3-masala
Yalpi talab egri chizig‘i tenglamasi (AD): Y=4 (M/R). Dastlabki holatda pul massasi
1200 mlrd. dollarga teng. Pul massasi 5 %ga о‘sganidan sо‘ng qisqa muddatli muvozanatli narxlar darajasini va daromadlar darajasini aniqlang.
4-masala
Uzoq muddatli AS egri chizig‘i Y=2000, qisqa muddatli AS- egri chizig‘i P=1,0 darajasida gorizontal. AD egri chizig‘i tenglamasi Y=2.0 *M/P. Pul taklifi (M) 1000 ga teng. Baho shoki natijasida yalpi taklif egri chizig‘i P=1.25 darajasigacha kо‘tarildi.
shokdan sо‘ng iqtisodiyotda о‘rnatilgan qisqa muddatli muvozanat nuqtasining koordinatlari qanday?
iqtisodiyotda ishlab chiqarishning dastlabki darajasini tiklash uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga oshirishi kerak?
5-masala
Iqtisodiyot dastlab tо‘liq bandlilik sharoitida turgan edi. Yalpi talabning uzoq muddatli tenglamasi (LRAS): Y=4000 mlrd.doll. Yalpi talabning qisqa muddatli tenglamasi (SRAS): P= 1,2, Yalpi talab egri chizig‘i (AD) tenglamasi: Y=4 (M/R). Dastlabki holatda pul massasi (M) 1200 mlrd. dollarga teng. Pul massasi 5 %ga о‘sganidan sо‘ng uzoq muddatli va qisqa muddatli muvozanat nuqtalari koordinatlarini aniqlang.
6-mavzu: Iste’mol va investitsiya funktsiyalari
1-masala
Jamg‘arishga chegaralangan moyillik kо‘rsatkichi 0,2 ga, avtonom iste’mol hajmi 700 ga, chegaralangan soliq stavkasi 0,25 ga, daromadlar darajasi 7000ga teng bо‘lsa, topilsin:
iste’mol va jamg‘armalar hajmi;
iste’molga va jamg‘arishga chegaralangan moyillik kо‘rsatkichlari.
2-masala
Investitsiyalar (I) 50 sh.b.ni, davlat xarajatlari (G) – 200, sof eksport (Xn) – 70, avtonom iste’mol xarajatlari (S) – 100 sh.b.ni, jamg‘armaga chegaralangan moyillik (MRS) – 0,25 ni tashkil etsa, YAIMning muvozantli darjasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |