2-mavzu. Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari reja


OKSIDLAR Elementlаrning kislorod bilаn hosil birikmаsi oksidlаr


Download 164.89 Kb.
bet2/24
Sana09.01.2022
Hajmi164.89 Kb.
#258815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
2-maruza (2)

OKSIDLAR

Elementlаrning kislorod bilаn hosil birikmаsi oksidlаr deyilаdi, ya’ni oksidlar deb biri kislorod bo’lgаn ikki elementlаrdаn tаshkil topgаn murаkkаb moddаgа аytilаdi.

Oksidlаrdа kislorod bilаn birikkаn element doimo musbаt oksidlаnish dаrаjаsigа, kislorod esа mаnfiy oksidlаnish dаrаjаsigа (F2O dаn boshqа birikmаlаrdа) egа bo’lаdi.

Deyarli barcha kimyoviy elementlar oksidlar hosil qiladi. Hozirgi vaqtga qadar uchta elementning nodir gazlardan neon, geliy va argonning oksidlari hali olinmagan.



Oksidlаr kimyoviy xossаlаrigа ko’rа bir nechа turlаrgа bo’linаdi:

  1. Аsosli oksidlаr.

  2. Kislotаli oksidlаr.

  3. Аmfoter oksidlаr (bulаr tuz hosil qiluvchi oksidlаr deyilаdi).

  4. Tuz hosil qilmаydigаn (befаrq, betаrаft, indeferent) oksidlаr.

5. Qo’sh oksidlаr.

6. Peroksidlаr.

Xalqaro nomenklaturaga muvofiq oksidlarning nomi nisbiy elektrmanfiyligi kamroq element nomi bilan nisbiy elektrmanfiyligi katta element lotincha nomining o’zagiga – id qo’shimchasini qo’shib hosil qilinadi. Agar element bir necha oksid hosil qiladigan bo’lsa, u holda ularning nomida elementning oksidlanish darajasi nomidan keyin qavs ichida rim raqami bilan ko’rsatiladi. Masalan, H2O - suv, FeO - temir (II) oksid, Fe2O3 - temir (III) oksid, P2O3 - fosfor (III) oksid, P2O5- fosfor (V) oksid, P4O6 - tetrafosfor geksaoksid, P4O10 - tetrafosfor dekaoksid, Cu2O - mis (I) oksid.



1. Suv ta’siridan tegishli gidroksid, kislota ta’siridan tuz hosil qiluvchi oksidlar asosli oksidlar deb aytiladi. Bunday oksidlar asoslar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Masalan, K2O, MgO, BaO, CaO.

K2O + H2O = 2KOH

K2O + 2HNO3 = 2KNO3 + H2O

MgO, B2O3, Fe2O3 elementlarning oksidlari suvda erimaydi va asos hosil qilish reaksiyalarida qatnashmaydi. Lekin ular kislotalarni neytrallaydi va shuning uchun asosli oksid hisoblanadi.

MgO + 2HCl = MgCl2 +H2O

Fe2O3 + 3H2SO4 = Fe2(SO4)3 + 3H2O



2. Suv ta’siridan kislota, ishqor ta’siridan tuz hosilqiladigan oksidlar kislotali oksidlar deb aytiladi. Bunday oksidlar kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Masalan, SO2, SO3, N2O5, Cl2O7, P2O5 va h.k.

SO3 + H2O = H2SO4

SO3 + 2NaOH = Na2SO4 + H2O

Kislotali oksidlarni metallmaslar va o’zgaruvchi yuqori valentlik namoyon qiluvchi ba’zi metallar hosil qiladi. Masalan, CrO3, Mn2O7 va hokazo.



3. Sharoitga qarab ham kislota, ham asos xossalarini namoyon qiladigan oksidlar amfoter oksidlar deyiladi. Amfoter oksidlar suv bilan bevosita birikmaydi, lekin ular ham kislota, ham asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan:

Al2O3 + 6HCl = 2AlCl3 + 3H2O

Al2O3 + 2KOH = 2KAlO2 + H2O

kaliy metaaluminat

Bulardan tashqari indifferent va aralash oksidlar ham ma’lum.


Download 164.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling