Orbita elementlari
Download 144.04 Kb.
|
Кеплер қонунлари
Ushbu paragrafda orbita geometriyasini ifodalovchi doimiylarni ko‘rib chiqaymiz. Sayyora orbitasini aniqlashda asosiy tekislik sifatida odatda, ekliptika tekisligi olinadi. Sayyora orbitasining ekliptikani kesib o‘tish nuqtalari – ko‘tarilish va tushish tugunlari deyiladi. Bular ichida ko‘tarilish tuguni orbita bo‘ylab harakatlanayotgan sayyora ekliptikani bu nuqtada kesib o‘tgach, shimoliy qutbiga tomon yaqinlashib boradigan nuqtaga aytiladi. Quyidagi 6 ta kattalik orbita elementlari deyiladi (3.3-rasm): - sayyora orbitasining katta yarim o‘qi (a). U yordamida aylanish davri T topiladi. Ba’zan bu element bilan birga sayyoraning o‘rtacha sutkalik siljishi beriladi. - sayyora orbitasining ekssentrisiteti (e). Ekssentrisitet formuladan topiladi, bu erda a va b mos ravishda sayyora orbitasining katta va kichik yarimo‘qlari. Biz katta yarimo‘q va ekssentrisitetni bilgan holda sayyoraning shakli va o‘lchami haqida gapirishimiz mumkin. - sayyora orbitasining ekliptika tekisligiga qiyaligi (og‘maligi) (i). Agar qiyalik 0 gradus bilan gradus oralig‘ida bo‘lsa, sayyoraning Quyosh atrofidagi aylanishi Erniki bilan mos keladi; agar <i< bo‘lsa, sayyora qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. - chiqish tugunining uzunlamasi (). Bu Quyoshdan bahorgi tengkunlik nuqtasi va ko‘tarilish tuguniga () tomon o‘tkazilgan chiziqlar orasidagi tekis burchak bilan xarakterlanadi. U 0 gradusdan gacha oraliqda o‘zgaradi. - sayyora orbitasi perigeliyining argumenti yoki ko‘tarilish tugunidan burchak uzoqligi orbita tekisligida yotuvchi burchak. Bu burchak ko‘tarilish tugunidan sayyoraning harakat yo‘nalishi tomonga o‘lchanib, uning o‘zgarishi 0 gradusdan gradusgacha boradi. Ba’zan bu burchak o‘rniga perigeliyning uzunlamasi (+) olinadi. - sayyoraning perigeliydan o‘tish vaqti (τ). Sanab o‘tilgan orbita elementlari ma’lum bo‘lsa, istalgan vaqt momenti uchun sayyoraning orbitadagi holatini aniqlash mumkin.
Download 144.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling