Reja: - Urushdan keyingi holat.
- Afg’oniston Respublikasining tashkil etilishi.
- Aprel to’ntarishi va uning oqibatlari.
- Tolibonlarning hokimiyatini egallash.
- O’zbekistonning Afg’oniston muammosiga munosabati.
- Xulosa.
- Afg'oniston Urushdan keyingi ahvol
- Afg 'oniston konstitutsiyaviy-monarxiya davlati edi. Davlat boshlig'i qirol hisoblangan. Urushdan keyingi yillarda ham M. Zokirshoh(1933-yilda taxtga o`tirgan qirol edi. hukmronligi davrirla mamlakat ichki hayotda jiddiy - ijtisodiy o'zgarishlar yuz bermadi. Mamlakat hayotida o`rta asrchilik munosabatfari hukmronligicha qolaverdi. 1955-yilda Pokiston Afg'oniston tovarlarining Pokiston hududi orqali o'tkazilishini taqiqlab qo'ydi. Bunday sharoitda SSSR o'z hududi Afg'oniston tashqi savdosida tranzit vazifasini o'tashi mumkinligini ma'lum qildi. 1955-yilda bu masala xususida sovet — afg'on bitimi imzolandi. M. Zokirshohning 40 yillik hukmronligi davrida mamlakat taraqqiyoti o'ta sekin rivojlandi. Mamlakatda atigi 300 ta katta-kichik sanoat korxonasi qurildi, xolos. (Uning 140 tasi SSSR yordami bilan qurilgan.) Buning oqibatida mamlakat qoloqligicha, aholi turmush darajasi esa pastligicha qola berdi.
- Afg’oniston Respublikasining tashkil etilishi
- Mamlakatda Afg'onistonni zamon ruhiga monand davlatga aylantirishni istovchi davlat arboblari ham yo'q emas edi. Bu arboblardan biri — qirolning qarindoshi Muhammad Dovud edi (1908—I978)t/ U 1953-yildan 1963-yilgacha Bosh vazir lavozimida ishladi. Dovud iqtisodning davlat yo'li bilan boshqarilishi, mamlakat ichki hayotini crkinlashtirish tarafdori edi. 1956-yilda hukumat 5 yillik reja qabul qildi. Unda asosiy e'tibor sanoat, transport, qishloq xo'jaligiga qaratildi. 1959-yilda ayollarning chodra yopinib yurishi bekor qilindi.
- APREL TO’NTARISHI VA UNING OQIBATLARI.
- To'ntarish ro'y bergan vaqtda Zokirshoh chet el (Italiya) safarida edi. U avgust oyida o'zining taxtdan voz kechganligini e'lon qildi. Dovud 5 yil davlatni boshqardi. Biroq u mamlakat hayotida tub o'zgarishlar qila olmadi. Uning siyosati eski tartib manfaatlariga to'la javob beradigan qatlamlar — ruhoniylar, katta yer egalari, davlat amaldorlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Ikkinchidan esa, Dovud mamlakatda o'z rejimini o'rnatishga intildi.
- Chunonchi, u 1964-yilgi Konstitutsiyani bekor qildi. Parlamentni tarqatdi va yakka partiyaviy tizimni joriy etdi. Bu rasmiy partiyaga uning o'zi rahbarlik qildi. 1976—1978-yillarda hukumat mavjud tartibga qarshi kuchlarni qata-g'on qilishni kuchaytirdi. Terror va qatag'ondan mamlakat harbiylari orasida ham ta'sirga ega bo'lgan Afg'oniston xalq-demokratik partiyasi ham chetda qolmadi (AXDP 1965-yilda tuzilgan edi)
Do'stlaringiz bilan baham: |