2. Mavzu. Aholi joylashuvi va tumanni rejalashtirish. Reja
Download 490.23 Kb.
|
1 2
Bog'liq2 Maruza
2. Mavzu. Aholi joylashuvi va tumanni rejalashtirish. Reja. 1. Shaharsozlik va aholi joylashuvi. 2. Aholi yashash joylarining turlari va shakllari. 3. Aholi joylashishi va tabiiy muhit. 4. Tumanni rejalashtirishning asosiy masalalari. 5. Shaharsozlik loyihalash tizimi va bosqichlari. Aholi punkti maydonini tashkil qilish tushunchasi, shu maydonga loyiha elementlarini - ko‘chalarni, jamoa maydonlarini, kvartallarni, tamorqa uchatkalarini, aholi uylarini, jamoa binolarini, xo‘jalikning ishlab chiqarish qurilishlarini, xiyobonlarni, istiroxat bog‘lari va obodonlashtirish (ichimlik suv va chiqindi suv o‘tkazgich tarmoqlari, elektr, gaz, telefon va h.k.) elementlari, hamda boshqa muxandislik inshootlarning joylashtirilishini bildiradi. Bunda aholi punktining alohida mayda uchastkalari, bino va inshootlar, ko‘kalamzorlar va har-xil mayda elementlari kvartallar ichida, maydonlarda joylashishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘chalar, maydonlar va kvartallar, aholi punkti loyihasining asosiy elementlari hisoblanadi. Aholi punktidagi asosiy, funksional qismlar va elementlarini joylashtirishda qo‘yidagi iqtisodiy, sanitariya – gigiena, qurilish ishlarining bajarilishi, me’moriy talablar hisobiga olinadi: - aholi punkti xo‘jalikning boshqa aholi punktlari, ekin maydonlari, mahsulotlarni qayta ishlash korxonalari bilan qulay bog‘lagan bo‘lishi kerak; - ishlab chiqarish hududidagi hovlilar bir – biri bilan doimo ishlab chiqarish aloqada bo‘ladi va xo‘jalik yerlaridan oqilona foydalanishga xizmat qilinishi hisobga olinishi kerak; - aholi punktining kelajakdagi kengayishi hisobga olinadi; - qurilish va obodonlashtirish ishlari xarajatlari me’yoriy ko‘rsatkichlardan oshib ketmasligi kerak; - maydon deyarli katta bo‘lgan suv xavzalari, istirohat bog‘lari, aholi yashaydigan hududning chetrog‘ida joylashtirilgani ma’qul bo‘ladi. Chunki muxandislik inshootlari tarmog‘i cho‘zilib ketadi; - aholi punkti temir yo‘l, serqatnov avtomobil yo‘llari, jarliklar, katta kanallarning faqat bir tomonida joylashishi kerak; - loyiha tuzishda, uning kompozitsiyasi chiroyli bo‘lishikka va atrof – muxit bilan bog‘langanligiga alohida, ahamiyat beriladi. Кварталлар, аҳоли яшайдиган худуднинг асосий элементларидан бири ҳисобланади. Квартал деб, аҳоли яшайдиган майдоннинг кўчалар билан чегараланган бир қисмига айтилади. Кварталлар, томорқали ва томорқасиз уйлардан ташкил топган бўлиб икки хилга бўлинади. Томорқали кварталларга бир ва икки оилали уйлар жойлаштириладиган бўлса, томорқасиз кварталларга эса 4,6,8 ва ундан кўп оилали секцияли уйлар жойлаштирилади. Агар кварталга фақат аҳоли уйлари жойлашса буни аҳоли яшайдиган квартал, агар кварталга фақат жамоа корхоналари жойлашса жамоа квартал ива кварталга ҳам аҳоли уйлари, ҳам жамоа корхоналари жойлашса, бундай кварталларни аралашган кварталлар деб атайди. Аҳоли яшайдиган ҳудуд майдонининг 60-70% кварталлар ташқки қилади. Кварталлар тўғри геометрик шаклга эга бўлиши керак. Кўпинча аҳоли яшайдиган жойдаги мавжуд элементларнинг (канал, йул, кўчалар в.к.)жойлашуви рельефи кварталлар шаклини аниқлайди ва ҳар хил бўлади. Лекин кварталларнинг тўғри бурчакли ва трапеция шакллари лойиҳалашда кўп қўлланилади. Кварталлар узунлиги, биноларнинг ёнғинга чидамлиги ва аҳолининг ишга маданий-маиший кўрсатиш корхоналари ва бир-бирига қатнаши қулай бўлиши ҳисобга олниб, 300-500м атрофида бўлади. Майда кварталлар ҳосил бўлганда кўчалар майдони кўпайиб кетади. Томорқали кварталлар эни, икки томорқа узунлиги ьилан аниқланади. Агарда томорқа эни унинг узунлигига тенг ёки ундан ошиб кетса, кўча чўзилиб кетади, уйлар сийрак жойлашади, квартал кўриниши умумий меъморий талабларга жавоб бермайди. Секция уйлари жойлашган кварталлар эни, унинг узунлигидан ошиб кетмаслиги керак. Бинонинг квартал, томонларига жойлаштириши жиҳатдан тўрт турга бўлинади. Download 490.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling