2-mavzu: asosiy vositalarni qayta baholash va ularning invyentarizasiyasi hisobi reja


Download 47.57 Kb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi47.57 Kb.
#206702
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Магис Мол хис мм 2 мавзу Ас вос кайта бахо ва инвен-1

2.1.Asosiy vositalarni tan olish

Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan ularning balans qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o‘zgarishlarni va ularning chiqib ketishi hisobiga moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish muhim yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib asosiy vositalarni buxgalteriya hisobining vazifalari qilib quyidagilarni aytib o‘tish mumkin:



-aktivlarni asosiy vositalar sifatida qabul qilish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarni shakllantirish;

-asosiy vositalarni kelib tushishi, ularning korxona ichida har xil tarkibiy bo‘linmalar (filiallar) bo‘yicha harakatini ishonchli va o‘z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish;

-asosiy vositalar ob’ektlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun ajratilgan mablag‘lardan oqilona foydalanishni nazorat qilish;

-amortizatsiyani to‘g‘ri hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish;

-asosiy vositalarni sotish va boshqa chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni to‘g‘ri aniqlash;

-asosiy vositalarni saqlash bilan bog‘liq (texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ishchi holatida saqlash va boshqa) haqiqiy xarajatlarni aniqlash;

-buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarni saqlanishini nazoratini ta’minlash;

-asosiy vositalardan foydalanishni tahlil qilish;

-moliyaviy hisobotlarda ochib berish kerak bo‘lgan asosiy vositalar to‘g‘risidagi axborotlarni olish.

Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi va ular to‘g‘risidagi axborotlarni moliyaviy hisobotlarda ochib berish respublikamizda quyidagi me’yoriy-huquyiy hujjatlar bilan tartibga solinadi:

-O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003 yil 9 oktyabrdagi 114-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 20 yanvarda 1299-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy stan­darti (BHMS¹ 5) «Asosiy vositalar» (keyingi o‘rinlarda - BHMS¹ 5 deb yuritiladi);

-O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 16 avgustdagi 101-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 29 avgustda 1401-son bilan ro‘yxatga olingan Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

-2002 yil 29 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 4-son, Moliya vazirligining 129-son, Davlat soliq qo‘mitasining 2002-86-son qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 4 dekabrda 1192-son bilan ro‘yxatga olingan Asosiy fondlarni har yili 1 yanvar holatiga qayta baholash o‘tkazishning tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosiy vositalar buxgalte­riya hisobi uslubiyatini u yoki bu faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan holda tartibga soladi. Yuqorida sanab o‘tilgan me’yoriy huquqiy hujjatlarda uzoq muddatli (kapital) mulklarni asosiy vositalar tarkibi kiritish mezonlari, boshlang‘ich qiymatning shakllanishi va keyinchalik o‘zgartirish tartibi belgilab berilgan. Shuningdek, foydali ishlatish muddatini aniqlash tartibi, amortizatsiya hisoblash usullari, asosiy vositalarni qayta tiklash bo‘yicha kapital va joriy xarajatlarni tan olish tartibi, asosiy vositalarni chiqib ketishi hisobi, moliyaviy hisoblarda hisob axborotlarini ochib berish qoidalari batafsil ko‘rib o‘tilgan.

Yuqorida sanab o‘tilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardan tashqari asosiy vositalarni alohida xo‘jalik operatsiyalarida va faoliyat turlarida hisobga olishda va asosiy vositalarni hisobotlarda aks ettirish uchun quyidagilardan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;

«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom (keyingi o‘rinlarda Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizom deb yuritiladi);

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006 yil 15 iyundagi 52-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston RespublikasiAdliya vazirligida 2006 yil 17 iyulda 1595-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy stan­darti (BHMS¹ 4) «Tovar-moddiy zahiralar» (keyingi o‘rinlarda BHMS¹ 4 deb yuritiladi);

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 19 oktyabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 2 noyabrda 833-son bilan ro‘yxat­ga olingan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS ¹ 19) «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» (keyingi o‘rinlarda BHMS ¹ 19 deb yuritiladi);

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan ro‘yxat­ga olingan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS¹ 21) «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma» (keyingi o‘rinlarda BHMS¹ 21 deb yuritiladi);

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 23 martdagi 51-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 21 mayda 1364-son bilan ro‘yxatga olin­gan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS ¹ 22) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburi-yatlar hisobi» (keyingi o‘rinlarda BHMS ¹ 22 deb yuritiladi);

Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari tizimida asosiy vositalarning hisobi MHHS (IAS) 16 «Asosiy vositalar» bilan tartibga solinadi. Asosiy vositalarni hisobi bo‘yicha moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va O‘zbekiston Respublikasining bux­galteriya hisobi to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini tahlil qilish va taqqoslash ularda nazarda tutilgan me’yoriy-huquqiy me’yorlar moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari me’yorlariga to‘liq to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.

Asosiy vositalar ishlab chiqarishning moddiy qismining asosini tashkil etadi. Mehnat qurollari sifatida foydalanishga qabul qilinib, ular xom ashyo va materiallar bilan ish kuchini birlashtirib yangi qiymat yaratiladigan ishlab chiqarish jarayonini ishlashini ta’minlaydi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida o‘zini moddiy shaklini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi. BHMS¹ 5 da asosiy vosita­lar korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar sifatida belgilab o‘tilgan. Asosiy vositalar ko‘p hollarda korxo­na aktivlarini asosiy qismini tashkil qiladi va shuning uchun moliya­viy hisobotda uning moliyaviy holatini ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar korxonaga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo‘lsa va aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo‘lsa, asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi.

Asosiy vositalar ob’ektlarini tan olishning birinchi shartiga mos kelishini aniqlashda korxona boshlang‘ich tan olish vaqtida mavjud bo‘lgan faktlarga asoslanib kelgusida iqtisodiy foyda olinishi mum­kin bo‘lgan ehtimollik darajasini baholashi kerak. Bu korxonani olingan aktivlarga egalik qilish, foydalanish va farmoyish berish bilan bog‘liq kelgusidagi barcha mukofotlar o‘ziga tegishli ekanliligiga va u ushbu aktivga egalik qilish bilan bog‘liq barcha xavfni o‘ziga olishiga ishonchi komil bo‘lishi kerakligini bildiradi. Ushbu iqtisodiy foydani olishga yetarli ehtimoli mavjud bo‘lishi korxona aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foydani olishi va tegishli xavfni o‘ziga olishiga nisbatan aniqlashni talab qiladi. Buday aniqlash odatda iqtisodiy foyda va xavf to‘liq ravishda korxonaga o‘tganda mavjud bo‘ladi. Asosiy vosi­talarni tan olishning yuqorida keltirilgan ikkinchi sharti amaliyotda buxgalteriya hisobini yengil qanotlantiradi, chunki aktivni sotib olish to‘g‘risida guvohlik beruvchi ayirboshlash operatsiyalari natijasida uningqiymati aniqlanadi. Bunda, agar aktiv korxonaning o‘zining kuchi bilan yaratilgan bo‘lsa, u holda uning ishonchli baholanishi tashqi tomonlar bilan materiallarni xarid qilish bilan bog‘liq operatsiyalarga, ish kuchiga haq to‘lash va asosiy vositalarni barpo etish (qurish) jarayonidagi boshqa xarajatlarga asoslanib amalga oshirilishi mumkin.

Agar mol-mulk ishlab chiqaruvchi korxonaning omborida tayyor mahsulot sifatida saqlanayotgan bo‘lsa, u asosiy vositalarga tegishli bo‘lgan belgilarga javob bersa ham asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi. Masalan, avtomobil zavodining tayyor mahsulot omboridagi avtomobil uning tayyor mahsuloti bo‘lib hisoblanadi va aylanma mablag‘lar tarkibida hisobga olinadi, lekin sotilgandan keyin ular xaridorda asosiy vositalar ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Avtomobil zavodida avtomobillar o‘zining xo‘jalik zaruriyatlari uchun ishlatilishi rad etilmaydi. Bu holda ular kerakli ma’muriy va hisob jarayonlari tugagandan keyin tayyor mahsulotlardan xususiy asosiy vosi­talar tarkibiga o‘tkaziladi. Asosiy vositalar tarkibiga o‘rnatish (yirik hajmli yig‘ish) hali boshlanmagan yoki tugallanmagan asbob-uskunalar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlari, boshqa kapital va moliyaviy qo‘yilmalar qo‘shilmaydi.



Asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bo‘lib ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari bo‘yicha sub’ektning ustavida belgilangan vazifalarni bajarishda ko‘p marotaba ishlatiladigan mulkning bir qismi hisoblanadi. «Ishlab chiqarish» atamasining ishlatilishi ushbu guruh aktivlarsiz tijorat va notijorat korxonalari uchun har qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlarni ko‘rsatishning umuman imkoniyati yo‘qligi holatini tasdiqlaydi. Noishlab chiqarish asosiy vositalari deganda tarmoqlarning noishlab chiqarish sohalari (uy-joy-kommunal xo‘jaliklarida, maktabgacha bolalar, tibbiyot, sog‘lomlashtirish, madaniyat muassasalari va hokazolar)da foydalaniladigan aktivlar guruhlari tushuniladi.

Foydalanish bosqichiga qarab asosiy vositalar foydalanishda, zaxira (rezerv)da bo‘lgan, qo‘shimcha qurilish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish va qisman tugatish va konservatsiya qilish bosqichida bo‘lganlarga bo‘linadi.

Buxgalteriya hisobida uzoq muddatli mulklarni asosiy vositalar ob’ektlari sifatida tan olinishi uchun ularni yuqorida keltirilgan aniqlashlarga mos kelishi kamlik qiladi. Asosiy vositalar tarkibi­ga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:

bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;

bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.

Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli. Korxona rahbari buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashdan tarmoq (mashinasozlik, qurilish, savdo, aloqa va hokazolar)ning xususiyatlariga, ishchilar soni bo‘yicha korxonaning (mikrofirma, kichik kor­xona, yirik korxona va hokazolar) shakliga va korxonaning xo‘jalik operatsiyalarining ixtisoslashuviga asoslanishi mumkin. Masalan, ustki kiyimlarni kimyoviy tozalash bilan shug‘ullanuvchi «Fares» xususiy korxonasi korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan 2009 yil uchun hisob siyosatini tayyorladi. Hisob siyosatining «Asosiy vositalar» bo‘limida «asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati; b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xa­rid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining 12 bara­varidan ortiq bo‘lgan buyumlar» deb keltirilgan.

Bunda xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:

maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli yo‘naltirilgan asboblar va moslamalar);

maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;

ko‘rpa-to‘shak anjomlari;

yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va boshqalar);

oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;

tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar;

kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;

ov qurollari (trallar, to‘rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar).

Shuningdek quyidagilar ham asosiy vositalar bo‘lib hisoblanmaydi:

ishlab chiqaruvchining omborida tayyor mahsulot sifatida, savdo faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarning omborida tovar sifati­da hisobda turgan mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa shunga o‘xshash buyumlar;

o‘rnatishga berilgan yoki o‘rnatiladigan, yo‘ldagi buyumlar;

kapital va moliyaviy qo‘yilmalar.

Odatda asosiy vositalarga quyidagilar kiradi: binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar, ishchi va kuchlantiruvchi mashina va asbob-uskunalar, o‘lchov va boshqaruv uskunalari hamda jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, uskunalar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari hamda jihozlari, ishchi, mahsuldor va nasldor hayvonlar, ko‘p yillik o‘simliklar, xo‘jalik ichidagi yo‘llar va boshqa ob’ektlar.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida markazlashtirilgan rejali iqtisodiyotdan farqli ravishda buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning yangi ob’ektlari qonunchilikka muvofiq korxona mulkdorligiga berilgan yer uchastkalari sifatida vujudga keladi va hisobga olinadi.



Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi bo‘lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Bunda, asosiy vositalarning inventar ob’ekti sifatida barcha qurilmalari va anjomlariga ega bo‘lgan ob’ekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum tan olinishi kerak. Masalan, ishlab chiqarish binolarini barpo etishda odatda ularga yong‘inga qarshi, havo almashtirish, isitish tizimlari biriktiriladi. Bunday qurilmalar bux­galteriya hisobida bino bilan yaxlit holda bir inventar ob’ekti sifa­tida ko‘riladi. Biroq, asosiy binoga biriktirilgan yo‘lovchi yoki yuk tashuvchi liftlar, sovutish bo‘lmalari, ishlab chiqarish pechlari odatda alohida inventar ob’ektlari sifatida qaraladi. O‘z navbatida o‘zini bir butunligini namoyon qiladigan va aniq bir ishni bajarishga mo‘ljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmuasi ham inventar ob’ekti bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu yerda konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmuasi sifatida umumiy moslamalarga va anjomlarga, umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum o‘z vazifasini mustaqil ra­vishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki turli mo‘ljaldagi bitta yoki bir nechta buyumlar tushuniladi. Biroq, bitta asosiy vositada turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bo‘lgan bir nechta mustaqil ob’ektlar mavjud bo‘lgan hollarda har bir bundayob’ekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar ob’ekti sifatida tan olinadi. Yuqorida keltirilgan misolga qaytib, faraz qilamiz, korxona foydali xizmat muddati 40 yil bo‘lgan ishlab chiqarish binosiga ega va unga foydali xizmat muddati mol yetkazib beruvchi (ish­lab chiqaruvchi) tomonidan kafolatlangan 25 yildan iborat zamonaviy yong‘inga qarshi tizim o‘rnatilgan. Mazkur holda binoga o‘rnatilgan yong‘inga qarshi tizimi asosiy vositalarning alohida inventar ob’ekti sifatida hisobga olinishi kerak.

Yerni tubdan yaxshilash (quritish, sug‘orish va boshqa meliorativ ishlar) bo‘yicha yer uchastkalariga, tabiatdan foydalanish ob’ektlari (suv, yer osti va boshqa tabiiy resurslar)ga kapital qo‘yilmalar buxgalteriya hisobiga mustaqil invetar ob’ekti sifatida (kapital qo‘yilmalar ob’ektlaring turlari bo‘yicha) qabul qilinadi. Korxonaning mulkdorligida bo‘lgan aniq bir uchastka doirasida yerni tubdan yaxshilashga kapital qo‘yilmalar kapital tusdagi ishlar bajarilgan va qabul qilingan in­ventar ob’ekti (asosiy vositalar ob’ekti)ning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga haqiqiy kapital xarajatlar bahosi bo‘yicha qo‘shiladi.

Ikkita yoki undan ko‘proq korxona ulushli mulkdorligida bo‘lgan aso­siy vositalar ob’ekti ularning har bir tomonidan boshlang‘ich qiymati bo‘yicha sherikning asosiy vositalar ob’ekti va o‘z navbatida mustaqil inventar ob’ekti bo‘ladigan unga tegishli umumiy mulkdagi uning ulushi (umumiy ob’ektning qismi)ga teng miqdorda hisobga olinadi.

Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobini va ularni saqlanishi nazoratini tashkil etish maqsadida asosiy vositalarning har bir inventar ob’ektiga ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilishda va qabul qilish boshlang‘ich hujjatlarini rasmiylashtirishda tartibli-seriyali tizim bo‘yicha tegishli inventar raqamlari beriladi. Inventar raqami inventar ob’ektining o‘zida bo‘yoq, temir jeton, kleymo yoki boshqa usullar bilan aks ettiriladi. Ko‘p yillik o‘simliklar, yerni melorativ holatini yaxshilash bo‘yicha kapital xarajatlar va hokazolar bundan mustasnolikni tashkil etadi. Bunda inventar raqamlarini binolarga 001 dan 099 gacha, inshootlarga 100 dan 199 gacha, uzatish moslamalariga 200 dan 299 gacha va hokazo berish tavsiya etiladi.

Har xil foydali ishlatish muddatiga ega va alohida inventar ob’ekti sifatida hisobga olingan bir nechta qismlarga ega bo‘lgan inventar ob’ektlarining har bir qismiga alohida inventar raqami beriladi. Agar bir necha qismlardan iborat ob’ekt bo‘yicha ob’ektlar uchun umu­miy foydali ishlatish muddati belgilangan bo‘lsa, u holda ko‘rsatilgan ob’ekt bitta inventar raqami bilan hisobga olinadi.

Asosiy vositalar inventar ob’ektiga berilgan inventar raqami uning mazkur korxonada bo‘lgan butun davri davomida (shu jumladan ob’ektni operativ ijaraga topshirishda, zahiraga chiqarilganda, ka­pital ta’mirlashda, konservatsiya qilinganda, rekonstruksiya qilinganda va hokazolarda) saqlanib qoladi. Chiqib ketayotgan asosiy vosi­talar inventar ob’ektlarining inventar raqamini chiqib ketish yili tugagandan keyin besh yil davomida buxgalteriya hisobiga yangidan qabul qilingan ob’ektlarga bermaslik tavsiya etiladi.



Download 47.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling