2-mavzu: Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblassh 1-masala
Download 106.6 Kb.
|
Makro masala
2-masala2000 yilda YAIM – 2300, xususiy investitsiyalar – 200 ni tashkil etgan. 2001 yilda bu kо‘rsatkichlar muvofiq tarzda 2550 va 250 tashkil etdi. Avtonom soliqlar 120, davlat xarajatlari – 100 ga teng. Iqtisodiyotda haqiqiy ishsizlik tabiiy ishsizlik darajasidan 2% yuqori, YAIMning davriy ishsizlikka ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 ga teng. Avtonom xarajatlar, muvozanatli va potensial YAIM, inflyatsion (retsession) farq, shuningdek farqni bartaraf etish uchun davlat xarajatlarini qanchalik о‘zgartirish kerakligini aniqlang. masalaIqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan: Iste’mol funksiyasi C = 800 + 0,9 (Y – T), davlat xarajatlari G = 500, investitsiyalar hajmi I = 360, soliqlar hajmi T=400. Quyidagilarni aniqlang: muvozanatli YAIM; soliqlar va davlat xarajatlari multiplikatorlari; agar potensial YAIM 15000 teng bо‘lsa, unga erishish uchun davlat xarajatlarini qay tarzda о‘zgartirish zarur? masalaIqtisodiy tizim quyidagi kо‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi: Iste’mol funksiyasi C=60+0,8 Yd . Rejalashtirilgan investitsiyalar daromadga bog‘liq emas va I= 40 birlik. Davlat xarajatlari G= 20 birlik. Topilsin: Iqtisodiyotdagi muvozanatli daromad darajasini; xarajatlar multiplikatori miqdorini; V) davlat xarajatlari 10 birlikka kо‘payganda muvozanatli daromad darajasini. masalaResurslar tо‘liq band bо‘lgan iqtisodiyotda hukumat davlat xarajatlarini 15 mlrd. sо‘mga oshirishga qaror qildi. Daromadlarning muvozanatli darajasi 500 mlrd. sо‘m, iste’molga chegaraviy moyillik 0,75, davlat byudjetiga sof soliq tushumlari avtonom, ya’ni daromadlar darajasiga bog‘liq emas. Ortiqcha yalpi taklifni yuzaga keltirmaslik va baholar darajasining barqarorligini saqlab turish uchun byudjetga soliq tushumlarini qanchaga kо‘paytirish lozim? masala Iqtisodiyot quyidagi kо‘rsatkichlar bilan ifodadangan S = 20 + 0,8 (Y – T + F) (iste’mol) I = 60 (investitsiyalar) T = 40 (soliqlar) TR = 10 (transfertlar) G = 30 (davlat xarajatlari) Daromadning muvozanatli darajasini hisoblab toping. Hukumat iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun xarajatlarni 40 birlikka oshirdi.: rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig‘ida qanday о‘zgarish rо‘y beradi? daromadning muvozanatli darajasi qanday о‘zgaradi? davlat xarajatlari multiplikatori nimaga teng? davlat byudjeti qoldig‘i qanday о‘zgaradi? Download 106.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling