidan
ma’ruzalar matni
страница 2/6
Дата
08.08.2013
Размер
267.56 Kb.
Тип
Документы
скачать
1
2
3
4
5
6
1.
/KMT.doc
Materialshunoslik va kmt” fanidan ma’ruzalar matni
2-ma'ruza: Deformatsiyalangan metall strukturasi va
xossalariga kizdirishning ta'siri.
Ma'ruzaning rejasi:
1. Kuchlanishlarni turlari.
2. Metallarning elastik va plastik deformatsiyalanishi.
3. Metallardagi o`taplastiklik
4. Metallarning yemirilishi.
Tayanch so`zlar va iboralar:
Plastik deformatsiya, kuchlanish turlari, siljish yuzalar,
naklyop, dislokatsiya zichligi, yemirilish
turlari, deformatsiyalangan struktura, polikristallardagi plastik
deformatsiya.
Kuch ta'siri ostida metall jismlarining o`z formasini
o`zgartirishga deformatsiyalanish deb ataladi. Metallarni
deformatsiyalanishi faqat tashqi kuch ta'siridagina ro`y
bermasdan balki, metallar faza o`zgarishida hajmini o`zgarishi
yoki temperaturani beqaror o`zgarishi ta'sirida ham ro`y
berishi mumkin.
Kuchlanish (zo`riqish) bo`ylama kuch ta'sirida bo`lsa =P/Ғ
MPa bo`ladi.
Lekin, odatda ta'sir etayotgan kuch P yuziga (Ғ)
perpendikulyar bo`lmaydi, balki biror bir burchak ostida ta'sir
qiladi. Ana shuning uchun kuchlanish ikki turga bo`linadi,
ya'ni normal (^) hamda urinma (t) kuchlanishga. Normal
kuchlanish cho`zilishda ham, siqilishda ham hosil bo`ladi.
Deformatsiya momentiga mos kelgan yuzaga nisbatan
kuchlanish sof kuchlanish deb ataladi. Deformatsiyadan
oldingi yuzaga nisbatan kuchlanish esa shartli deb ataladi.
Kuchlanish metall deformatsiyalanayotganda bir xil hajm
bo`yicha tarqalmaydi. Kuchlanishni notekis taqsimlanishiga
ataylab teshilgan ariqchalar (nadrez) darzlar, materialning
ichki nuqsonlari geometriyadagi beqaror o`zgarishlar,
teshikchalar ta'sir ko`rsatadi. Ana shunday nuqsonlar
(nuqsonlar) kuchlanishi ma`lum joyda kuchaytirishga
(oshirishga) olib keladi. Lekin qancha nuqson kichik bo`lsa,
kuchlanishini to`planishi shuncha katta bo`ladi.
Kuchlanishni hosil bo`lishini har xil sabablari bo`lgani kabi,
kuchlaiish ham vaqtinchalik, ya'ni faqat kuch ta'siri paytidan
keyin yo`qoladigai, yoki kuch ta'siri olingandan keyin ichki
kuchlanish sifatida metall ichida qoladigan bo`lishi mumkin.
Ichki qoldiq kuchlanishlar, faqat mexanik deformatsiya
ta'siridagina paydo bo`lmasdan balki metalni tez sovitish
(isitish) natijasida yoki butun hajm bo`yicha notekis qizdirish
(sovitish) natijasida bo`lishi mumkin. Bunday qoldiq
kuchlanishlar issiqlik yoki termik qoldiq kuchlanishlar deb
ataladi. Umuman kuchlanishlar kristallanish jarayonida ham
hosil bo`lishi mumkin yoki butun hajm bo`yicha struktura
o`zgarishlari bir xil bo`lmaganda yoki metall bir tekis
deformatsiyalanmaganda ham ichki qoldiq kuchlanishlar
mavjud bo`lishi mumkin. Bunday ichki kuchlanishlarga
strukturaviy yoki fazoviy ichki kuchlanishlar deb ataladi.
Elastik deformatsiya. Agar tashqi kuch ta'siridan keyin jism
formasiga
(geometriyasiga), strukturasiga, hamda xossalariga
deformatsiyaning ta'siri butunlay qolmasa,
bunday deformatsiyaga sabab elementar kristall panjaradagi
atomlar orasidagi masofaga juda kam o`zgarganligi sababli
atomlar orasidagi ta'sir kuch natijasida kristall panjara o`z
holatini tezda yana tiklaydi. Shuning uchun elastik
deformatsiya natijasida forma o`zgarishlar ro`y bermaydi.
Elastik deformatsiya, detallarni ishlash jarayonida juda ko`p
martalab ro`y beradi. Bu esa metallarning eksplotatsion
xossalarini belgilaydi.



Download 32.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling