2-mavzu. Adolat va qonun ustuvorligi – xalqparvar davlat poydevori Reja
Ijtimoiy mas’uliyatli ommaviy axborot vositalari
Download 42.81 Kb.
|
2-MavzuST
3.Ijtimoiy mas’uliyatli ommaviy axborot vositalari
Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan islohotlar jarayonida ommaviy axborot vositalari sohasida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. El-yurtimiz, jamoatchiligimiz matbuot nashrlari, teleradiokanallar, nashriyot va matbaa korxonalari, Internet saytlari, axborot xizmatlarida o‘z vazifasini sidqidildan ado etayotgan zahmatkash jurnalist va blogerlar, noshir va muharrirlar, tarjimon va rassomlar, rejissor va operatorlar, barcha texnik xodimlarning mashaqqatli mehnatini yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi. Doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yashaydigan, jamiyatda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib boradigan matbuot xodimlari mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa ko‘shmoqda. Bugungi kunda OAV tom ma’noda "to‘rtinchi hokimiyat"ga aylanib bormoqda. Achchiq gap va tanqidiy materiallar joylardagi ko‘plab amaldorlarga yoqmasligi, ularning tinchini va halovatini buzayotgani ham bor gap. Oshkoralik va so‘z erkinligi bu - davr talabi, bugun O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning talabi. Xolis va adolatli jurnalist va blogerlarning tanqidiy chiqishlari eskicha qolipda ishlaydigan rahbarlarning faoliyatidagi xato-kamchiliklarni ko‘rsatib, ularni ish uslubini o‘zgartirish va mas’uliyatini oshirishga majbur qilmoqda. Bundan buyon har bir davlat organi o‘z kundalik faoliyatida ommaviy axborot vositalari bilan yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarurligini yanada teranroq anglab olishi shart. Bu boradagi mavjud qonunchilikni liberallashtirish yo‘lida tashlangan dadil qadamlarimizning dalili sifatida yaqinda Jinoyat kodeksining ommaviy axborot vositalari orqali "tuhmat" va "haqorat qilish" kabi moddalari bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilish shaklidagi jazo choralari bekor qilinganini misol sifatida keltirish mumkin. Bundan keyin ham so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yanada kuchaytiriladi. Ommaviy axborot vositalarida, rasmiy veb-saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda parlament palatalari majlislarini, har bir tadbir haqidagi axborotlarni keng za tizimli yoritishni kuchaytirish kerak. Bunday amaliyot parlament faoliyatida nafaqat ochiqlikni ta’minlashga, balki barcha davlat idoralari mas’uliyatini oshirish uchun ham xizmat qiladi.Bugungi kunda barcha darajadagi boshqaruv idoralari rahbarlarining ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar bilan muntazam uchrashib, jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalarni erkin muloqot asosida keng muhokama etishi yaxshi an’anaga aylanib bormoqda.Biz bunday yondashuvni O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik, oshkoralik va demokratik siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilamiz hamda milliy manfaatlarimizga javob beradigan bu yo‘lni qat’iy davom ettiramiz. Shu sababli ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’siri, faoliyat samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, soha xodimlarining mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish biz uchun hamisha ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda. Mamlakatimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy institutlar kabi O‘zbekiston jurnalistikasiham hozirgi raqamli texnologiyalar davrida yangi shakllanish jarayonini boshidan kechirmoqda. Mazkur sohada yillar davomida erishilgan eng yaxshi yutuq va an’analarni saqlab qolish, xolislik va haqqoniylik prinsiplariga, qonun talablariga qat’iy rioya qilish, fuqaroning sha’ni va g‘ururi, uning o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lish huquqini hurmat qilish, yuksak professional jurnalistlar sizlar uchun doimo asosiy faoliyat mezoni bo‘lib qolishi lozim. O‘tish davri bilan bog‘liq sabablar tufayli bugungi kunda bir qator bosma nashrlarning moliyaviy ahvoli murakkab bo‘lib qolayotgani hammamizga yaxshi ma’lum. Mazkur muammolarni tizimli hal etish maqsadida alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilmoqda. Ushbu hujjatda bosma ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlashga oid amaliy chora-tadbirlar bilan birga, sohaga bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini to‘liq joriy etish,mazkur nashrlarning mazmuni va jozibadorligini yanada oshirish, ularning axborot maydonida raqobatbardosh bo‘lishi uchun mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalari ko‘zda tutilgan.Ayni vaqtda sohaning hukuqiy asoslarini takomillashtirish vajurnalistlarning kasbiy faoliyatini, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish hamoldimizda turgan muhim vazifadir. Mamlakatimizda demokratik yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, ommaviy axborot vositalari faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlash, soha vakillarining mashaqqatli mehnatini har tomonlama rag‘batlantirishga anchadan buyon ham alohida e’tibor qaratiladi.Axborot va matbuot erkinligi, fuqarolarning o‘z hohish-irodasini erkin bildirishi, davlat idoralari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi - Yangi O‘zbekistonning sifat ko‘rsatkichlaridan biriga aylandi. Bu yo‘lni davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilamiz va qat’iy davom ettiramiz. Axborotlashgan jamiyatning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida yaxlit Axborot kodeksi qabul qilinadi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan ommaviy axborot vositalari ijodiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, senzura o‘rnatish, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish kabi harakatlar sodir etilgani uchun javobgarlikni nazarda tutadigan moddalar kiritiladi. Axborot sohasida ham natijadorlik bosh talab, asosiy mezonga aylanmoqda. Bu borada keyingi yillar barchamiz uchun alohida sinov va mas’uliyat bosqichi bo‘ldi. Download 42.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling