2-mavzu: asosiy vositalarni qayta baholash va ularning invyentarizasiyasi hisobi reja


Asosiy vositalarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar


Download 47.57 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi47.57 Kb.
#206702
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Магис Мол хис мм 2 мавзу Ас вос кайта бахо ва инвен-1

2.3. Asosiy vositalarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar

Asosiy vositalarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar asosiy vo-sitalardan foydalanishdan kelgusida iqtisodiy foyda olishni oshirish shartlarida ularning boshlang‘ich qiymatini oshiradi. Kelgusida olinadigan iqtisodiy foydani oshirmaydigan boshqa barcha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrdagi davr xarajatlari sifatida tan olinishi lozim.

Qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, modernizatsiya qilish ishlariga asosiy vositalar ob’ektining texnologik yoki xizmat mo‘ljalining o‘zgarishi, oshirilgan ishlar ko‘lami va sifatni yanada yaxshilashga doir boshqa holatlar tufayli qilinishi lozim bo‘lgan ishlar kiritiladi. Ya’ni asosiy vositalar ob’ektlari bilan bog‘liq keyingi xarajatlar mazkur asosiy vositalar ob’ektini balansga birlamchi qabul qilinganda aniqlangan uning boshlang‘ich hisoblab chiqilgan ishlab chiqarish samaradorligi me’yorlarini yoki foydali xizmat muddatini salmoqli ko‘paytirib asosiy vositalarni holatini yaxshilaganda aktiv sifatida (ya’ni asosiy vositalarni bosh­lang‘ich qiymati ko‘payishi) tan olinadi.

Odatda rekonstruksiya qilishda ishlab chiqarish takomillashtiriladi va uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalar ob’ektlari qayta quriladi. Texnik qayta qurollantirish deganda, ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni zamonaviylashtirish va ularni yangilari, unumdorligi yanada yuqori bo‘lganlari bilan almashtirish asosida asosiy vositalar va ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yi­cha chora-tadbirlar majmuasi tushuniladi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, asosiy vositalar ob’ektlarini qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurol-lantirishga doir xarajatlar, ular tugatilganidan so‘ng asosiy vosi-talar ob’ektining faoliyat yuritishining qabul qilingan boshlang‘ich me’yoriy ko‘rsatkichlari (foydali ishlatish muddati, quvvati, qo‘llash sifati va boshqalar) yaxshilanganligi (oshganligi) sababli, ular mos ravishda bunday ob’ektlarning boshlang‘ich qiymatini oshiradi.

BHMS21 ga muvofiq asosiy vositalar ob’ektlarini qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirishda amalga oshiriladigan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800)da amalga oshiriladi va ularni amalga oshirish jarayoni tugagandan key-in kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlari (0800)ning kreditidan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100) bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi.

Asosiy vositalar ob’ektlarini qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish jarayoni nazoratini tashkil etish maqsadida ushbu asosiy vositalar ob’ektlari bo‘yicha inventar kartochkasini «Qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirishdagi asosiy vositalar» guruhiga o‘tkazib qo‘yish tavsiya etiladi. Asosiy vositalar ob’ekti foydalanishga kelib tushganda in­ventar kartochkani tegishli o‘tkazib qo‘yish amalga oshiriladi.

Agar asosiy vositalar ob’ektini qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya qilish, moderniza­tsiya qilish natijasida uning boshlang‘ich qiymatini ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, u holda inventar kartochkaning ma’lumotlariga tuzatishlar kiritiladi. Ko‘rsatilgan inventar kartochkada tuzatishni aks ettirish qiyin bo‘lsa, u holda qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya qilish, mo­dernizatsiya qilishni tavsiflovchi yangi ko‘rsatkichlarni aks ettirish o‘rniga yangi inventar kartochka (oldin berilgan inventar raqamni saqlagan holda) ochiladi.

Korxonaning yerni tubdan yaxshilash (quritish, sug‘orish va boshqa meliorativ ishlar)ga kapital qo‘yilmalari har yili butun ishlar majmuasi yakunlangan sanadan qat’i nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan maydonlarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Amalga oshirilgan xarajatlar summasiga 0111 «Yerni obodonlashtirish» schyotining debeti va 0850 «Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar» schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Shuningdek korxonani yerni tubdan yaxshilashga kapital qo‘yilmalarini hisobi bo‘yicha inventar kartochkasiga keyinchalik asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymatini ko‘paytirish bilan tegishli yozuvlar qilinadi.

Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga doir kapital tusdagi tugallangan ishlar bo‘yicha xarajatlar 0860 «Mo­liyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapi­tal qo‘yilmalar» schyotining kreditidan 0112 «Moliyaviy ijara shart­nomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish» schyoti­ning debetiga hisobdan chiqariladi. Amalga oshirilgan xarajatlar summasiga ijarachi tomonidan alohida inventar ob’ektiga alohida inventar kartochkasi ochiladi.

Operativ ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga doir kapital tusdagi tugallangan ishlar bo‘yicha xarajatlar 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar» schyotining kreditidan 9220 «Boshqa aktivlarni chiqib ketishi» schyotining debeti bilan bog‘langan holda hisobdan chiqa-riladi. Agar ijaraga beruvchi tomonidan xarajatlar qoplab berilsa, u holda xarajatlar 9220 «Boshqa aktivlarni chiqib ketishi» schyoti kredi­tidan 4890 «Boshqa debitorlar qarzi» schyotining debeti bilan bog‘lan­gan holda hisobdan chiqariladi. Agar ijaraga beruvchi tomonidan xara­jatlar qoplab berilmasa, u holda xarajatlar 9220 «Boshqa aktivlarni chiqib ketishi» schyoti kreditidan 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debeti bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi.


Download 47.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling