2-mavzu. 1945-2015 yillarda Turkiya, Eron, Afg


Download 35.22 Kb.
bet5/8
Sana01.11.2023
Hajmi35.22 Kb.
#1737868
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu


Urushdan keyingi yillarda ham M. Zokirshoh (1933-yilda taxtga o‘tirgan) qirol edi. Uning hukmronligi davrida mamlakat ichki hayotida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz bermadi. Mamlakat hayotida o‘rta asrchilik munosabatlari hukmronligicha qolaverdi. Urush yillarida ichki siyosiy hayot keskinlashdi. 1946-yilda cabinet almashuvi bo‘lib, hukumatga qirolning tog‘asi Shoh Mahmud boshchilik qilaboshladi. Tashqi siyosatda dastlab AQSH bilan yaqinlashish boshlandi.
Ammo AQSH janubdagi irrigatsiya inshootlarini vaqtida (1949) tugallamay qo‘shimcha mablag‘ talab qildi Afg‘onistonni noqulay vaziyatda 39,5 mln dollarlik asoratli zayom olishga majbur qildi.
Shu sababli ko‘p o‘tmay bu siyosat o‘zgara boshladi. Buning ustiga AQSH va Buyuk Britaniya betaraf Afg‘onistonni harbiy-siyosiy ittifoqlarga jalb etishga urinishlari, ikkinchi tomondan esa, afg‘on-pokiston munosabatlaridagi keskinlikning vujudga kelishi ahvolning chigallashuviga
sabab bo‘ldi.
Ma’lumki, Pokistonning Afg‘oniston bilan chegara hududlarida pushtun xalqi yashaydi. Buyuk Britaniya bu hududlarni ham Pokiston hududiga qo‘shib yuborgan edi. Afg‘oniston pushtunlarga (Afg‘oniston aholisining katta qismini pushtunlar tashkil etadi) taqdirini o‘zi belgilashi huquqi berilishi tarafdori edi. 1955-yilda Pokiston Afg‘oniston tovarlarining Pokiston hududi orqali
o‘tkazilishini taqiqlab qo‘ydi. Bunday sharoitda SSSR o‘z hududi Afg‘oniston tashqi savdosida tranzit vazifasini o‘tashi mumkinligini ma’lum qildi. 1955- yilda bu masala xususida sovet – afg‘on bitimi imzolandi. M. Zokirshohning 40 yillik hukmronligi davrida mamlakat taraqqiyoti o‘ta sekin rivojlandi.
Mamlakatda atigi 300 ta katta-kichik sanoat korxonasi qurildi, xolos. (Uning 140 tasi SSSR yordami bilan qurilgan.) Buning oqibatida mamlakat qoloqligicha, aholi turmush darajasi esa pastligicha qola berdi. Mamlakatda Afg‘onistonni zamon ruhiga monand davlatga aylantirishni istovchi davlat arboblari ham yo‘q emas edi. Bu arboblardan biri — qirolning qarindoshi Muhammad Dovud edi (1908—1978). U 1953-yildan 1963-yilgacha Bosh vazir lavozimida ishladi. Dovud iqtisodning davlat yo‘li bilan boshqarilishi, mamlakat ichki hayotini erkinlashtirish tarafdori edi. 1956-yilda hukumat 5 yillik reja qabul qildi. Unda asosiy e’tibor sanoat, transport, qishloq xo‘jaligiga qaratildi. 1959-yilda ayollarning chodra yopinib yurishi bekor qilindi. Dovud hukumati boshlagan o‘zgarishlar islohotga qarshi kuchlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Bu kuchlar mamlakat hayotida chuqur o‘zgarishlarga tayyor bo‘lmagan aholi katta qismiga tayanar edi. Natijada, Dovud 1963- yilda iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Dovud hukumatidan keyingi hukumatlar ham (Muhammad Yusuf 1963— 1967, Nur Ahmad Etimodi 1967—1971, M. Shafiq 1972—1973) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida biror jiddiy o‘zgarish qila olmadilar. Aksincha,
Download 35.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling